Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
ILOVALAR
1-ilova Boshqaruv hisobiga oid ta'riflar tahlili № Olimlarning F.I.Sh Ta'riflarning mazmuni 1. Avrova I. A. Boshqaruv hisobi korxona miqyosida boshqarish uchun kerak bo‗ladigan barcha turdagi ma'lumotlarni o‗zida qamrab oladi. Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi korxona miqyosida nazorat qilish va axborot bilan ta'minlash bo‗lganligi uchun ham u modellarga ega, biroq uning tartib va qoidalarini korxonalarning o‗zlari mustaqil ravishda ishlab chiqadi 2. Karpova T.P. Boshqaruv hisobi tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilish va kelgusida rivojlantirish muammolarini muvofiqlashtirish uchun xarajat va daromadlarni hisobga olish, normalar belgilash, rejalashtirish, nazorat va tahlil qilish, ma'lumotlarni bir tizimga solishning integrallashgan tizimidir 3. Alborov R. Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining bir qismi(tizimiosti) bo‗lib, xo‗jalik jarayonlarini (ta'minot, ishlab chiqarish, sotish) haqqoniy qayd etish hamda ichki iste'molchilarga nazorat, tahlil etish, boshqaruv qarorlari qabul qilish, tartibga solish, rejalashtirish va prognozlashtirish uchun kerak bo‗ladigan ma'lumotlarni tayyorlash va taqdim etish kabi vazifalarni bajaradi 4. Kilouf L., Leyniger V., Royborn S. Boshqaruv hisobi korxona mablag‗laridan xodimlar tomonidan samarali foydalanish bo‗yicha doimiy javobgarlikni ta'minlash uchun korxona boshqaruvi tomonidan o‗z faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish maqsadida ishlatiladigan moliyaviy ma'lumotlarni 245 aniqlash, o‗lchash, jamlash, tahlil etish, qayta ishlash, izohlash va ayriboshlash jarayonidir. 5. Arnol'd J., Xoup T. Boshqaruv hisobi korxonaning ichki mablag‗larini taqsimlash yo‗llari va usullari haqidagi boshqaruv qarorlarini qabul qiladigan menejerlar uchun ma'lumotlarni jamg‗aradigan va qayta ishlab beradigan tizimdir 6. Xorngren Ch., Foster J., Datar S. Boshqaruv hisobi tizimi ma'lumotlarning ichki iste'molchilari uchun kerak bo‗lib, korxonaning oldiga qo‗ygan maqsadlariga erishishida menejerlarga kerak bo‗ladigan moliyaviy va boshqa turdagi ma'lumotlarni o‗lchaydi va qayta ishlaydi. Boshqaruv hisobining asosiy g‗oyasi ―turli maqsadlar uchun har xil xarajatlar‖ tamoyili hisoblanadi 7. Kukukina I.G. Boshqaruv hisobi–korxona ichidagi hisob, rejalashtirish, nazorat va baholash, tashkil etish, rag‗batlantirish va harakatlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha axborot aloqalari funksiyalarining ishlatiladigan jarayondir. U o‗zida rahbariyatga o‗z funksiyalarini bajarishi uchun kerak bo‗ladigan ma'lumotlarni aniqlash, o‗lchash, to‗plash, tahlil qilish, tayyorlash va uzatishni tizimli yondashuvini namoyon etadi. 8. Jarikova L.A. Boshqaruv hisobi ma'lumotlarni ichki iste'molchilari uchun korxona faoliyatini optimallashtirish va bo‗lg‗usi rivojlanishini muvofiqlashtirish uchun kerakli analitik ma'lumotlarni to‗plash, qayta ishlash va taqdim etishning integrallashgan tizimidir 9. Volkova O. Boshqaruv hisobi korxonaning barcha maqsadlariga 246 erishishga yo‗naltirilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo‗ljallangan axborot almashinuvi tizimidir 10. Nikolaeva S.A. Boshqaruv hisobi xo‗jalik faoliyati natijalari va xarajatlar haqidagi ma'lumotlarni ob'ektlarni boshqarish uchun kerakli kesimda to‗plash, rejalashtirish, nazorat va tahlil qilish va ular asosida korxonaning moliyaviy natijalarini optimallashtirish maqsadida tezkor ravishda turli boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimidir 11. Druri K. Boshqaruv hisobi–korxonani boshqaruv xarakteridagi, ya'ni chora-tadbirlarni qo‗llash, rejalashtirish, nazorat, tartibga solish faoliyatlarini amalga oshirish uchun zaruriy bo‗lgan ma'lumotlarni tayyorlash demakdir 12. Garrison R.N., Norin E.Yu. Boshqaruv hisobi–korxona faoliyatini nazorat qiladigan va yo‗naltiradigan menejerlarni axborotlar bilan ta'minlash tizimidir 13. Paliy V.F., Vil' R.V. Boshqaruv hisobining mohiyati ishbilarmonlik faoliyatini boshqarish jarayonida menejerlarga asqotadigan yoki zarur bo‗lgan axborotni taqdim etishdan iborat 14. Vaxrushina M.A. Boshqaruv hisobi bir vaqtning o‗zida tadqiqotlar tizimi va sohasini o‗zida namoyon etadi. U korxona boshqarish tizimining muhim elementi, hisob jarayoni va boshqaruv o‗rtasida bog‗lovchi halqa hisoblanadi 15. Abdug‗aniev A.A. Boshqaruv hisobi–korxonaning ichki boshqaruvchilariga davr talablarini e'tiborga olgan holda samarali boshqarishda, rejalashtirishda, tahlil va nazorat etishida hamda zarur chora-tadbirlarni belgilashida, ularni korxona faoliyatida qo‗llashida zarur bo‗lgan aniq hisob ma'lumotlarni tezkor holda yetkazib beruvchi tizimdir 16. Yankovskiy Boshqaruv hisobi korxona menejerlari (mulkdorlari) 247 K.P., Muxar I.F. tomonidan samarali, tezkor, taktik va strategik qarorlarni qabul qilish uchun kerak bo‗ladigan ma'lumotlarni qayd etish, umumlashtirish va taqdim etish tizimini ifodalaydi 17. Voronova Ye.Yu. Boshqaruv hisobini boshqaruv, rejalashtirish, nazorat qilish va baholash maqsadida korxona va uning tarkibiy bo‗linmalarini xo‗jalik faoliyati haqidagi ma'lumotlarni yig‗adigan, qayd etadigan, umumlashtiradigan va uzatadigan buxgalteriya hisobini tizimosti sifatida ifodalash mumkin 18. Chaya V.T., Chupaxina N.I. Boshqaruv hisobi–maqsadi korxona boshqaruvchilariga o‗z vaqtida tegishli ma'lumotlar bilan ta'minlashdan iborat bo‗lgan, rejalashtirish, nazorat va tahlil bilan uzviy bog‗langan korxonada qisqa muddatga va kelajak davrga mo‗ljallangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kerak bo‗ladigan ma'lumotlarni qayd etish, aniqlash, bir tizimga solish va interpretasiya qilish tizimidir. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling