Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
- ilova Byudjetlashtirishga oid ta'riflarning taqqoslama tahlili
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
12- ilova
Byudjetlashtirishga oid ta'riflarning taqqoslama tahlili № Olimlarning F.I.Sh Ta'riflarning mazmuni 268 1. Xruskiy V.E., Sizova T.V., Gamayunov V.V. Byudjetlashtirish – prognozlashtiriladigan va olingan moliyaviy ko‗rsatkichlarni tahlil qilish imkonini beradigan daromad va xarajatlar hisobi, nazorati hamda moliyaviy rejalashtirish texnologiyasidir 2. Ananjolova B.A. Byudjetlashtirish deganda byudjetlarni ishlab chiqish jarayoni, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilish va chetlanishlarni tahlil qilish tushuniladi 3. Starovoytov M.K. Byudjetlashtirish byudjetlarni tuzish, joriy nazorat qilish, xaqiqiy ko‗rsatkichlarni byudjetdan chetlanishini hisobga olish va chetlanishlar sabablari tahlilini integrallashgan tizimini anglatadigan boshqaruvning alohida bir vositasidir 4. Vaxrushina M.A. Byudjetlashtirish deganda rejalashtirish jarayoni tushuniladi 5. Kaverina O.D. Byudjetlashtirish rejalashtirish va nazorat funksiyasini bajaruvchi boshqaruv hisobining ajralmas qismidir 6. Manyaeva V.A. Byudjetlashtirish deganda tahlil va nazorat uchun hisobot ma'lumotlarini, qaysiki asosida byudjet deb ataluvchi moliyaviy vosita yordamida belgilangan maqsadlarga erishish jarayonida tartibga soluvchi boshqaruv qarorlari qabul qilinadigan ma'lumotlar texnologiyasini muvofiqlashtirish tushuniladi 7. Koba Ye. Ye. Byudjetlashtirishni mazmuni shundan iboratki, uning yordamida strategik va taktik maqsadlardan kelib chiqib, korxona va shu'balari faoliyati rejalashtiriladi va byudjet ko‗rsatkichlarida: moliyaviy-xo‗jalik faoliyati, alohida bir ishlab chiqarish turlari va tarkibiy bo‗linmalarning moliyaviy natijalarida, faoliyat samaradorligi maqsadli ko‗rsatkichlarini belgilash va mablag‗lar sarfi limitini belgilashda o‗z aksini topadi 8. Ternovix V.K. Byudjetlashtirish – mas'uliyat markazlari kesimida byudjetlarni ishlab chiqish, belgilangan natijalarga erishish 269 maqsadida ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilishga asoslangan korxonani ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatini boshqarish tartibidir 9. Karpova T.P. Byudjetlashtirish – korxona va uning bo‗linmalari faoliyatini boshqarish usulidir 10. Chuxrova O.V. Byudjetlashtirish – ishlab chiqarishni nazorat qilish tartibidir, shuning uchun uni ishlab chiqarish-sotish jarayonini iqtisodiy ma'lumotlar bilan ta'minlash hamda ularning bajarilishini kelgusida hisobga olish va nazorat qilish bo‗yicha usullari majmui sifatida ta'riflash mumkin 11. Chaya V.T., Chupaxina N.I. Byudjetlashtirish – mablag‗lardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilishning muhim shaklidir 12. Yankovskiy K.P., Muxar I.F. Byudjetlashtirish–rejalashtirish maqsadlariga muvofiq byudjetlarni ishlab chiqish demakdir 13. Abdug‗aniev A.A. Byudjetlashtirish boshqaruv usuli sifatida o‗z jarayonida korxona va uning bo‗linmalari faoliyatini rejalashtirish, jamoaning barcha takliflarini umumlashtirish, byudjet loyihalarini ishlab chiqish, reja variantlarini tuzish, tuzatishlar kiritish, rejalarni tasdiqlatish, kommunikasion qayta aloqalar va o‗zgaruvchan sharoitlar hisobini loyihalash funksiyasini bajarishi lozim 14. Kerimov V.E. Byudjetlashtirish termini xorijiy mamlakatlarning boshqaruv hisobi tizimida ko‗pincha rejalashtirish jarayonini tavsiflash uchun qo‗llaniladi 15. Sokolov A.Yu. Byudjetlashtirish kompaniya xarajatlari va faoliyat natijalarini qisqa davrga rejalashtirish jarayonini ifodalaydi 16. Ivashkevich V.B. Byudjetlashtirishga umumiy holatda byudjet deb atalmish ma'lum bir moliyaviy vositalar yordamida ichki firma, korporativ boshqaruvning axborot tizimi sifatida qarash 270 mumkin 17. Xasanov B.A., Xashimov A.A. Byudjetlashtirish korxonaning ma'lum davrga mo‗ljallangan moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi 18. Pardaev A.X., Pardaeva Z.A. Dasturlar bo‗yicha tegishli byudjetlarni ishlab chiqish va shakllantirish – rejalashtirishdagi muhim bir omildir Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling