Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
13- ilova Byudjetlashtirish tamoyillari № Tamoyillarning nomi Tamoyillarning mazmuni 1. Umumiylik tamoyili Korxona faoliyatini byudjetlashtirish tizimli xarakterga ega bo‗lishini anglatadi 2. Uzluksizlik tamoyili O‗rnatilgan vaqt sikli doirasida rejalashtirish tizimli olib borilishini bildiradi 3. Moslashuvchanlik tamoyili Uzluksizlik tamoyili bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, yangi yoki ko‗zda tutilmagan xolatlar yuzaga kelishi bilan byudjetlarni o‗z yo‗nalishini o‗zgartira olishini bildiradi 4. Aniqlik tamoyili Tuzilayotgan byudjetlar ichki va tashqi sharoitlar yo‗l qo‗ygan miqdorda imkoniyat qadar aniq bo‗lishi, tezkor rejalarni konkretlashtirilishi va detallashtirilishini bildiradi 5. Reallik tamoyili Real byudjetlar tuzilayotganda korxonalar kelgusi oy va chorakka emas, kelajakka moslab ish tutishini anglatadi 6. Byudjetlarni muvofiqlashtirish tamoyili Byudjetlarni muvofiqlashtirish turli tarkibiy bo‗linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishsiz korxona xo‗jalik- moliyaviy faoliyatini samarali rejalashtirish va amalga oshirishni anglatadi 7. To‗lov qobiliyati tamoyili Byudjet davri davomida pul bilan to‗liq ta'minlanganlikni bildiradi 271 8. Optimallashtirish tamoyili Ushbu tamoyilga asosan byudjet cheklangan mablag‗lardan samarali foydalanish, moliyalashtirishni qulay sharoitiga ega bo‗lish hamda korxona moliyaviy oqimlari, xarajat va foydasini optimallashtirishga imkon berishi lozim 9. Qatnashish tamoyili Har bir rahbar, menejer, mutaxassis o‗zi egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishini xususiyatidan qat'i nazar byudjetlashtirish tizimini qatnashuvchisiga aylanishini anglatadi 10. Mas'uliyatlik tamoyili Sarflanadigan xarajatlar, olinadigan daromad va foyda bo‗yicha mas'uliyatni taqsimlashni nazarda tutadi 11. Muddatlarning moliyaviy nisbati tamoyili Byudjetda belgilangan muddatlarda mablag‗larning kelib tushishi va ishlatilishi lozimligini anglatadi 12. Izchillik tamoyili Byudjetlashtirish tartibi ma'lum bir vaqt ichida qo‗llanilishini anglatadi 13. Muhimlik tamoyili Byudjet ma'lumotlari muhim bo‗lishi, ularning tushirib qoldirilishi yoki buzib ko‗rsatilishi baholashning o‗zgarishi, qabul qilinayotgan qarorlarga ta'sir etishi mumkinligini bildiradi 14. Axborot ta'minoti tamoyili Byudjetlashtirish tizimida axborot texnologiyalarining qo‗llanilishi zarurat ekanligini anglatadi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling