Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Byudjetlashtirish tizimi tamoyillari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
4. Byudjetlashtirish tizimi tamoyillari. Byudjetlashtirish tizimi quyidagi
tamoyillarga tayanadi: 1. Umumiylik tamoyili (korxona faoliyatini byudjetlashtirish tizimli xarakterga ega bo‗lishini anglatadi). 2. Uzluksizlik tamoyili (o‗rnatilgan vaqt sikli doirasida rejalashtirish tizimli olib borilishini bildiradi). 276 3. Moslashuvchanlik tamoyili (uzluksizlik tamoyili bilan uzviy bog‗liq bo‗lib yangi yoki ko‗zda tutilmagan xolatlar yuzaga kelishi bilan byudjetlarni o‗z yo‗nalishini o‗zgartira olishini bildiradi). 4. Aniqlik tamoyili (tuzilayotgan byudjetlar ichki va tashqi sharoitlar yo‗l qo‗ygan miqdorda imkoniyat qadar aniq bo‗lishi, tezkor rejalarning aniqlashtirilishi va detallashtirilishini bildiradi). 5. Reallik tamoyili (real byudjetlar tuzilayotganda korxonalar kelgusi oy va chorakka emas, kelajakka moslab ish tutishini anglatadi). 6. Byudjetlarni muvofiqlashtirish tamoyili (byudjetlarni muvofiqlashtirish turli tarkibiy bo‗linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishsiz korxona xo‗jalik- moliyaviy faoliyatini samarali rejalashtirish va amalga oshirishni anglatadi). 7. To‗lov qobiliyati tamoyili (byudjet davri davomida pul bilan to‗liq ta'minlanganlikni bildiradi). 8. Optimallashtirish tamoyili (byudjet cheklangan mablag‗lardan samarali foydalanish, moliyalashtirishni qulay sharoitiga ega bo‗lish hamda korxona moliyaviy oqimlari, xarajat va foydasini optimallashtirishga imkoniyat yaratishini bildiradi). 9. Qatnashish tamoyili (har bir rahbar, menejer, mutaxassis o‗zi egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining holatidan qat'i nazar byudjetlashtirish tizimini qatnashuvchisiga aylanishini anglatadi). 10. Mas'uliyatlik tamoyili (sarflanadigan xarajatlar, olinadigan daromad va foyda bo‗yicha mas'uliyatni taqsimlashni nazarda tutadi). 11. Muddatlarning moliyaviy nisbati tamoyili (byudjetda belgilangan muddatlarda mablag‗lar kelib tushishi va ishlatilishi lozimligini anglatadi). 12. Izchillik tamoyili (byudjetlashtirish tartibi ma'lum bir vaqt ichida qo‗llanilishini anglatadi). 13. Ahamiyatlilik tamoyili (byudjet ma'lumotlari uchun muhim bo‗lishi, ularni tushirib qoldirilishi yoki buzib ko‗rsatilishi baholashning o‗zgarishi, qabul qilinayotgan qarorlarga ta'sir etishi mumkinligini bildiradi). 277 14. Axborot ta'minoti tamoyili (byudjetlashtirish tizimida axborot texnologiyalari qo‗llanilishi zarurat ekanligini anglatadi). Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling