Mavzu: O’zbekiston Respublikasi bojxona tizimida axborot texnologiyalarini
Download 21.1 Kb.
|
Arturio BOJXONA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarlar bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda
- Shartnomalar internet orqali hisobga olinadi
Mavzu:O’zbekiston Respublikasi bojxona tizimida axborot texnologiyalarini joriy etilishini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishi Reja:1:Bojxona tizimida kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarni takomillashtirish yo’llari 2:Bojxona tizimida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT) Bojxona tizimiga axborot texnologiyalarini jalb etish zarurati quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi: Bir tomondan, respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari kengayishi evaziga chegaralarimiz orqali harakatlanayotgan tovar va transport vositalari sonining ham oshib borishi bojxona organlari faoliyatini soddalashtirishni talab etsa, ikkinchi tomondan, respublikamiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda bojxona organlariga yuklatilgan vazifalar bojxona nazoratining yangi shakl va uslublarini tatbiq etish hisobiga, bojxona nazorati samaradorligini yanada oshirishni taqazo etadi. Xalqaro andozalar nuqtai nazaridan qaraganda, bojxona organlari faoliyati samaradorligini aniqlashning asosiy me’yorlaridan biri bo’lib, bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratiga ketgan vaqt hisoblanadi. Bu vaqtni qisqartirishdagi eng muhim omillardan biri esa bu bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlarini joriy qilishdir. Bojxona sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bojxona organlarining yagona axborot uzatish tarmog’ini va yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini, ma’lumotlar xavfsizligi va ularni muhofaza qilish tizimini yaratish hamda bojxona komplekslari va postlarini zamonaviy bojxona nazorati texnik vositalari bilan ta’minlash yo’nalishida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda DBQ rasmiy veb- sayti www.customs.uz orqali 9ta interaktiv xizmatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali 10ta interaktiv xizmatlar aholi va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ko’rsatib kelinmoqda. Ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarimizga vaqtni tejash, qog’oz xarajatlarini kamaytirish, bojxona organlariga bormasdan o’z ish joylaridan Internet orqali kerakli ma’lumotlarni olish hamda rasmiylashtirish va shu kabi bir qancha qulayliklar yaratib kelinmoqda. Tovarlar bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-dekabrdagi 370-sonli qarori ijrosini ta’minlash tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida DBQ tomonidan < Jumladan : Elektron deklaratsiyalash jarayonida tadbirkorlik subyekti bojxona postidan uzoq masofada bo’lishidan qat’i nazar internet tarmog’i orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega; Declarant o’z ish joyida o’tirib , bir necha bojxona postlari bilan tovarlarni deklaratsiyalashi mumkin ; TIF qatnashchilarining kerakli bojxona protseduralari bilan bog’liq bo’lgan vaqti va moddiy xarajatlari qisqaradi. < 31-dekabrdan www.customs.uz DBQ saytiga interaktiv xizmati sifatida joylashtirildi hamda 2013-yil 1-yanvardan boshlab tatbiq etildi. Olib borilgan ishlar natijasida, 2013-yilda jami bojxona yuk deklaratsiyalarining 39.2 foizi elektron tarzda taqdim etilgan bo’lsa, 2015-yilda esa bu ko’rsatkich 99.95 foizni tashkil etdi. Shartnomalar internet orqali hisobga olinadi : O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil PF-4609-sonli Farmoni bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi savdo shartnomalarini banklarda ro’yxatdan o’tkazish amaliyoti bekor qilinib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki , Davlat bojxona qo’mitasi, Davlat soliq qo’mitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga shartnomalarni elektron ro’yxatdan o’tkazish interaktiv xizmatlari yuklatilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida taqdbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat interaktiv xizmatlari portali orqali tashqi savdo shartnomalarini taqdim etilganda, uni bojxona organlari axborot tizimlarida qabul qilish imkoniyati yaratildi. Endilikda tadbirkorlik faoliyati subyektlari tashqi savdo kontraktlari bo’yicha ma’lumotlarni elektron shaklda interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali << Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron avtomatlashgan axborot tizimi >> orqali 50 mingdan ortiq shartnomalar qabul qilingan va bu jami ko’rsatkichning 75 foizini tashkil qilgan. << Bojxona >> axborot tizimlari kompleksi – barchasi bir nuqtada : Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan << Bojxona >> axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish yuzasidan ishlar yakunlandi. Ta’kidlash joizki, << Bojxona >> axborot tizimlari kompleksi uning tarkibiga kiruvchi << Avto >>, << Temiryo’l >>, << Bojxona to’lovlari >>, va << Bojxona ombori >> ma’lumotlarini shakllantirish hamda Milliy axborot tizimiga uzatishni ko’zda tutadi. Uning asosiy funksiyalari tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari avtotransport vositalari (davlat raqami bo’yicha) temir yo’l transport vositalari (vagon va kontenerlar) Download 21.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling