Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
24 - chizma. Boshqaruv hisobi tizimiga tashqi muhit ta'sirini tadqiqi bosqichlari Yuqorida ta'kidlaganimizdek, qonunchilikdagi o‗zgarishlar ham korxona raxbarlarini oldiga yangi vazifalarni qo‗yadi. Qonunchilikdagi yangi o‗zgarishlar Bozorni hozirgi xolati Boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish Boshqaruv hisobi mutaxassisini vazifalari Boshqaruv hisobi tizimi vositalarini tahlili 214 boshqaruv hisobi tizimida aks ettiriladigan risklarni boshqarish va korxonalarni reyting baxolash kabi jabhalarga e'tiborni qaratishni talab etadi. Ba'zi bir sanoat korxonalarini o‗z faoliyat yo‗nalishlarini o‗zgartirib xizmat ko‗rsatish yoki ilm bilan shug‗ullanish soxasiga o‗tishi nati-jasida korxonalarning qiymatini mulk sifatidagi ahamiyati yanada ortdi. Hozirgi kunda korxonalar qiymatini o‗sish jarayoni ilmga, ishbi-larmon hamkorlar bilan samarali munosabatlarga, korxona va uning markasi hamda mahsulotini taniqlilik darajasiga, eng avvalo innovasiya kuchi va yangi texnologiyalarga asoslanadi. Ta'kidlab o‗tilgan bozor sharoitidagi o‗zgarishlar boshqaruv hisobini tashkil etish, mutaxassisini vazifalari va uni yuritish vositalari soxasida ham tegishli o‗zgarishlar qilishni talab etmoqda (25-chizma). Xorijiy va maxalliy tajribalarni tahlil qilib zamonaviy biznes hisobining axborot tizimini muhim qismi bo‗lgan boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilishning quyidagi 3 ta asosiy maqsadlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: • rejalashtirish, nazorat, baholash va korxonani uzluksiz rivojlantirish uchun boshqaruv ma'lumotlarini yetkazib beradigan kontrolling konsepsiyasini joriy qilish; • moliya-iqtisod hisob-kitoblarini bajarish va samarali asoslangan boshqaruv qarorlari bazasini shakllantirish; • moliyaviy menejmentni xarajatlarni boshqarish orqali korxona foydasini boshqarish tizimi sifatida ma'lumotlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirish maqsadida mahsulot, xizmat va xarajatlarning boshqa ob'ektlarini kal'kulyasiyalash. Har bir korxona yuqorida sanab o‗tilgan maqsadlardan kelib chiqib o‗zi uchun muhim bo‗lgan yo‗nalishlarni tanlashi va uni asosida boshqaruv hisobi tizimini modelini ishlab chiqishi mumkin. Boshqaruv hisobi tizimi hal qilishi lozim bo‗lgan vazifalardan eng muhimi korxona menejmentiga o‗z biznesini boshqarishda yaqindan yordam berishdir. Boshqaruv ma'lumotlari oddiy ma'lumotlardan farqli o‗laroq hech qachon ortiqcha hisoblanmaydi, u o‗ta foydali va mazkur ma'lumotlarni qiymatini anglaydigan 215 istemolchiga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Samarali tashkil etilgan boshqaruv hisobi tizimi oddiy ma'lumotlarni boshqaruv ma'lumotlariga aylantirib beradi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling