Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
VIII-Boshqaruv hisobini tashkil etish yo‟nalishlari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
VIII-Boshqaruv hisobini tashkil etish yo‟nalishlari
8.1. Boshqaruv hisobini joriy etish Korxonalarda boshqaruv hisobini yaratish, joriy etish va tashkil etishga eng avvalo korxona raxbarlari ma'sul bo‗lishi kerak. Ular albatta boshqaruv hisobini joriy etishdan manfaatdor bo‗lishlari, uni afzalliklarini tushunib yetgan bo‗lishlari va eng asosiysi mazkur jarayonni zarurligini his etishlari zarur. Samarali boshqaruv hisobini tashkil etish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak: − tegishli amaliy malakaga ega bo‗lgan va moliyaviy tahlil, buxgalteriya hisobi, soliq tizimi, moliyaviy hisobning xalqaro tamoyillari va axborot texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish; − korxona raxbariyatini buxgalteriya hisobini joriy etish va yuritishdan xabardor bo‗lib borishi; − raxbariyat tomonidan turli bo‗linmalar tomonidan boshqaruv hisobi bo‗limiga tegishli ma'lumotlarni taqdim etilishi jarayonidagi o‗zaro hamkorligini ta'minlash; − mutaxassislarni korxonaning faoliyati to‗g‗risida va boshqa shunga o‗xshash kerakli ma'lumotlar, jumladan tijorat siriga kiruvchi ma'lumotlar bilan to‗liq ta'minlash (to‗liqsiz ma'lumotlarga ega bo‗linganda boshqaruv hisobi tegishli samara bermaydi); − har bir korxonada boshqaruv hisobini o‗ziga hos ko‗rsatkichlari (daromad markazlari, xarajat markazlari, beqarorlik va risk markazlari, samarali strategik rivojlanish markazlari va h.z.), hisob siyosati, hisobot shakllari, analitik ma'lumotlarni taqdim etish va ma'lumotlarni olish tartiblarini qamrab oluvchi metodikani ishlab chiqish; − maxsus ishlab chiqilgan yoki moslashtirilgan komp'yuter dasturlariga, iqtisodiy-matematik metodlarni keng va samarali qo‗llaydigan rivojlangan axborot 204 texnologiyalariga ega bo‗lish, m'lumotlar bazasini jamoa tomonidan tarmoqli rejimda foydalana olishiga imkoniyat yaratish. Albatta, har bir korxonani xususiyatidan kelib chiqib, unda moliya-iqtisod soxasiga ma'sul bo‗lgan ko‗pgina bo‗limlar(buxgalteriya bo‗limi, moliyaviy direktor xizmati, moliyaviy tahlil guruxi, reja bo‗limi va h.z.) mavjudligini hisobga olib boshqaruv hisobini joriy etish va yuritishda qo‗shimcha xarajatlar qilishni maqsadga muvofiqligi masalasi ko‗rib chiqilishi lozim. Bu masala biznesning ishlab chiqarish-xo‗jalik, iqtisodiy va moliyaviy tizimida muhim o‗rin egallovchi boshqaruv hisobini o‗ziga xos xususiyatidan kelib chiqib hal etiladi. Shunday qilib, samarali boshqaruv to‗liq, haqqoniy va tezkor ma'lumotlarga asoslanadi. Mazkur ma'lumotlar nafaqat joriy xolatni baholash, balki bo‗lajak davr va unda yuz berishi mumkin bo‗lgan xodisalar bo‗yicha prognoz qilish imkonini ham beradi. Shundan kelib chiqqan xolda boshqaruv hisobini tashkil qilish nafaqat kerakli, puxta o‗ylangan va ilmiy asoslangan texnik jihozlar (komp'yuter dasturlarini yaratish yoki o‗rnatish, boshqaruv hisobini parametrlarini aniqlash)ga ega bo‗lish, balki undan ham muhimroq bo‗lgan haqqoniy va tezkor ma'lumotlarni kerakli shaklda shakllantirish masalasini ham hal etishni talab etadi. Shu tufayli korxona uchun juda samarali bo‗lgan metodika ham kerakli ma'lumotlar tezkor ravishda va zaruriy shaklda olinmaganligi sababli ma'lum bir muammolarga to‗qnash kelishi mumkin. Boshqaruv hisobini joriy etish bilan bog‗liq muammolarni umumlashtirgan xolda quyidagi tartibda bayon qilish mumkin: 1. Mutaxassislarini asosiy qismi tizimli analitik mutaxassis funksiyasini bajaradigan va malakasi esa boshqaruv, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil sohasidagi bilimlarni ham egallashga yetadigan kadrlardan iborat boshqaruv hisobi bo‗limini shakllantirishdagi muammolar. 2. Korxona raxbariyati va xodimlar o‗rtasida mazkur uchastkadagi ishlarning mohiyatini aniq tushunmaslik masalasi (oqibatda raxbariyat bilan 205 mutaxassislar o‗rtasida, mutaxassislar bilan korxonani boshqa xodimlari o‗rtasida yetarli darajada o‗zaro hamkorlik qilinmaydi). 3. Boshqa bo‗linmalarda ish sifatini past bo‗lishi: buxgalteriya hisobini ba'zi bir masalalarini yuritilish sifatini pastligi, korxonani aniq bir tarkibiy tuzilishi haqida to‗liq ma'lumotni, jumladan xarakatdagi xizmat nizomlarini bo‗lmasligi va h.z. 4. Korxonalarda ma'lum bir g‗oya va kadrlar tayyorlash tizimini mavjud bo‗lmasligi muammosi (bunday tizimni mavjud bo‗lishi jamoani ahil bo‗lib ishlashi, boshqaruvchi, analitik va iqtisodchilarni o‗zaro yaqin hamkorlikda faoliyat ko‗rsatishi va hisob hamda boshqaruvni yagona tizim bo‗lib ishlashini ta'minlaydi). 5. Boshqaruv hisobi tizimini faoliyat ko‗rsatishidagi ob'ektiv qiyinchiliklar: samarali axborot texnologiyalari va ma'lumotlar bazasini jamoa tomonidan tarmoqli rejimda foydalana olish imkoniyatini beradigan komp'yuter tizimini joriy etishda mablag‗larni iqtisod qilish bo‗yicha bo‗ladigan urinishlar va h.z. Yuqorida sanab o‗tilgan muammolarni hal etish bo‗yicha javobgarlik korxona raxbarini zimmasida bo‗ladi. U to‗laqonli boshqaruv hisobini yaratishdan manfaatdor bo‗lishi va bu jarayonda yuzaga chiqadigan tashkiliy, psixologik va texnik muammolarni hal etishda tashabbus ko‗rsatishi kerak. Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, ba'zan yirik korxonalarni raxbarlari axborot ta'minoti masalasini konsalting firmalarini jalb etish, murakkab va kompleks axborot tizimlarini joriy etish orqali hal etishga xarakat qilishmoqda. Bu narsa boshqaruv hisobini joriy etish jarayonini tezlashtirmoqda, bu tartibda mazkur tizimni joriy etish katta mablag‗ sarflanishiga ham olib kelmoqda. Undan tashqari, biznesni tarkibiy tuzilishini, shu jumladan xujjat aylanishini o‗zgartirish, yangi xodimlarni ishga qabul qilish va ko‗p miqdorda axborot texnologiyalari vositalarini xarid qilish talab qilinmoqda. Shuni ham ta'kidlash kerakki, oqibatda bunday tizim to‗liq ishlashi va tegishli samara berishiga hech kim kafolat bera olmaydi. 206 Ko‗pgina xolarda korxona raxbari tomonidan buyruq asosida qaror qabul qilishni murakkab axborot tizimi joriy qilinadi, buxgalteriya bo‗yicha oddiy komp'yuter dasturlari esa oxirigacha to‗liq joriy etilmaydi. Shuning uchun dastavval tashkiliy-texnik tadbirlarni bosqichli dasturini tuzish va uni asosida boshqaruv hisobini joriy etishga ishlab chiqarish va xodimlarni tayyorlash kerak bo‗ladi. Boshqaruv hisobini joriy etishni o‗z xizmat vazifasini komp'yuterni lokal tarmog‗ida bajaradigan analitik va boshqaruv hisobi bo‗yicha mutaxassisni avtomatlashtirilgan ish joyini yaratishdan boshlash kerak. Keyinchalik boshqaruv hisobining funksiyasi va axborot bazasini kengayib borishi bilan boshqaruv hisobi siyosati va boshqaruv hisoboti shakllarini haqiqiy iqtisodiy xolatni aks ettiradigan va kelgusida ularni asosida kuchli ―industrial‖ axborot tizimini joriy etish mumkin bo‗lgan tamoyillarini joriy etish mumkin bo‗ladi. Boshqaruv hisobi boshqaruvning amaliy vazifasi ekanligini hisobga oladigan bo‗lsak, uni tarkibiy tuzilishi, tarkibi va tashkil etilishi boshqaruvning aniq bir vazifasiga moslashtirilishi kerak. Ba'zi xollarda boshqaruv hisobi tegishli xususiyatlar hisobga olingan xolda belgilangan vazifalarni majmui sifatida tashkil etiladi. Shu tufayli hisobni tashkil etishni ikkita shakli paydo bo‗ladi. Birinchi variant boshqaruvni ehtiyojidan kelib chiqadi, ikkinchi shaklning tarkibi va tarkibiy tuzilishi esa korxonani imkoniyatlari, malakali kadrlar va hokazolar evaziga ma'lum bir darajada chegaralangan bo‗ladi. Shu bilan birga mazkur cheklovlar, belgilangan maqsadlar, vazifalar va boshqaruv hisobini faoliyat yuritish sharoitlari qanday bo‗lishiga qaramasdan boshqaruv hisobini mazmunini belgilab beruvchi quyidagi elementlarni ajratib ko‗rsatish mumkin: Material komponentlar: boshqaruv hisobini yurituvchi bo‗linma va analitiklar xizmati, axborot texnologiyalari vositalari (asosiy ma'lumotlar bazasini aloxida ajratilgan komp'yuterda yoki serverda yozib borish va undagi ma'lumotlarni begona shaxslardan himoya qilish), dasturiy ta'minot. Nomoddiy komponentlar: boshqaruv hisobini parametrlari (yo‗nalishlar, daromad markazlari, xarajat markazlari); schetlar rejasi, pul mablag‗lari xarakatini kodlashtirish uchun kodlar tizimi; xarajatlar haqidagi xisobot shakllari (xarajat 207 markazlari va turlari bo‗yicha guruxlangan xolda), foyda va xarajatlar haqidagi hisobot, boshqaruv hisobi tizimi orqali olingan moliyaviy natijalarni moliyaviy tahlilini hisoboti va boshqalar; hisob siyosati. Tashkiliy-tartib komponentlari: qarorlar qabul qilishga kerak bo‗ladigan hamda boshqaruv hisobi tizimini turli bo‗g‗inida tasdiqlangan ma'lumotlarni to‗plash, o‗zaro bog‗lash, ularni saqlash jarayonida qaror qabul qiladigan xodimlar va shaxslarni funksional vazifalarini tartibi va taqsimlanishini o‗zaro hamkorligi tizimi. Boshqaruv hisobini mazmuni va tarkibiy tuzilishi tizimning asosiy nomoddiy komponenti hisoblanadi. Ular boshqaruv, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil bo‗yicha tegishli bilimlarga ega bo‗lgan va boshqaruv hisobi tizimini joriy etgan mutaxassis–analitiklar (bundan buyon ularni qisqacha qilib analitik deb ataymiz) tomonidan aniq-lanadi va ma'lumotlarni asosiy iste'molchisi bo‗lgan korxona raxbariyati bilan kelishib tasdiqlanadi. Bu yerda shuni ham ta'kidlab o‗tish joizki, parmetrlarni o‗zgarishi qo‗shimcha mehnat xarajatlarini yuzaga kelishi yoki turli hisobot davrlarida olingan natijalarni taqqoslanmasligiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona raxbari parametrlarni tasdiqlash masalasiga juda ma'suliyat bilan yondashishi kerak. Bir so‗z bilan aytganda boshqaruv hisobini parametrlariga yo‗nalishlar, daromad markazlari va xarajat markazlari kiradi. Yo‗nalish. Raxbar yoki menejerni ish faoliyatida funksional faoliyati yo‗nalishini natijasi haqidagi ma'lumotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun muhim ma'lumot bo‗lib hisoblanadi. Umumiy qilib olib qaraganda faoliyat yo‗nalishi korxona maqsadini aniqlashni mahsuli bo‗lib hisoblanadi. Maqsadni aniqlash faoliyatni asosiy ko‗rsatkichlari (masalan, foyda), mahsulot va funksional faoliyat turlari, biznesni diversifikasiyalash va boshqa asosiy ko‗rsatkichlarni (bozorlar, risklar va hokazo ko‗rsatkichlarni ham qo‗shgan xolda) shakllantiradi. Bunday sharoitda analitik raxbariyat biznesni rivojlantirish yo‗nalishi masalasini hal etish tamoyillarini aniqlab olishi lozim bo‗ladi. Analitikni 208 oldida ishlab chiqarish va boshqaruv tamoyillarini izohlab berish, boshqaruv hisobini yuritish uchun kerakli yo‗nalishlarni aniqlash va raxbariyat uchun ma'lumotlarni yetkazib berish tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar turadi. Umumiy xollarda analitik biznesni biron bir yo‗nalishini aniqlashda quyidagi tamoyillarga tayanishi lozim: − mahsulot uchun bozor segmentini aloxida yo‗nalishi (xaridor/hamkorlar, ijarachilar kesimida); − tanlangan yo‗nalish menejmentini hajm - vaqt va funksional xususiyatlari, xarajatni maqsadga muvofiqligi, vaqt va bozor dinamikasini baholash; − mahsulotni yaratilishi yoki ishlab chiqarilishini manbasi va xarajatlar tarkibini (masalan, ishlab chiqarishni to‗liq mulk egasi tomonidan tashkil etilishi, butlovchi qismlarni ishlab chiqarish–import/mahalliy ishlab chiqaruvchilar, xomashyo bilan ta'minlanganlik va uni transport orqali yetkazib berish, omborga joylashtirish va hokazolardan iborat bo‗lgan tarkibiy tuzilishi) o‗ziga xos xususiyati; − bozor dominantlari, monopollikni mumkin bo‗lgan nisbati, sotishning umumiy hajmida tanlangan biznes yo‗nalishining ulushini ahamiyati (korxona rahbariyati mazkur yo‗nalishni o‗z biznesini tahlili uchun ahamiyatli deb qarashi lozim); − boshqa yo‗nalishlar. Ba'zan yuqorida ta'kidlangan belgilardan faqat bittasi bo‗yicha mahsulotni guruxlash qiyin bo‗ladi. Chunki, bir biznesda ba'zi bir yo‗na-lishlar o‗z menejmenti va tovarlarni kelib chiqish manbasi bilan xarakterli bo‗lsa, boshqa biri umumiy menejmentga, biroq o‗ziga xos bozor sektoriga ega bo‗lishi mumkin. Bunday sharoitda analitik mahsulot va xizmatlarni guruxlashni yuqorida ta'kidlangan belgilarini foydalilik darajasini o‗rganib chiqib, ularning ichidan eng samaralisini tanlashi lozim. Bu ishda unga albatta korxona raxbariyati yaqindan yordam berishi kerak. Daromad markazlari. Daromad markazlari biznesni xalqaro amaliyotida keng qo‗llaniladigann termin bo‗lib hisoblanadi. Menejmentni aloxida bir guruxini 209 daromad markazlari sifatida ajratilishi xodimlarni rag‗batlantirilishi va ularni yakuniy natijadan manfaatdorligini o‗sishiga olib keladi. Terminni mazmunidan ko‗rinib turibdiki, daromad markazlari bu faoliyat natijasi korxona uchun ishlab topgan foyda miqdoriga qarab aniqlanishi mumkin bo‗lgan tarkibiy bo‗linmadir. Boshqaruv hisobida daromad markazlari bo‗lib xoldingni aloxida bir yuridik shaxsi yoki biznesni bir yoki bir necha yo‗nalishlari bo‗yicha mahsulot sotadigan tarkibiy bo‗linmalari bo‗lishi mumkin. Daromad markazlari tushunchasiga biron bir norasmiy gurux–masalan, menejerlar guruxi ham mos kelishi mumkin. Shunday xollar ham bo‗lishi mumkinki, korxona yagona bir daromad markazi sifatida faoliyat olib borayotganligi sababli aloxida daromad markazlari ajratilmasligi mumkin. Yo‗nalishlar va daromad markazlariga bo‗linishda boshqaruv hisobi (shu jumladan, hisob-kitob, haqiqatda o‗lchanadigan foyda, zararlar) blokli matrisali tarkibiy tuzilishga ega bo‗ladi. Uni elementlari vaqtga, yo‗nalishga, mahsulotni ishlab chiqariladigan va butlanadigan elementlari va boshqa ishlab chiqarish, xarajatlar, mahsulotni sotishni xarakterlaydigan ob'ektlarga bog‗langan bo‗ladi. Shunday qilib, hisobni ob'ektlari mahsulotni yaratilish vaqti va miqdori, qiymat xarakteristikasini o‗zgarishi, yangi qiymatni hosil bo‗lish joyi, uni o‗sishi va hokazolarni namoyon etadi. Shunga muvofiq ravishda iqtisodiy ko‗rsatkichlarni samarali hisoblash faoliyat turlari yo‗nalishi (mahsulot turlari) va aniq bir daromad markazlarini xarakterlovchi mahsulot parametrlarini o‗zaro bog‗lash imkonini beradi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, boshqaruv hisobini ob'ektlarini aks ettirishni detallashtirish darajasi belgilangan aniq vazifaga va mahsulot xarakatini hisobi tizimini qiymatni shakllantirish yo‗nalishidagi imkoniyatlariga bog‗liq bo‗ladi. Boshqaruv hisobi tizimi mazkur terminni tor doiradagi mazmunidan kelib chiqib (ma'lumotlar bazasi, qayd etuvchi va qayta ishlovchi jarayonlar) qiymatni shakllanishi haqidagi ma'lumotlarni tayyor xolda (odatda, korxonalarda sotish va tannarx hisob–kitobi, tayyor mahsulotni sotishni hisobini yurituvchi maxsus bo‗linmalar faoliyat ko‗rsatadi) oladi. Boshqaruv hisobini mazkur ob'ektlari mahsulotning qiymatini texnologik jarayonda shakllanishi jarayonlarini boshqarish uchun kerakli hajmda aks ettiradi. Shuning uchun mahsulotni xarakatini uni tayyor 210 bo‗lish darajasi bo‗yicha adresli baholashning hisob tizimi sotish hajmi va ishlab chiqariladigan mahsulotni tannarxi haqidagi ma'lumotlarni yo‗nalishlar va daromad markazlari bo‗yicha umumlashtirish imkoniyatini ta'minlashi kerak. Xarajat markazlari. Xarajat markazlari deganda korxonani ma'lum bir funksiyani bajaradigan va o‗z xarajatlari byudjetini ifodalaydigan qiymatni o‗tkazishni baholash yoki qo‗shish imkoniyatiga ega bo‗lgan bo‗linmalari tushuniladi. Umumiy xolda korxonalar odatda bittadan ortiq xarajat markazlariga ega bo‗lishadi. Chunki, har bir korxonada xarajatlari bevosita yoki bilvosita tayyor mahsulotni qiymatini shakllantiradigan (masalan, raxbariyat, buxgalteriya, reja - moliya bo‗limi, marketing bo‗limi, boshqaruv hisobi bo‗limi, sotish bo‗limi, ta'minot va hokazo bo‗limlar) funksional ish joylarini ajratish mumkin. Xarajat markazlari daromad markazlari bilan chambarchas bog‗lab qo‗yilishi mumkin. Xarajat markazlarini ajratilishi xarajatlar yuz bergan bo‗linmalar faoliyatini aniqroq va tabaqalashtirilgan xolda baholash, har bir tarkibiy bo‗linma va funksional xizmatlardagi daromad va xarajatlar nisbatini taqqoslama baholash imkoniyatini beradi. Analitik uchun bunday ma'lumotlar boshqaruv hisobini vakolati doirasida korxonaning tarkibiy tuzilishini optimal variantini tanlash, xarajatlarni optimallashtirish, korxonani funksional samaradorligi va mahsulotni qiymat parametrlarini sabab–oqibat aloqasini o‗rnatishga asos bo‗ladi. Undan tashqari, boshqaruv hisobi ob'ektlari, jumladan, turli xil taxminiy va ehtimoliy baholashlarni ishlatilishi mazkur xarajatlarni samarali rejalashtirish va xarajat markazlarini ko‗p bosqichli va samarali byudjetlarini tuzishga imkon beradi. Boshqaruv hisobini yuritish jarayonida analitik reja (byudjet) ko‗rsatkichlarini moddalar va xarajat markazlari bo‗yicha haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash orqali nazoratchi, auditor vazifasini bajarishi, ma'lumotlarning yagona bazasida hisobning taqqoslama ob'ektlari reestrini yuritishi mumkin. Boshqaruv hisobini ob'ektlari turli ishlab chiqarish–xo‗jalik jarayonlarini standart tartibi va moliyaviy va boshqa iqtisodiy jarayonlarni yuritishni namunadagi tartibini algoritmik ketma- ketligini tuzishga asos bo‗ladi. Mazkur jarayonlar korxonani hisob siyosatida to‗liq va atroflicha aks ettirilishi lozim. 211 Yuqorida ta'kidlanganidek, mazkur jarayonda korxona raxbarining roli yuqori ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Raxbarlar boshqaruv hisobi bo‗yicha maslaxatchini faoliyatidagi muammolarga e'tibor bilan yondashishi va tegishli yordamni ko‗rsatishi kerak bo‗ladi. Shuning uchun boshqaruv hisobini joriy etishda dastavval korxona raxbari mazkur hisob tizimidan qanday samaralar kutayotganligi va ushbu jarayonni amalga oshirishda qanchalik yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aniqlab olishi kerak bo‗ladi. Undan tashqari, korxona raxbarini mazkur jarayonda qatnashishiga ma'naviy jihatdan tayyorlash va boshqaruv hisobini joriy etish orqali yechilishi kutilayotgan masalalar haqida yana bir bor puxta o‗ylab ko‗rishini tavsiya qilish kerak. Bunday dastlabki tayyorgarlik ishlarini amaliyotda sinalgan anketa o‗tkazish usuli orqali o‗tkazish mumkin. Xarajat markazlari. Xarajat markazlari deganda korxonani ma'lum bir funksiyani bajaradigan va o‗z xarajatlari byudjetini ifodalaydigan qiymatni o‗tkazishni baholash yoki qo‗shish imkoniyatiga ega bo‗lgan bo‗linmalari tushuniladi. Umumiy xolda korxonalar odatda bittadan ortiq xarajat markazlariga ega bo‗lishadi. Chunki, har bir korxonada xarajatlari bevosita yoki bilvosita tayyor mahsulotni qiymatini shakllantiradigan (masalan, raxbariyat, buxgalteriya, reja - moliya bo‗limi, marketing bo‗limi, boshqaruv hisobi bo‗limi, sotish bo‗limi, ta'minot va hokazo bo‗limlar) funksional ish joylarini ajratish mumkin. Xarajat markazlari daromad markazlari bilan chambarchas bog‗lab qo‗yilishi mumkin. Xarajat markazlarini ajratilishi xarajatlar yuz bergan bo‗linmalar faoliyatini aniqroq va tabaqalashtirilgan xolda baholash, har bir tarkibiy bo‗linma va funksional xizmatlardagi daromad va xarajatlar nisbatini taqqoslama baholash imkoniyatini beradi. Analitik uchun bunday ma'lumotlar boshqaruv hisobini vakolati doirasida korxonaning tarkibiy tuzilishini optimal variantini tanlash, xarajatlarni optimallashtirish, korxonani funksional samaradorligi va mahsulotni qiymat parametrlarini sabab–oqibat aloqasini o‗rnatishga asos bo‗ladi. Undan tashqari, boshqaruv hisobi ob'ektlari, jumladan, turli xil taxminiy va ehtimoliy baholashlarni ishlatilishi mazkur xarajatlarni samarali rejalashtirish va xarajat markazlarini ko‗p bosqichli va samarali byudjetlarini tuzishga imkon beradi. 212 Boshqaruv hisobini yuritish jarayonida analitik reja (byudjet) ko‗rsatkichlarini moddalar va xarajat markazlari bo‗yicha haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash orqali nazoratchi, auditor vazifasini bajarishi, ma'lumotlarning yagona bazasida hisobning taqqoslama ob'ektlari reestrini yuritishi mumkin. Boshqaruv hisobini ob'ektlari turli ishlab chiqarish–xo‗jalik jarayonlarini standart tartibi va moliyaviy va boshqa iqtisodiy jarayonlarni yuritishni namunadagi tartibini algoritmik ketma- ketligini tuzishga asos bo‗ladi. Mazkur jarayonlar korxonani hisob siyosatida to‗liq va atroflicha aks ettirilishi lozim. Yuqorida ta'kidlanganidek, mazkur jarayonda korxona raxbarining roli yuqori ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Raxbarlar boshqaruv hisobi bo‗yicha maslaxatchini faoliyatidagi muammolarga e'tibor bilan yondashishi va tegishli yordamni ko‗rsatishi kerak bo‗ladi. Shuning uchun boshqaruv hisobini joriy etishda dastavval korxona raxbari mazkur hisob tizimidan qanday samaralar kutayotganligi va ushbu jarayonni amalga oshirishda qanchalik yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aniqlab olishi kerak bo‗ladi. Undan tashqari, korxona raxbarini mazkur jarayonda qatnashishiga ma'naviy jihatdan tayyorlash va boshqaruv hisobini joriy etish orqali yechilishi kutilayotgan masalalar haqida yana bir bor puxta o‗ylab ko‗rishini tavsiya qilish kerak. Bunday dastlabki tayyorgarlik ishlarini amaliyotda sinalgan anketa o‗tkazish usuli orqali o‗tkazish mumkin. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling