Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Boshqaruv hisobini tashkil etishning tamoyil va bosqichlari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
8.3. Boshqaruv hisobini tashkil etishning tamoyil va bosqichlari Korxonalarda boshqaruv hisobini joriy etish daromad va xarajatlarning tezkor hisobini biznesjarayonlar bo‗yicha moliyaviy va ishlab chiqarish ko‗rsatkichlari bo‗yicha ma'sul javobgarlik markazlarini ajratib detallashtirilgan xolda yuritish imkoniyatini beradi. Boshqaruv hisobi rivojlanish darajasi ma'lum bir darajaga chiqqan, raxbariyati barcha bo‗linmalari faoliyatini shaxsan nazorat qila olmaydigan va o‗z vakolatini o‗rta bo‗g‗in raxbarlarga o‗tkaza boshlagan korxonalarda o‗ta zarurdir. Raxbarlarga nazoratni qo‗ldan chiqarmasligi uchun korxona faoliyati to‗g‗risida tezkor ma'lumotlar kerak. Bunday ma'lumotlarni faqatgina boshqaruv hisobi taqdim etishi mumkin. Boshqaruv hisobini joriy etish metodologiyasi mavjud boshqaruv tizimini tahlil qilish va boshqaruv hisobi tizimiga qo‗yiladigan talablarni shakllantirish hamda hisob tizimini tashkil qilishni talab etadi. Boshqaruv hisobini joriy etishni asosiy maqsadlari quyidagilardir: − mahsulot turlari tannarxini to‗g‗ri hisob-kitob qilish; − boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sifatli ma'lumotlarni taqdim etish; − har bir ish joyni faoliyati natijasi bo‗yicha shaxsiy javobgarlikni joriy qilish. Bizningcha, boshqaruv hisobi quyidagi talablarga javob berishi lozim: − turli ob'ektlar bo‗yicha yuritilgan xarajatlar hisobini iste'molchining talabi darajasida detallashtirilgan bo‗lishi; − yordamchi bo‗linmalar xarajatlarini qayta taqsimlashni ko‗p variantli tartibini bo‗lishi; 226 − hisob davrini aniqlanishi; − hisobni va ma'lumotlarni kiritishni avtomatlashtirilishi; − xarajat moddalarini aniq belgilanishi; − barcha bo‗g‗indagi ma'sullar uchun faoliyat samaradorligini asosiy ko‗rsatkichlarini hisoblanishi; − 3 ta asosiy moliyaviy xujjatlar (balans, foyda va zararlar hisoboti va pul mablag‗lari xarakati haqidagi hisobot)ni tarkibini aniq-lanishi; − schetlar rejasini tuzilishi; − tizimni asosiy foydalanuvchilari va ularni taqdim etilayotgan ma'lumotlarga bo‗lgan talabini aniqlanishi. Boshqaruv hisobini joriy etish va yuritishni xalqaro amaliyoti mavjuddir. Uni asosiy ko‗rsatkichlari va ko‗pgina tamoyillari moliyaviy hisobot va boshqaruv hisobini xalqaro standartlarida aks ettirilgan. Shuni ham ta'kidlash kerakki, so‗nggi vaqtlarda boshqaruv hisobi tushunchasini doirasi kengaymoqda va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta'sir etuvchi omillar sifatida raqobat muhiti, mijozlar bilan o‗zaro munosabatlar tizimi, korxona ichidagi biznes-jarayonlar va boshqalar ham ko‗rib chiqilmoqda. Mamlakatimizda boshqaruv hisobini joriy qilishni o‗ziga xos xususiyati mavjud. Boshqaruv hisobi tushunchasi bo‗yicha xorijda va bizda ikki xil qarashlarni mavjudligi mazkur xususiyatni bo‗lishiga asosiy sabab bo‗lmoqda. Xorijda asosiy diqqat ―boshqaruv hisobi‖ terminidagi ―boshqaruv‖ so‗ziga, bizda esa ―hisob‖ so‗ziga qaratiladi. Bu xolatga sabab xorijiy kompaniyalarda boshqaruv hisobi tahlil, rejalashtirish va qarorlar qabul qilish uchun, mamlakatimizdagi korxonalarda esa imkoniyat qadar haqqoniy, shaffof va aniq ma'lumotlarni olish uchun ishlatiladi (xorijda bu vazifalarni moliyaviy (buxgalteriya) hisob hal qiladi). Bizdagi boshqaruv hisobi bu avvalo korxona faoliyati haqidagi ma'lumotlarni to‗plash va tahlil qilish tizimidir. Mazkur ma'lumotlar tizimi korxona xo‗jalik faoliyati natijalarini to‗liq va haqqoniy ifodalaydi va korxona raxbariyatini ma'lumotlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Undan keyingina strategik hisob va tahlil uchun javobgarlik markazlari darajasida 227 va faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlarni boshqarish maqsadida mazkur tizimdan foydalaniladi. O‗z navbatida boshqaruv hisobi keng qo‗llaniladigan mamlakatlarda uni quyidagi bir necha aloxida turlari shakllantirilmoqda: − ishlab chiqarish tannarxini hisoblashga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish hisobi; − ichki va tashqi ma'lumotlar tahliliga yo‗naltirilgan analitik hisob; − oddiy va takomillashgan direkt-kostingni ishlatadigan marjinal hisob; − korxonalarda byudjetlashtirish tizimini shakllantirish va byudjet bajarili- shini nazorat qilishga yo‗naltirilgan byudjet (rejali) hisobi; − korxonani rivojlantirishning strategik rejalarini bajarilishini nazorat qilishga yo‗naltirilgan strategik hisob. Hisobni mazkur barcha turlari asta sekinlik bilan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan. Boshqaruv hisobini takomillashtirish nafaqat zamonaviy iqtisodiyotni rivojlanishi talabiga javob beradigan hisob modelini yaratish, balki boshqaruv va moliyaviy hisob ma'lumotlarini integratsiyalashga yo‗naltirilgandir. Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobi keng rivojlanmoqda. Byudjet hisobini hisobni aloxida bir turi yoki korxonadagi boshqaruv hisobi umumiy tizimini tarkibiy qismi sifatida ta'riflash mumkin. Boshqaruv hisobi tizimi eng avvalo strategik rejani bajarilishini kuzatish va nazorat qilishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. U quyidagilarni bajarishi lozim: a) korxona darajasida belgilangan strategik va lokal vazifalarni o‗zaro bog‗lash(kongruetnost'); b) korxonaning aloxida bo‗linmalari o‗rtasida samarali axborot almashinuvini ta'minlash; v) boshqaruvchilar uchun tahlil, nazorat va tegishli reja topshiriqlariga kerakli o‗zgartirishlarni kiritish uchun foydali bo‗lgan axborot almashinuvini ta'minlash. Boshqaruv hisobi tizimi va strategik rejalashtirish to‗liq bir biri bilan o‗zaro bog‗langan bo‗lishi kerak (27-chizma). Korxona raxbariyati belgilangan vazifalar 228 kerakli tartibda bajarilayotganligi va oxir-oqibatda korxonani strategik maqsadlariga erishilayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling