Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
-chizma. Boshqaruv hisobi tizimi
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
27-chizma. Boshqaruv hisobi tizimi
Boshqaruv hisobi tizimida rejalashtirish deganda tegishli maqsadlarni aniqlash, siyosat, taktika, strategiyani tanlash, baholash va ularga erishish borasida tegishli xarakatlarni amalga oshirish jarayoni tushuniladi. O‗z ichiga strategik, taktik va joriy jabhalarni oluvchi rejalashtirishni amalga oshirish yuz bergan, sodir bo‗layotgan va kelajakda yuz berishi mumkin bo‗lgan jarayonlar haqida ma'lumotlar taqdim etishni taqozo qiladi. Rejalashtirish jarayoni odatda, modellashtirishning modellarini ishlatishni, ya'ni bir necha muqobil variantlarni ichidan samaralisini tanlashni nazarda tutadi. Bu narsa kutilayotgan kon'yunktura va iqtisodiy xolatni o‗zgarishi haqidagi ma'lumotlarni olish bilan bog‗liqdir. Kompaniya rahbariyati faoliyat ko‗rsatkichlarini erishilishi mumkin bo‗lgan o‗sish sur'atlari, bozordagi ulushini saqlab qolish qobiliyati va turli, jumladan o‗zgaruvchan iqtisodiy sharoitning har bir varianti uchun pul mablag‗lari oqimini baholashi zarur. Undan tashqari, boshqaruv hisobi tizimi quyidagi elementlarni o‗z ichiga oladi: - sodir bo‗lgan xodisalarni tahlil qilish asosida kelgusida yuz berishi mumkin bo‗lgan xodisalarni ta'siri to‗g‗risida xulosa berishni o‗z ichiga oluvchi prognozlashtirish; Strategik rejalashtirish Tezkor rejalashtirish va prognozlashtirish Byudjetlashtirish Boshqaruv hisoboti Boshqaruv tahlili Kontrolling 229 - korxona, uning bo‗linmalari va ma'suliyat markazlari faoliyatini baholash; - moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini ta'minlashni nazorat qilish. Korxonalarda byudjet hisobi tizimini keng qo‗llanilishi integrallashgan yoki aloxida byudjet hisobini shakllantirishni taqozo qilmoqda. Aloxida bir xo‗jalik yurituvchi sub'ekt misolida olib qaraydigan bo‗lsak, byudjet haqiqiy ma'lumotlarni reja ma'lumotlari (boshqacha qilib aytganda prognoz yoki normativ ko‗rsatkichlar) bilan taqqoslash imkonini beradigan hisob metodidir. Byudjetlashtirish tor ma'noda olib qaralganda moliyaviy hisobotlarni qisqa muddatli loyihalashtirish metodidir. Bunda har bir moddani bajarish uchun ma'sul tayinlanadi. Ba'zi bir xollarda byudjet hisobi ichki hisobni mustaqil bir bo‗limi sifatida ajratiladi va quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1. Korxonalarda faoliyat yuritayotgan reja-iqtisod bo‗limlari doirasida byudjetlar tizimini shakllantirish. 2. Korxonadagi rejalashtirish tizimi doirasida hisob ma'lumotlarini to‗plash. Byudjet hisobi hozirgi kunda quyidagi 2 ta yo‗nalish bo‗yicha rivoj- lanmoqda: 1). Moliyaviy va boshqaruv hisobi tarkibida integrallashgan smeta hisobi (standartlar, normativlar). 2). Boshqaruv hisobi ma'lumotlari asosida tashkil qilinayotgan mustaqil byudjet hisobi. Byudjetlashtirish boshqaruv hisobidan olingan ma'lumotlarga tayanadi va korxonada kelajakda qilinishi lozim bo‗lgan iqtisodiy xarakatlarni dastlabki muvofiqlashtirishni o‗z ichiga oladi. U prognozlashtirilgan boshqaruv va nazoratni vositasi bo‗lib hisoblanadi. Byudjet hisobi quyidagi 2 ta yo‗nalish bo‗yicha samarali boshqaruv nazoratini ta'minlaydi: 230 1. Ma'lum bir o‗rnatilgan javobgarlikni tegishli sharoitga qarab qayd etish maqsadida qabul qilingan qarorlarni nazorat qilish; 2. Iqtisodiy xolat aralashishni talab qilganda ishlab chiqarish jarayonini borishiga tegishli tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradigan ishlab chiqarish (paralel) nazorati. Shunday qilib, byudjet hisobi 2 ta seriyadagi ma'lumotlar: prognoz va haqiqiy ma'lumotlarni ifodalaydi. Ularni taqqoslash ko‗rsatkichlarni ijobiy va salbiy nisbatini aniqlash imkoniyatini beradi. Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, korxonalarda mazkur tizimlarni qo‗llashda ular bir biri bilan bog‗liq bo‗lmagan 2 ta aloxida tizim sifatida qaralmoqda. Bu quyidagilarni anglatadi: korxonalar dastavval o‗zidagi mavjud kadrlar va imkoniyatlardan foydalangan xolda reja-iqtisod bo‗limi yoki moliyaviy bo‗linmalarni kuchi bilan byudjetlashtirish tizimini joriy etishadi. Bu bosqichda odatda, ularni oldiga pul mablag‗lari kelib tushishi va sarflanishini tartibga solish orqali pul mablag‗lari xarakatini optimallashtirish bilan bog‗liq vazifalar qo‗yi- ladi. Buning uchun byudjetlar shakllantiriladi va bo‗linmalar miqyosida javobgarlik markazlari tashkil etiladi. Xarajat markazlarini menejerlari o‗z markaziga ajratilgan pul mablag‗lari limitidan oqilona foydalanish bo‗yicha ma'sul hisoblanishadi. Bizningcha, byudjetlashtirishni joriy etishdan asosiy maqsad mulk egalari manfaatlarini korxonani rivojlantirish manfaatlari bilan solishtirishdir. Belgilangan vazifalarga qarab mulk egalarini kuchli nazorati ostida korxonaning byudjetlashtirish tizimi shakllantiriladi. Shuning uchun byudjetni ma'lum bir ma'noda mulk egalarining korxonadagi moliyaviy oqimlar ustidan nazorat vositasi deb hisoblash mumkin. Byudjet hisobida boshqaruv maqsadlari uchun to‗planadigan hisob ma'lumotlari ko‗pincha tegishli iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun yetarli bo‗lmaydi. Asta sekin korxonalar katta bir muammoga, ya'ni korxonadagi mavjud axborot ta'minoti tizimi samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun kerak bo‗ladigan ma'lumotlarni to‗liq va tezkor yetkazib bermaslik muammosiga duch kelishmoqda. Mazkur bosqichda korxonada boshqaruv xisobi tizimini ishlab 231 chiqish va joriy etish boshlanadi. Mazkur jarayon boshqaruv hisobini tashkil qilish bilan bog‗liq barcha masalalarda ishlatish mumkin bo‗lgan ma'lumotlarni qamrab olish, qayta ishlash va umumlashtirishni o‗z ichiga oladi. Ko‗pgina korxonalarda umumiy qilib olib qaraganda boshqaruv hisobi tizimi deganda xorijiy davlatlardagi kontrolling tizimiga o‗xshash yaxlit bir ichki tarkibiy tizim tushuniladi. Boshqaruv hisobi tizimini joriy etish murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon hisoblanadi. Ba'zi bir olimlar boshqaruv hisobini joriy etishga soddalashtirilgan xolda yondashishni tavsiya qilishmoqda. Masalan, olima N.Chupaxina boshqaruv hisobini 28-chizmada keltirilgan tartibda joriy etishni tavsiya qilmoqda (7- chizma). Boshqaruv hisobini joriy etishda korxonani kuchli va kuchsiz tomonlarini bilish zarur. Moliyaviy va boshqaruv hisoblarini o‗zaro hamkorligi mexanizmini shakllantirish boshqaruv hisobini ehtiyojini hisobga olgan xolda buxgalteriya hisobini analitikasini joriy etishni taqozo qiladi. Mazkur bosqichlarda quyidagilar baholanadi: − ustama xarajatlarning taqsimlanishini buxgalteriya va boshqaruv hisoblarida mos kelishi; − rejalashtirish uchun analitikani bo‗lishi va boshqalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling