Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
28-chizma. Boshqaruv hisobini joriy etish bosqichlari Buxgalteriya hisobini analitikasini joriy etish jarayonida quyidagi tadbirlar (rejalashtirishni ehtiyojiga moslashtirish) amalga oshirilishi kerak: − faoliyat turlari bo‗yicha aloxida (aloxida ajratilgan) hisobni joriy qilish; − xarajat moddalarini tarmoqlar xususiyatlaridan kelib chiqib klassifikasiya- lash; − faoliyat turlari kesimida ustama xarajatlarni faoliyat va mahsulot turlari bo‗yicha tanlangan bazaga mutanosib ravishda taqsimlash; − spravochniklarning elementlarini tartibga solish; − har bir faoliyatning mahsulotini kal'kulyasiyalashning hisob kitoblarini avtomatlashtirish; − iste'molchilar (ichki va tashqi) bilan hisob kitoblarni tashkil qilish. Korxona missiyasini aniqlash SWOT tahlilini o‗tkazish va strategiyani ishlab chiqish Moliyaviy tarkibiy tuzilma haqidagi nizomni ishlab chiqish Byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqish Korxonani boshqarish uchun ko‗rsatkichlar tizimini shakllantirish Boshqaruv hisoboti tizimini ishlab chiqish Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kal'kulyasiyalash standartini ishlab chiqish Moliyaviy va boshqaruv hisoblarini o‗zaro hamkorligi mexanizmini shakllantirish ―Tijorat siri‖ haqidagi nizomni ishlab chiqish Korporativ axborot avtomatlashtirilgan tizimni tanlash va joriy qilish Tahlil, nazorat va qarorlar qabul qilish tartibini ishlab chiqish 233 Shunday qilib, buxgalteriyani boshqaruv hisobini ehtiyojiga yo‗naltirilishi va ma'lumotlarni bir marta kiritilishi moliyaviy va boshqaruv hisobini o‗zaro hamkorligini yo‗lga qo‗yishni samarali variantidir. Zamonaviy texnika vositalari bir tizimni ichida turli hisoblarni (buxgalteriya, soliq, boshqaruv) yuritish imkoniyatini beradi. Bunday sharoitda buxgalteriya hisobining boshlang‗ich ma'lumotlarini boshqaruv hisobida qayta ishlash uchun paralel bo‗lim tashkil qilmasdan, mavjud buxgalteriya shtatini ko‗paytirish samarali hisoblanadi. Albatta, hisobning turlarining o‗zaro hamkorligini ta'minlash bo‗yicha korxonani sharoitini bilmasdan turib aniq takliflar berib bo‗lmaydi. Boshqaruvning tuzilishi qanchalik murakkab bo‗lsa, faoliyat ko‗rsatkichlari tizimini to‗g‗ri tanlash va tizimni to‗g‗ri faoliyat ko‗rsatishi, ya'ni har bir bo‗linmaning oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan xolda ko‗rsatkichlar va ularning samaradorligini o‗z vaqtida aniqlash shunchalik muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda boshqaruv hisobini joriy etish qoidalarini o‗rnatish bo‗yicha ikkita: markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan yondashuv bo‗lishi mumkin. Birinchi yondashuvda hisobni yuritilishi korxonada tashkil qilingan aloxida bo‗lim tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Bunda albatta korxona raxbariyati boshqaruv hisobini joriy qilish va yuritishga ma'sul shaxs yoki shaxslar guruxini ajratishi shart. Bunday ma'sul shaxslar korxonani ijrochi organiga xisobdor hisoblanadi va mazkur jarayonga jalb qilingan mutaxassislardan tashkil topadi. Ularni asosiy vazifasi korxona raxbariyati tomonidan boshqaruv hisobini joriy qilish jarayonida belgilangan vazifalarni boshqa ishlarga vaqt sarflamasdan bajarish hisoblanadi. Ikkinchi yondashuvning mazmuni boshqaruv hisobi funksiyasini yuritish va korxona raxbariyatini tegishli boshqaruv hisoboti bilan ta'minlashdan iboratdir. Ushbu vazifa biron bir tarkibiy bo‗linmada: reja-iqtisod, moliya bo‗limi, buxgalteriya, strategik rejalashtirish bo‗limi, funksional tarkibiy bo‗linmalarda ishlovchi iqtisodchilarga yuklatilishi mumkin. 234 Yuqorida ta'kidlangan vazifalar boshqaruv hisobini ma'lum bir uyg‗unlikda tashkil etilishi va yuritilishi hisobiga bajarilishi mumkin. Mazkur uyg‗unlik boshqaruv hisobi tizimini shakllantirish, ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishning quyidagi prinsiplaridan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi: 1. Korxona faoliyatini o‗zaro bog‗langan va uzluksiz biznes-jarayonlar– jarayonlar, xarakatlar guruxi majmuasi sifatida strukturizasiyalash. Mazkur jarayonlar ma'lum bir yakuniy natijani qo‗lga kiritishga yo‗naltiriladi, korxonani faoliyat ko‗rsatishi va o‗zini asosiy moliya-xo‗jalik faoliyatini bajarishi uchun muhim hisoblanadi. 2. Boshqaruv hisobi tizimida moliyaviy-xo‗jalik faoliyatni korxona miqyosida, biznes jarayonlar, javobgarlik markazlari-tarkibiy bo‗linmalar, xodimlar, loyixalar va hokazolar kesimida prognozlashtiriladigan, rejalashtiriladi- gan va haqiqiy natijalarni doimiy baholash imkoniyati. 3. Hisobni reglamentga solishni majburiyligi-biznes jarayonlarning natijalarini ichki va tashqi standartlar (reglamentlar), ya'ni jarayonlarni tartibi, bajarish muddati, natijalari va bajarilishi sifatini belgilab beruvchi xalqaro, milliy, tarmoq yoki korporativ darajasidagi me'yoriy xujjatlar asosida reglamentga (tartibga) solish. 4. Boshqaruv hisobida ishlatiladigan natijalar va ularni xarakterlovchi baholash ko‗rsatkichlarini analitikligi va kompleksligi. Mazkur ko‗rsatkichlar belgilangan rivojlanish strategiyasi, maqsad va vazifalarga, qabul qilinayotgan va bajarilayotgan boshqaruv qarorlariga nisbatan balanslashtirilgan xolga keltirishni ta'minlaydi. Boshqaruv hisobi tizimini joriy etish va yuritishdagi yuqorida ta'kidlaganimizdek yagona metodologik yondashuvlar va yetarli amaliyotni bo‗lmaganligi sababli ba'zi bir muammolar yuzaga kelmoqda. Ularni hal etish uchun boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish bo‗yicha quyidagi yondashuvlarga amal qilish zarur: 1) korxonada boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritishni aniq ifodalangan bo‗lajak strategiyasi va maqsadini mavjudligi; 235 2) boshqaruv hisobi tizimi metodologiyasi-reglamentlar, javobgarlik markazlari va kompaniya raxbariyatini natijalari va ko‗rsatkichlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashish; 3) boshqaruv hisobi tizimida prognozlashtirish, rejalashtirish, hisob va tahlil jarayonlarini avtomatlashtirish. Bu xolat ma'lumotlarni korxonaning boshqa axborot bazasi bilan tegishli darajada integratsiyalashuviga imkon beradi va ma'lumotlarni to‗plash hamda qayta ishlash xarajatlarini kamaytiradi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, boshqaruv hisobi tizimini shakllantirish yuqorida ta'kidlangan tamoyil va yondashuvlar asosida amalga oshirilganda hisobni axborot ta'minoti buxgalteriya, moliyaviy hisob bilan hech qanday aloqa qilmasligi va moliyaviy ma'lumotlarga tayanmasligi mumkin. Bunga kerakli ma'lumot va ko‗rsatkichlarni tegishli javobgarlik markazlarida shakllantirish va ularni umumlashtiradigan, tartibga soladigan va ular asosida boshqaruv hisobotini tuzadigan bo‗limga uzatish orqali erishish mumkin bo‗ladi. Ikkinchi tomondan buxgalteriya va boshqaruv hisobining o‗zaro aloqasini metodologik va tashkiliy darajada tartibga solish va avtomatlashtirish oz miqdordagi moliya, vaqt, kadr va material xarajatlari evaziga buxgalteriya hisobi va boshqaruv hisoboti ma'lumotlarini taqqoslash imkoniyatini beradi. Va albatta boshqaruv hisobini ishlab chiqish va joriy qilish loyixasida qatnashuvchi raxbarlar tomonidan uni shakli bo‗yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Bu qaror boshqaruv ma'lumotlariga bo‗lgan ehtiyoj, mavjud imkoniyatlar va mazkur axborot ta'minotini shakllantirish va joriy qilishga jalb qilinishi mumkin bo‗lgan mablag‗larni taqqoslash orqali qabul qilinadi. Boshqaruv hisobi tizimida rejalashtirish deganda tegishli maqsadlarni aniqlash, siyosat, taktika, strategiyani tanlash, baholash va ularga erishish borasida tegishli xarakatlarni amalga oshirish jarayoni tushu-niladi. O‗z ichiga strategik, taktik va joriy jabhalarni oluvchi rejalashtirishni amalga oshirish yuz bergan, sodir bo‗layotgan va kelajakda yuz berishi mumkin bo‗lgan jarayonlar haqida ma'lumotlar taqdim etishni taqozo qiladi. Rejalashtirish jarayoni odatda, modellashtirishning modellarini ishlatishni, ya'ni bir necha muqobil variantlarni 236 ichidan samaralisini tanlashni nazarda tutadi. Bu narsa kutilayotgan kon'yunktura va iqtisodiy xolatni o‗zgarishi haqidagi ma'lumotlarni olish bilan bog‗liqdir. Kompaniya rahbariyati faoliyat ko‗rsatkichlarini erishilishi mumkin bo‗lgan o‗sish sur'atlari, bozordagi ulushini saqlab qolish qobiliyati va turli, jumladan o‗zgaruvchan iqtisodiy sharoitning har bir varianti uchun pul mablag‗lari oqimini baholashi zarur. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling