Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
7-ilova Boshqaruv hisobining funksiyalari bo„yicha ta'riflar № Olimlarning F.I.Sh. Ta'riflarning mazmuni 1. Karpova T. Boshqaruv hisobi funksiyalari quyidagilardan iboratdir: • boshqaruvning turli bo‗g‗inlarini ma'lumotlar bilan ta'minlash; •tezkor nazorat; •istiqbolli rejalashtirish 2. Xorngren Ch., Foster J. Buxgalteriya hisobini rejalashtirish, nazorat, hisobotlarni tahlil qilish va maslahatlar berish kabi funksiyalarni boshqaruv hisobi funksiyasi sifatida qarash mumkin 3. Apcherch A. Boshqaruv hisobini (har doim ham aniq ajratib bo‗lmaydigan) funksiyalari: schyotlarni yuritish - rahbariyatga yordam berish uchun moliyaviy ma'lumotlarni hisobini yuritish; e'tiborni qaratish - boshqaruv hisobi faoliyatining muhim jabhalari bo‗yicha ichki hisobotlarni taqdim etadi va shu orqali rahbariyat tomonidan muhim masalalarga diqqatni qaratish va ular bo‗yicha kerakli natijalarga erishish bo‗yicha tezkor harakatlarni amalga oshirishga erishiladi; muammolarni hal qilish-boshqaruv hisobi qarorlari variantlarini ijobiy va salbiy oqibatlarini miqdoriy baholashga harakat qiladi 4. Dusaeva Ye. Boshqaruv hisobi funksiyalari boshqaruvning prognozlashtirish, me'yorlashtirish, tezkor hisob, nazorat, baholash va rag‗batlantirish kabi funksiyalari bilan o‗zaro bog‗liqdir 5. Volkova O. Boshqaruv hisobi funksiyalarini quyidagi ikki guruhga bo‗lish 257 mumkin: 1. Axborot oqimini ta'minlaydigan funksiyalar (korxonani turli bo‗linmalari o‗rtasida axborot almashinuvi tizimini yaratish va joriy qilish hamda ma'lumotlarni taqdim etish; ma'lumotlarni tahlil qilish; faoliyatni rejalashtirish); 2. Axborot oqimining mazmunini belgilab beradigan funksiyalar (bo‗limlar, segmentlar va korxonani xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, xodimlar motivasiyasi, rejalarning bajarilishi ustidan nazorat olib borish 6. Zakirova A. Boshqaruv hisobining funksiyalari mazmuni va shakli boshqaruv vazifalarini bajarishga qaratilgan harakatlardan iboratdir. Boshqaruv hisobining funksiyalari: korxona strategiyasi va istiqbolda rivojlanishi yo‗nalishlarini aniqlash va mablag‗lardan foydalanishni iktisodiy samaradorligini oshirish; reja va byudjetlar tuzish; normativ xo‗jalikni shakllantirish va normativlarga rioya qilinishini nazorat qilish; korxona, bo‗linma va mahsulot turlari bo‗yicha xarajatlar va moliyaviy natijalarni aniqlash; ichki bo‗linmalar va korxonani qo‗yilgan maqsadlariga erishishi borasidagi faoliyat natijalarini tezkor nazorat qilish va baholash; korxona, bo‗limlar va mahsulot turlari bo‗yicha faoliyat natijalarini tahlil qilish 7. Bulgakova S. Boshqaruv hisobi funksiyalari boshqaruvning hisob, rejalashtirish, nazorat, qarorlar qabul qilish, tashkil etish va kommunikasiya kabi muxim funksiyalarini amalga oshiradi. Boshqaruv hisobining funksiyalariga hisob, reja-nazorat, analitik va kommunikasiya kabi funksiyalar kiradi 8. Sandrikova T. Boshqaruv hisobini prognozlashtirish, axborot, nazorat, analitik va ta'minlash kabi muhim funksiyalarini sanab o‗tishimiz mumkin 9. Blajenkova N. Boshqaruv hisobining funksiyalari quyidagi vazifalarni 258 bajaradi: - boshqaruvning barcha bo‗g‗inlarini joriy rejalashtirish, nazorat va tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash; - faoliyatni haqiqiy natijalarini baholash va tahlil qilish asosida korxonani kelajakda rivojlanishini muvofiqlashtirish va istiqbolli rejalashtirish 10 . Chupaxina N. Boshqaruv hisobining asosiy funksiyalari nazorat-boshqaruv va axborot-ta'minot funksiyalaridir. U o‗z ichiga xarajatlar hisobi va boshqarish, material va pul mablag‗lari harakatini tahlil qilish va boshqarish, faoliyatni baholovchi va taqqoslama indikatorlarni ishlab chiqish, kompaniyani bozor qiymatini maksimallashtirish jarayonini boshqarish, ishlab chiqarish, moliya va investisiya faoliyatini rejalashtirish (byudjetlashtirish)ni oladi 11 . Kaverina O. Boshqaruv hisobining quyidagi funksiyalarini sanab o‗tishimiz mumkin: - biznesni tizimli boshqarish uchun boshqaruvning barcha bo‗g‗inlarini ma'lumot bilan ta'minlash; - korxona bo‗linmalarini boshqarish uchun kerakli ma'lumotlarni shakllantirish Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling