Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
-ilova Boshqaruv hisobining metodlari bo„yicha ta'riflar
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
6-ilova
Boshqaruv hisobining metodlari bo„yicha ta'riflar 254 № Olimlarning F.I.Sh. Ta'riflarning mazmuni 1. Bir guruh olimlar Boshqaruv hisobi metodlariga buxgalteriya hisobining metodlari (schyotlar va ikkiyoqlama yozuv, inventarizasiya, hujjatlashtirish, balans, hisobot), statistika metodlari (indeks metodi, guruhlash va umumlashtirish, nazorat schyotlarini ishlatish), iqtisodiy tahlil metodlari (omilli tahlil, korxona moliviy holatining tahlili), matematika metodlari (korrelyasiya, chiziqli dasturlash), strategik va tezkor rejalashtirish metodlari (rejalashtirish, byudjetlashtirish, me'yorlashtirish, limitlashtirish), imitasion modellashtirish kiradi 2. Baxrushina V. Boshqaruv hisobi metodlariga buxgalteriya hisobi metodining elementlari, indeks metodi, iqtisodiy tahlil usullari va matematik metodlarni qo‗shish kerak 3. Nikolaeva O., Shishkova T. Boshqaruv hisobi tannarxni kal'kulyasiyalash va xarajatlarni boshqarish, uzoq muddatli rejalashtirish va byudjetlashtirish, byudjetlar bajarilishini nazorat va tahlil qilish, chetga chiqishlar bo‗yicha boshqarish, boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun ma'lumotlar tayyorlash kabi metodlarni o‗z ichiga oladi 4. Bir guruh olimlar Boshqaruv hisobi metodining an'anaviy elementlariga schyotlar va ikkiyoqlama yozuv, inventarizasiya, hujjatlashtirish, balans, hisobot, baholash va kal'kulyasiya kiradi. Biroq, bu elementlarning ba'zi birlarini boshqaruv hisobida mazmuni o‗zgaradi. Boshqaruv hiso-bining o‗ziga xos metodlari tarkibiga esa quyidagilarni kiritish mumkin: - byudjetlashtirish, bu shunday jarayonki, uning yordamida korxonalarni sotish, ishlab chiqarish, moliya, investisiya bo‗yicha imkoniyatlari tahlil qilinadi; faoliyatining asosiy ko‗rsatkichlari prognoz qilinadi; erishilgan natijalar belgilangan kriteriyalar bilan solishtirilib baholanadi; 255 - statistik va regressiya tahlili, sonli integrallash, optimallashtirish metodlari, stoxastik hisoblash, ko‗p omilli tahlil va boshqalarni o‗z ichiga oluvchi ma'lumotlarni umumlashtirish va izohlashning miqdoriy metodlari; - rivojlanishning haqiqiy va prognoz parametrlarini umumlashtirishga yo‗naltirilgan boshqaruv jarayoni haqidagi ma'lumotlarni bir tizimga solish 5. Bir guruh olimlar Boshqaruv hisobining metodlari turlichadir, chunki u o‗zida ko‗pgina: hisob (tezkor, buxgalteriya, statistika), tahlil, nazorat, strategik va tezkor rejalashtirish va boshqarish, korxona iqtisodiyoti, statistika, matematika kabi fanlarning metodlarini birlashtiradi 6. Nikolaeva S. Boshqaruv hisobida turli fanlar: hisob (tezkor, buxgalteriya, statistika), tahlil, nazorat, strategik va tezkor rejalashtirish va boshqarish, korxona iqtisodiyotining metodlaridan foydalaniladi 7. Chernova V. Boshqaruv hisobida turli fanlar metodlari, ayniqsa matematik metodlardan (shu jumladan, imitasion modellashtirishdan) keng foydalaniladi 8. Karpova T. Boshqaruv hisobi metodi o‗z ichiga korxonaning ob'ektlarini qayd etishning turli usul va tartiblari majmuasini oladi 9. Mishin Yu. Boshqaruv hisobi metodini korxona axborot tizimida ishlab chiqarish hisobi ob'ektlari holatini aks ettirishda turli usul va tartiblarni qo‗llash sifatida ta'riflash mumkin 10 . Mizikovskiy I. Boshqaruv hisobi metodi xo‗jalik sub'ekti tomonidan o‗z faoliyatidan foyda olish maqsadida xarajatlarni boshqarishning axborot ta'minotini usul va tartiblari majmuasini o‗z ichiga oladi 11 . B.Mahsudov Boshqaruv hisobida buxgalteriya hisobining metodlaridan tashqari statistika, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-matematik metodlar, kompleks iqtisodiy tahlilning eng asosiy bo‗limlaridan 256 biri bo‗lgan parametrik tahlil, firmalararo taqqoslash, sifatli guruhlash, raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlari uslublari ham ishlatiladi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling