Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
- ilova Boshqaruv hisobining vazifalari haqidagi ta'riflar
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
5- ilova
Boshqaruv hisobining vazifalari haqidagi ta'riflar № Olimlarning F.I.Sh. Ta'riflarning mazmuni 1. Zakirova A. Boshqaruv hisobining vazifalari quyidagilardan iboratdir: 1. Korxona faoliyati xarajati, daromadi va natijalarini boshqarish maqsadlari uchun ma'lumotlarni shakllantirish; xarajatlar hisobi ob'ektlari, mas'uliyat markazlari va xarajat markazlarini aniqlash, xarajatlarni turkumlashning belgilarini ishlab chiqish; xarajatlarni elementlar, moddalar, turlari, aniq bir mahsulotlar, mas'uliyat markazlari bo‗yicha baholash; kal'kulyasiyalash ob'ektlari va ustama xarajatlarni kal'kulyasiyalash ob'ektlari bo‗yicha taqsimlash metodlarini aniqlash; ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligini kal'kulyasiyalash metodlarini aniqlash; mas'uliyat markazlari va xarajat markazlari bo‗yicha faoliyat natijalari va xarajatlarini taqqoslash; boshqaruvni rejalashtirish va nazorat qilish uchun xarajatlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish. 2. Byudjetlarni prognozlashtirish, rejalashtirish va shakllantirishda ko‗maklashish, joriy xarajat va daromadlarni prognozlashtirish, korxonani strategik va tezkor maqsadlariga erishishini ta'minlovchi detallashtirilgan, kompleks va har tomonlama puxta rejalarni ishlab chiqish, byudjetlashtirish metodlarini joriy etish. 3. Korxonaning ijrochi organlari bajaradigan funksiyalar bilan bog‗liq moliyaviy-xo‗jalik faoliyat ustidan olib boriladigan boshqaruv nazoratini ta'minlash: har bir xarajat turi bo‗yicha nazorat metodlarini tanlash; korxona faoliyati natijalarini tahlil, nazorat va tartibga solishga imkon beradigan boshqaruv hisobotlarini shakllantirish. 4. Korxona faoliyatining haqiqiy natijalarini tahlil qilish va baholash: korxonani rivojlanish holati, mavjud mablag‗lari, ishlab chiqarish quvvati, raqobatdagi afzalliklari va kuchsiz tomonlarini baholash. 5. Korxonaning rezervlarini aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish bo‗yicha taktik va strategik qarorlarni ishlab chiqish 2. Chupaxina N. Boshqaruv hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi: • korxona rahbariyatini ko‗p sonli yuridik shaxslar va tarkibiy bo‗linmalardan tashkil topgan biznesini umumlashtirilgan natijalari haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash; • biznes tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar o‗rtasida 253 taqsimlanishidan qat'i nazar alohida bir yo‗nalishlar (faoliyat turlari, tovar guruhlari yoki biznesning xususiyatiga qarab boshqa elementlari) natijalarini ko‗rsatib berish; • tarkibiy bo‗linmalar (bo‗lim, yuridik shaxslar)ning ishlari natijalarini ko‗rsatib berish; • xarajat turlari va xarajat markazlari bo‗yicha hisob yuritish orqali xarajatlar ustidan nazorat olib borish; • korxonalarning daromad va xarajatlari haqidagi statistik ma'lumotlarni ma'lum bir kesimda to‗plash va umumiy tendensiyalarni aniqlash; • biznes va alohida bir xarajat markazlari bo‗yicha byudjet rejalashtirilishini amalga oshirish va uning bajarilishini nazorat qilish; • kontragentlar bilan hisob-kitoblar va o‗ziga qarashli yuridik shaxslar o‗rtasidagi o‗zaro hisob-kitoblarning tezkor hisobini olib borish 3. Bulgakova S. Boshqaruv hisobi vazifalarini korxonalarning strategik, taktik va tezkor maqsadlari aniqlashtirib beradi 4. Pizengol's M. Asosiy vazifasi marjinal daromadni hisoblashga asos bo‗ladigan to‗liq va qisqartirilgan tannarxni shakllantirishdan iboratdir 5. Ivashkevich V. Boshqaruv hisobining asosiy vazifalariga belgilangan maqsadlarga erishishga e'tiborni qaratish, belgilangan vazifalarni yechishni muqobil variantlarini ta'minlash zarurligi, optimal variant va uni bajarishni normativ parametrlari hisob-kitobini aniqlashda ishtirok etish, ko‗rsatkichlar bajarilishining belgilangan topshiriqlardan chetlanishlarini aniqlashga diqqatni qaratish, aniqlangan chet-lanishlarni izohlash va tahlil qilish kiradi 6. Nikolaeva S. Boshqaruv hisobi vazifalariga quyidagilar kiradi: • faoliyat natijalari va ichki xo‗jalik jarayonlari haqidagi aniq va to‗liq ma'lumotlarni shakllantirish va ichki boshqaruvga taqdim etish orqali rahbariyatga ma'lumotlarni taqdim etish; • korxona va uning mas'uliyat markazlari faoliyatini iqtisodiy samaradorligini rejalashtirish va nazorat qilish; • mahsulot(ish, xizmat)ni haqiqiy tannarxini hisoblash va o‗rnatilgan norma, standart, smetadan chetlanishlarni aniqlash; • mulk, material, pul va mehnat resurslarining butligi va harakati ustidan nazoratni ta'minlash; • qarorlar qabul qilish uchun axborot ta'minotini shakllantirish; • korxona faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling