MALAKAVIY AMALIYOTNING NAMUNALI MAZMUNI.
Talabalarning malakaviy amaliyotni korxona rahbarlari va mutaxassislari bilan tanishish, korxona va uning boʻlimlarini joylanishini, uning tashkil topish va rivojlanishi tarixini oʻrganishdan boshlaydilar:
Korxona tomonidan tayinlangan rahbar tomonidan, uning yordamida dastlabki kun ichida kalendar ish rejasini tuzadilar (Bunda 1-ilovada koʻrsatilgan taxminiy kalendar ish rejasidan foydalanish tavsiya etiladi).
Korxona, uning boʻlimlari va tarmoqlarining asosiy koʻrsatkichlari bilan tanishadilar. Amaliyot jarayonida kamida uch yillik korxonaning iqtisodiy-texnik koʻrsatkichlari har tomonlama tahlil qilinadi. Soʻngra iqtisodiy-tashkiliy va boshqa muammolarning samaradorligini oshirish rejalarini tuzishda foydalanadi. Mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish va samaradorligini oshirish dastavval mavjud imkoniyatlardan foydalanishni yaxshilash omillarini aniqlashdan boshlanadi. Shuning uchun ushbu dasturda resurslardan foydalanishning tahlil etishga, uni yaxshilashga keng oʻrin berilgan.
Resurslardan foydalanishni yaxshilash joriy va istiqbol rejalarini asoslashda iqtisodchi-mutaxassislardan tashqari barcha mutaxassislar ham aktiv ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |