Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Kafedra mudiri, i.f.d., dotsent A.I.Aliqulov


Download 48.69 Kb.
bet2/15
Sana09.01.2022
Hajmi48.69 Kb.
#263428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Q x menejment 4 bosqich kasbiy ta'lim malakaviy amaliyot dasturi

Kafedra mudiri, i.f.d., dotsent A.I.Aliqulov


Malakaviy amaliyot dasturi “Iqtisodiyot va agrotexnologiya” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yil



dagi -sonli bayyonnoma).

Fakultet kengashi raisi E.X.Berdimuratov


    1. UMUMIY QOIDALAR VA TAVSIFNOMALAR.

Ushbu dastur asosida Iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti 5420100– Qishloq xo’jaligida menejment yoʻnalishi yoʻnalishining 4-bosqich kunduzgi boʻlim talabalari “Qishloq xo’jaligida menejment” fanidan - 2 hafta, “Agrobiznesni tashkil qilish” fanidan- 1 hafta, “Qishloq xoʻjaligida investitsion jarayonlarni boshqarish” fanidan – 1 hafta Malakaviy amaliyotni oʻtkazadilar. Jami 24 kun davom etadi. Shu davr ichida talabalar korxona ichki mehnat tartib va qonuniyatlariga boʻysunadilar, boshqaruv mutaxasislik lavozimiga ishga olinadilar va ularga korxona imkoniyatiga koʻra mehnat haqi beriladi.



Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  1. Hozirgi bozor munosabatlari davrida qishloq xoʻjaligi, boshqa agrosanoat majmualari korxonalari va tarmoqlari iqtisodiyoti, ularni tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish va har tomonlama tahlil etish va huquq, mehnatni muhofaza qilish va boshqa nazariy-uslubiy bilimlarni korxonalar doirasida ularning tabiiy, iqtisodiy tashkiliy sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishga ijobiy joriy etishni oʻrganish;

  2. Mustaqil malakaviy amaliyot hisoboti yozish uchun kerakli dalillar yigʻish va ularni maqsadga muvofiq qayta hisob-kitob qilish;

  1. Bozor iqtisodiyoti samaradorligini oshirishga tegishli maxsus adabiyotlarni va tavsiyalarni qishloq xoʻjalik va boshqa agrosanoat korxonalariga va ularning boʻlimlariga joriy etishda ishtirok etish;

  2. Korxona doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-tashkiliy boshqarish samaradorligini oʻrganish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan xulosalar, taklif va tavsiyalar berish va boshqalar.

Malakaviy amaliyotga rahbarlik Iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti “Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi” kafedrasining professor-oʻqituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Ular talabalarni amaliyotga chiqishlaridan oldin instruksiya oʻtkazadilar, amaliyot davrida bajariladigan barcha ishlarni davriy nazorat qiladilar. Talabalarning yutuqlari va kamchiliklarini kundalik daftarga yozadilar, kafedralar va dekanat rahbarlariga yozma ravishda yetkazadilar. Talabalarni sifatli amaliyot oʻtishlari amaliyot oʻtash joyidan korxona rahbari tomonidan belgilangan amaliyot rahbariga yuklanadi va unga rahbarlik qilish uchun ish haqi toʻlanadi. Korxonalarning amaliyot rahbari ushbu dasturda koʻrsatilgan va boshqa muammolarni oʻrganishda talabalarga ijobiy yordam koʻrsatadilar, ularga meʻyorda ishlash, dam olish va yashash sharoitlarini yaratadilar. Haftada kamida bir marta amaliyot dasturining bajarilishini tekshiradi va kundalik daftarga imzo qoʻyadilar. Ular talabalar tomonidan mustaqil yozilgan Malakaviy amaliyot hisobotini tasdiqlaydilar.

Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan barcha ishlarning mazmuni va oxirgi natijalari tasvir etiladi. Hisobot qoʻlyozma shaklida yoziladi, uning hajmi kamida 60 bet atrofida boʻlishi kerak, uni sxemalari diagrammalari, rasmlar bilan bezatish tavsiya etiladi. Hisobotning titul betida quyidagilar koʻrsatiladi:

Oliygoh nomi, hisobot nomi, ixtisoslik va guruh raqami, familiyasi va ismi, amaliyot oʻtilgan korxona, tuman va viloyat, amaliyotning korxona va oliygoh rahbarlari, hisobot yozilgan kun, imzo qoʻyiladi va muhr bosiladi.

Talabalar hisobot bilan birga amaliyotni oʻtash kalendar ish rejasini va uning bajarilishi yuzasidan olib borilgan kundalik daftarni ham topshiradilar. Hisobotga talaba haqida amaliyot oʻtalgan obʻyekt boshqaruvchisining tavsifnomasi qoʻshib topshiriladi. Har bir amaliyot hisobotiga kafedralar tomonidan tayinlangan professor-oʻqituvchilari xulosalar yozib beradilar. Soʻngra hisobotlar kafedraning maxsus hayʻat yigʻinida himoya qilinadi. Amaliyot natijalari reyting tizimi asosida baholanadi va talabalarning sinov daftarchasiga yoziladi.




    1. Download 48.69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling