Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Ozuqalarning to‘yimlilik qiymati


Download 0.58 Mb.
bet11/16
Sana05.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#215501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Sardor Q tayyor

Ozuqalarning to‘yimlilik qiymati

Qishloq xo‘jalik hayvonlari har-xil ozuqalarni iste’mol qiladi, hazm qiladi va qimmatbaho oziq-ovqat mahsulotlari – sut, go‘sht, yog‘ va tuxum beradi. Bu murakkab biologik jarayonda ozuqalarning to‘yimlilik xususiyatlari turlicha bo‘ladi va ular quyidagi ko‘rsatgichlar bilan aniqlanadi.



Ozuqa birligi

Ozuqa birligi - ozuqalarning umumiy to‘yimliligini o‘lchaydigan birlikdir. Undan har xil ozuqalarning bir-biriga nisbatan to‘yimlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.

Ozuqalarning umumiy to‘yimliligi oziqlantirishning oxirgi natijasi olingan mahsulotga qarab aniqlanadi. Chorvachilik fanida ozuqalarning umumiy to‘yimliligini o‘lchash uchun andoza sifatida ozuqa birligi tasdiqlangan. Ozuqalarning umumiy to‘yimliligini o‘lchash uchun o‘rtacha sifatli 1 kg quruq suli donining to‘yimliligi, boshqacha qilib aytganda 1 kg standart suli donining katta yoshdagi qoramolga to‘yimlilik ta’siri andoza qilib olingan va u ozuqa birligi deb ataladi. Boshqa 1 kg ozuqaning to‘yimliligi ana shu 1 kg suli doni to‘yimliligiga taqqoslanib aniqlanadi. Masalan: 1 kg suli donida 1,0 ozuqa birligi, peda pichanida 0,44 -0,5 ozuqa birligi, bedaning ko‘k massasida 0,18-0,2; beda pichani unida – 0,63; ko‘k beda unida - 0,72; beda senajida – 0,3-34; makkajo‘xori silosida – 0,20; kungaboqar silosida – 0,18; har xil o‘tlar silosida – 0,15; arpa somonida – 0,34; kuzgi javdar somonida – 0,21; yozgi javdar somonida – 0,25; bug‘doy somonida – 0,2; suli somonida – 0,31 va soya somonida 0,38 ozuqa birligi mavjuddir.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling