Ozuqalarning to‘yimliligi
Ozuqalarning to‘yimliligi ularning kimyoviy tarkibi, tarkibidagi to‘yimli moddalarning hazmlanishi va 1 kilogrammidagi ozuqa birligining miqdoriga qarab aniqlanadi. Masalan. 1 kg suli donida 1,0 ozuqa birligi, shuncha arpa donida – 1,1; oq jo‘xori donida – 1,0; makkajo‘xorida – 1,33; javdarda – 1,15 va soya doni – 1,45 ozuqa birligi mavjud.
OZIQLANTIRISH RATSIONI
Ratsionlarning tarkibi
Asosiy guruhlardagi ozuqalar (dag‘al xashak, shirali ozuqalar va omuxta yemlar) ning to‘yimliligiga ko‘ra foizda ifodalangan nisbati. Ratsion tarkibi hayvonlarning turlari, guruxlari, mahsuldorlik darajasi va mavsumga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, bir kecha kunduzda 15 kg sut beradigan sog‘in sigir ratsioniga 23% pichan, 44% silos va senaj, 17 % ildizmeva va 16% omuxta em kiritish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |