Zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti


Download 144.5 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1310878
Bog'liq
ЖХУ АХБОРОТ ХАТИ (3)







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI


Xizmat foliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash kafedrasi
AXBOROT XATI



O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son va 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonlari, 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2022-yil 8-sentyabrdagi PQ-371-son “Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat foliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchi (xodim)larning psixologik tayyorgarligiga zamonaviy yondashuv: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi 2023-yilning 31-mart sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:

  1. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchi (xodim)larning psixologik tayyorgarligiga zamonaviy yondashuvlar;

  2. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchi (xodim)larni psixologik tayyorlash uslublari;

  3. Harbiy xizmatchi (xodim)larning psixologik tayyorgarligiga zamonaviy yondashuv: nazariya va amaliyot;

  4. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning psixologik asoslari.

Konferensiya ishida professor-o‘qituvchilar harbiy xizmatchilar, amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talaba va kursantlar qatnashishlari mumkin.
Konferensiya uchun tezis va maqolalar 2023-yilning 25-mart kuniga qadar qabul qilinadi.
Taqdim etiladigan maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar:
Ilmiy maqola mavzusi (Title). Tezis mavzusi ilmiy asoslangan va shakllantirilgan bo‘lib, tezis tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim.
Ilmiy maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information). Ushbu qatorda muallif(lar)ning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ilmiy darajasi, lavozimi, ish joyi va muloqot telefonlari ko‘rsatiladi.
Tezis mazmunida tadqiqot muammosi, dolzarbligi, erishilgan natijalari va xulosa aks etishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References). Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] ketma-ketligida quyidagi shaklda keltiriladi:

  • mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili, nashriyot nomi, yili, betlari;

  • mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.

Tezis matni. Matn «Times New Roman» shriftida, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1,5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Tezisning maksimal hajmi 5 bet minimal hajmi 3 bet bo‘lishi lozim.
Tezislarning mazmuniga, ma’lumotlar mualliflarga tegishliligi uchun va keltirilgan manbalarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’ul. Talabga javob bermaydigan materiallar konferensiya to‘plamiga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek va rus tillarida.
Ilmiy-amaliy konferentsiyada maqola bilan ishtirok etish bepul. Konferensiya materiallar to‘plami elektron shaklda taqdim etiladi.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qo‘rg‘oni - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Konferensiya o‘tkazish uchun mas’ul: Xizmat foliyatining tarbiyaviy-psixologik ta’minlash kafedrasi.
Ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazilish sanasi:
2023 yil 31 mart, soat 15.00 (aloqa tekshiruvi soat 14:00da)
Zoom konferensiyasiga ulanish uchun:
https://us02web.zoom.us/j/3127472616?pwd=QmVmN0IzSGRxVXpPazBNNlZHYXQ0dz09
Konferensiya identifikatori: 312 747 2616
Kirish uchun: 310322
Murojaat uchun: Isakov Sanjar Xazratqulovich telefon raqami +99893 546-77-87 (telegram), Ikmatullayev G‘ayrat Zokirovich telefon raqami +998935644111 (telegram).


Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling