Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi


Download 1.69 Mb.
bet37/61
Sana17.01.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1097250
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo‘lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.

  1. Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badantarbiyadan mashqlarning xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo‘lmagan harakatiga keltiruvchi mashqlar sanaladi), ya’ni turli mushaklar guruhini jismoniy laYoqatini yanada mustahkamlash, elementlar, harakatga keltiruvchi ko‘nikmani qo‘lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish maqsadida bajariluvchi mashqlar sanaladi.

  2. Badantarbiya qo‘shimcha mashq va ko‘nikmani atrof-muhit bilan uzviy bog‘lovchi vositadir.

  3. Erkin mashq ertalabki badantarbiya mashqlarining bir turi bo‘lib, chidamlilikni oshirish va rivojlantirishga yunaltiriladi.

  4. Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari.



Ertalabki badantarbiya vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • odamning jismoniy holatiga xos bo‘lgan mezonlar bo‘yicha uning salomatligiga oid model ko‘rsatkichlarini normallashtirib turish;

  • jismoniy yuklamalarni me’yorga solib turish;

  • sihat-salomatlikni model darajasiga ko‘tarishga erishish va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni tanlash bilan bog‘liq tadbirlar.

Ertalabki badantarbiya mashqlariga o‘rgatishning shart-sharoitlari. Badantarbiya mashqlariga o‘rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir nechta sharoitlarni o‘ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi va har xil metodik va texnik vositalarni qo‘llashi nazarda tutiladi. Bunda tarbiyachi o‘rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo‘lishi lozim. O‘rgatish oldidan tarbiyachida ishning rejasi bo‘lishi shart. Uning ichida harakatlar ketma-ketligi aks etishi lozim. Tarbiyachi har bir bolaning o‘ziga xos sifatlari hamda mashqlarning bajarilish sharoitlarini bilishi kerak. Ko‘pincha, mashqlarni o‘rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan o‘rgatish usullarini ishlatadi. Bunda o‘rgatish usulining modelini aniqlash kerak. Mashqlarni o‘rgatish vaqtida tarbiyachining harakati katta ahamiyatga ega. Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baholab turishi zarur, kerakli vaqtda bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini engillashtirishi, agar qiyinchiliklar tug‘ilsa, xatolarni to‘g‘rilashi lozim. O‘rgatish jarayonini shu tarzda boshqarish, tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladigan ijodiy jarayon sanaladi va pedagogik maqoratni talab qiladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling