Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


 Sog‘lomlashtirish tadbirlariga tavsif va uning vazifalari


Download 1.69 Mb.
bet39/61
Sana17.01.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1097250
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

2. Sog‘lomlashtirish tadbirlariga tavsif va uning vazifalari.

Sog‘lomlashtirish tadbirlari bolalar bilan (mustaqil) faol dam olish maqsadida, sog‘liqni tiklash va mustaxkamlash, ish qobilyatini oshirish va saqlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, xarakat, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi.


Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida shakllangan ko‘nikma va malakalar irodaviy, axloqiy, jismoniy sifatlarni takomillashtirish, egallangan bilimlarni kengaytirish va mustaxkam egallash va “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari mezonlarini topshirishga yo‘naltirish. Bo‘sh vaqtni foidali o‘tkazish maqsadida o‘zini jismoniy takomillashish va sog‘lomlashish uchun kundalik xayotda jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil shug‘ullanish uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantiriladi.
Mashg‘ulotning sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari shakli ko‘ngilliligi bilan tavsiflanadi jismoniy tarbiya bo‘yicha DTS o‘quv dasturini amalga oshirishda kiritilgan bo‘lsa, o‘quvchilar uchun ushbu shakl majburiy emas. Shuning uchun sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari shakllarni tashkil etishda bolalarda qiziqish uyg‘otish zarur.
Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma malakalar mustaxkamlanadi va takomillashadi. Bu mashg‘ulotlar bolalarni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga odatlantirish va kundalik turmush tarziga singdirish mashg‘ulotning xamma shakllari umumiy maqsad va vazifani birlashtiradi. Ularni xar biri umumiy vazifalarni xal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, maxsus vazifalarni xal qiladi.
Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar ko‘ngillilik asosida tashkil etiladi. Mashg‘ulotni tashkil etish va mazmuni bog‘cha sharoiti bolalarni qiziqishini xisobga olib aniqlanadi va o‘z xohishiga ko‘ra sport turini tanlash imkoniyati beriladi. Mashg‘ulotlar bolalarni keng jamoatchilik faolligi ishtirokida jismoniy madaniyat jamoasiga birlashgan xolda ularni faoliyati bog‘cha ma’muriyati, jismoniy tarbiya instruktorlari va tarbiyachilar tomonidan rahbarlik va nazorat qilinadi.
Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar jarayoni katta uslubiy yo‘riqnoma va maslaxat, tavsiya xarakterda bo‘lib, turli xildagi sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarni o‘tkazishda jiddiy tashabbuskorlik nomoyon bo‘lishini qo‘llab quvvatlash zarur.
Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlar quyidagicha tashkil etiladi:

Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarning axamiyati katta bolalarni sog‘ligini mustaxkamlaydi, xarakat faoliyatini oshirishga yordam beradi.
Bolalarni dam olishini foydali tashkil etiladi. Ularni ijtimoiy faolligi oshadi, sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, jismoniy takomillashishga bo‘lgan individual qiziqish extiyoji qondiriladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling