Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Elektron ta’lim resurslari
Download 1.69 Mb.
|
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. NAZARIY TA’LIM MAZMUNI
- 1. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinga n hukumat qarorlari mazmuni va mohiyati
Elektron ta’lim resurslari.
http://www.lex.uz http://www.ziyonet.uz www. minsport.uz www.uz-djti.uz www.sportedu.uz www.olympic.uz www.infocom.uz. www.sports.uz www.edu.uz II. NAZARIY TA’LIM MAZMUNI 1.Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hukumat qarorlari mazmuni va mohiyati. 2. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi. Tayanch iboralar: Gigienik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari, jismoniy mashqlar, Modul, Qonun, farmon, qaror, dastur, Vazirlar Mahkamasi, Vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, Idoralar, Mahalliy davlat hokimiyati organlari, xilma-xil faoliyat turlari. 1. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hukumat qarorlari mazmuni va mohiyati Bugungi kunda Respublikamizda Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyov rahbarligida olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, va ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi tub islohatlar ta’lim-tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini ham mutlaqo yangicha mazmun, shakl va vositalarda tashkil etish, ular uchun yaratilgan mislsiz imkoniyatlardan yanada to‘laroq foydalanib, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek, o‘ta muhim vazifalarni hal qilishga undaydi. Respublikamiz hukumati tomonidan o‘quvchi-yoshlarni jismonan barkamol qilib tarbiyalash, ularni sport-sog‘lomlashtirish ishlariga keng jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Yosh avlodni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam Shug‘ullanishga jalb etish, sport turlari bo‘yicha iste’dodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, moddiy-texnik bazalarni mustahkamlash hamda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois yurtimizda jismoniy tarbiya hamda sportga davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 4 sentyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ-394-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 15 sentyabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-sonli, 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli, 2017 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5198-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 658-sonli qarorlarida hamda umumta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy-sport tadbirlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling