Zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi


Download 184.32 Kb.
bet5/14
Sana14.05.2023
Hajmi184.32 Kb.
#1461463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
huquqiy munosabatlarning tushunchasi tuzulishi va turlari

Realistik huquq maktabi (R.Iering, S.M.Muromsev va boshq.). Mazkur yo‘nalish vakillari huquqning tadrijiy tarzda rivojlanishi haqidagi tarixiy tasavvurlardan farqli o‘laroq, huquq tashqi omillar ta’sirida paydo bo‘ladi va rivojlanadi, deb hisoblaydilar. Huquqshunos Rudolf Iering ushbu nazariyaning mazmun-mohiyatini o‘zining “Rim huquqi ruhi”, “Huquq uchun kurash”, “Huquqda maq­sad” kabi asarlarida bayon qilgan. Ieringning ta’biricha, huquq – hi­moyalangan davlat manfaatidir. U shaxs manfaatlarini kafolat­laydi, odamlarning turli xil ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Huquqning vazi­fasi huquqdan foydalanishni kafolatlashdan iborat. Huquqning maz­mun-mohiyati zamirida qonunsizlikka qarshi xalqlar kurashi, dav­lat hokimiyati, individlar kurashi yotadi. SHu munosabat bilan Ie­ring huquq tarixidagi barcha ulkan yutuqlar – qullikning, krepost­noylikning barham toptirilishi, er mulki erkinligi, hunarmand­chilik, e’tiqod va hokazolar erkinligi – bularning hammasi shafqatsiz, ko‘pincha asrlar osha davom etadigan kurashlarda qo‘lga kiritilishi lozimligini, bunday hollarda huquqning yo‘li ha­misha huquqlar qoldiqlari orqali belgilanishini alohida ta’kid­lagan.
Uning e’tirof etishicha, mutlaq adolatli huquq yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, huquqning qimmati uning asosida yotgan maq­sadni amalga oshirishdan iboratdir. Manfaatlar kurashi asosida dunyoga kelgan huquq insoniyat jamiyati hayotida adolat tamoyilla­riga albatta rioya qilish sharti bilan birovlar irodasini boshqa­larning manfaatlariga bo‘ysundiruvchi kuch sifatida maydonga chiqadi.
Mazkur ilmiy yo‘nalish namoyondalari, huquq uchun kurashish qonuniy huquqqa ega bo‘lgan shaxsning o‘z ol­didagi majburiyatidir, huquqni himoya qilish, ya’ni huquqbuzar­likka qarshi harakat qilish esa faqat o‘z-o‘ziga nisbatangina emas, balki umuman jamiyatga, davlatga nisbatan ham majburiyatdir: har bir odam huquqni himoya qilar ekan, o‘zining sub’ektiv huquqi asosi bo‘lgan ob’ektiv huquq normalarini muhofaza etadi, deb hi­soblaydilar.
Ushbu nazariyaning birmuncha “jangavor”ligiga qaramay, u o‘zida huquqning organik, tabiiy, iqtisodiy, ruhiy kabi ko‘plab nazariya­larini aks ettirgan konsepsiyadir. Ushbu maktab vakillari huquq bilan davlat o‘rtasidagi bevosita aloqani ko‘ra olganlar. Ularning fikricha, davlat hokimiyati huquq mavjudligining zaruriy shartidir. Huquq tarixiy maktabidan farqli o‘laroq, ular huquqiy ijodkor­likning zarurligini tan oladilar. CHunonchi, huquqshunos S.M.Muromsev o‘zining “Nemis huquqshunosligi ta’limotiga ko‘ra huquqning paydo bo‘lishi” kitobida, huquq xalq ruhiyatining ang­lanmagan hosilasi bo‘lmay, balki odamlar ongli faoliyatining mahsulidir, deb yozgan.

Download 184.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling