Zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi


Download 184.32 Kb.
bet2/14
Sana14.05.2023
Hajmi184.32 Kb.
#1461463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
huquqiy munosabatlarning tushunchasi tuzulishi va turlari

Huquqning asosiy belgilari:
1. Irodaviy xarakterga egaligi. Unda jamiyatning davlat irodasi aks etadi. Mazkur iroda ijtimoiy voqelikning iqtisodiy, milliy, ma’naviy, tabiiy va boshqa shart-sharoitlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
2. Normativligi. Huquqning normativligi jamiyat rivojlanishining muayyan davrida tipik va barqaror holatda bo‘lgan hamda o‘zining takroriyligi va umumiyligi bilan tavsiflanadigan kishilarning munosabatlari va harakatlarinigina tartibga solishida namoyon bo‘ladi. Huquqning normativligi, shuningdek uning muayyan normalarda, ya’ni huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini hamda ularning javobgarlik chegaralarini belgilab beruvchi yurish-turish qoidalarida ham o‘z ifodasini topadi.
3. Huquq va davlatning o‘zaro bog‘liqligi. Huquq normalari davlat tomonidan o‘rnatiladi, ma’qullanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. O‘z navbatida, davlatning jamiyat hayotining turli yo‘nalishlaridagi faoliyati huquq tomonidan chegaralanadi va tartibga solinadi. Huquq normalarining bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadi.
4. Umummajburiyligi. Bu shuni anglatadiki, huquq normalari barcha huquq sub’ektlariga qaratilgan bo‘ladi va ushbu normalar ular tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Rasmiy va shaklan aniqlikka egaligi. Huquq umumijtimoiy iroda sifatida davlat tomonidan o‘rnatilgan rasmiy yuridik hujjatlar shaklida (normativ-huquqiy hujjatlar, normativ shartnoma va b.) amalga oshiriladi.
6. Tizimliligi. Tizim so‘zi yunoncha “systeme” terminidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “yaxlit”, “qismlardan iborat” degan ma’nolarni bildiradi. Mazkur belgi huquqning o‘zaro mutanosib va birlikdagi normalar tizimi ekanligini anglatadi.
Huquq tamoyillari - bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini ifodalovchi boshlang‘ich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, g‘oyalar va qoidalardir­. Huquq tamoyillari, avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi, qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida amal qiladigan va barcha sub’ektlarga nisbatan qo‘llanadigan eng umumiy normalardan iborat bo‘ladi. Huquq tamoyillari huquq ijodkori uchun dasturiy g‘oyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab beradi. Huquq tamoyillari (tamoyil normalar) Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning muqaddima yoki umumiy qoidalar qismida maxsus tartibda belgilab qo‘yiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmunidan quyidagi huquqiy tamoyillarni – demokratizm, inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining amal qilishi, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi, teng huquqlilik, mulk barcha shakllarining tengligi, odil sudlov tamoyillarini anglash mumkin.

Download 184.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling