Zbekiston respublikasi madanyat vazirligi


Download 1.22 Mb.
bet4/8
Sana27.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#1069242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Masharipov Izzat \'\'Malakaviy Ish\'\'

Zarbi parron (uchma zarb) - muntazam va tez- tez qo’llaniladigan usul bo’lib, xalq kuylari xamda maqomlarni ijro etishda xarakterlidir. U noxun bilan yuqoridan pastga va paslap yukoriga tez zarb berib chalinadi. Zarbi parron asosiy tovushga yordamchi sifatida keladigan bittalik forshlagni eslatadi.
Bilak zarb – o’ng ko’lni butun torlar bo’ylab yuqoridan pastga sirg’anma xarakatlanishidagi noxun bilan tovush chiqarish usulidir. U soz ijrosidagi "arpedjio" uslubini eslatadi. Bilak zarb taqtning kuchli xissasida qo’llaniladi. U musiqiy jumlaning oxirida xam kelishi mumkin. Bu xam kuyga mayinlik baxsh etadi va kuy jumlalarining yakuniyligini ta’minlaydi.Bilak zarbga xos va eshitilishi yokimli bo’lgan intervallar - kvarta, kvinta va oktava xisoblanadi. U nota oldidagi to’lqinsimon tik chizik bilan belgilanadi Tanbur cholg’usi sozlanishining asosan uch turi mavjudligini inobatga olib, mazkur sozlarda bilak zarb uchun xarakterli bo’lgan tovushlarni nota misollarida keltiramiz.
Kalta rez – an’anaviy musiqa ijrochili o’tsa xar bir notaga aloxisda-aloxida bir tovush ikkinchi tovushga o’tmay rez berish xillari uchrab turadi. Bunday usul kalta rez deb ataladi.
Kalta rez bir xil va turli balandlikdagi to¬vushlarni ijro etishda qo’llaniladi. Nota yozuvida kalta rez kichik chiziqlar bilan belgilanadi.
Rez - noxun bilan pastga zarb berishning tez va ustma-ust almashuvidan iborat bo’lib, chertib chalinadigan torli cholg’ular, to- vushlarni bir-biriga bog’ab (uzluksiz) ijro etish usulidir. Rez kop’roq, erkin ijroga xos bol’gan surnay yullarini, katta ashulalarni tanbur chol- g’usiga moslashtirib ijro etishda xarakterlidir. U Toshkent-Farg’ona ashula va cholg’u yo’llari, Shashmaqom sho’balarini ijro etishda xam muxim axamiyatga egadir. Rezni bir tekisda ifodali ijro etish sozandadan muntazam mashq, va katta maxorat talab etadi.
Rez faqat katta cho’zimli (yarim talik va butun) notalar emas, balki bir necha taktlardagi kuy jumlalarini uzmasdan ijro etilishida xam keng qo’llainiladi. Bunday paytlarda rez usulining chegaralari "liga" bilan belgilanadi. Yukorida
kalta rez uchun berilgan "Segox," kuyining 4-5- taktlaridagi "mi" va 9-10-taktlaridagi "re" nota yozuvi bunga misol bo’la oladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling