Zbekiston respublikasi madanyat vazirligi


Download 1.22 Mb.
bet1/8
Sana27.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#1069242
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Masharipov Izzat \'\'Malakaviy Ish\'\'


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MADANYAT VAZIRLIGI
Mavzu: Xramatik tanbur cholg’usida an’anaviy kuylardan “Sarbozcha” kuyini o’rgatish uslubyoti.


Kirish


I-bob Tanbur cholg’usida ijrochilik san’ati tarixi xaqida .
1.1- Tanbur ijrochiligida aloxida o’rin tutgan sozandalar
va cholg’u tuzilishi xaqida .


1.2 Tanbur cholg’usi ijrochiligiga xos ayrim murakkab zarblar.
II-bob Xramatik tanbur cholg’usida , an’anaviy kuylardan “Sarbozcha “ kuyini o’rgatish uslubyoti.
2.1. Tanburda ijro qilinadigan asarlardan na’munalar va ijroga xos qisqacha ma’lumatlar .


2.2. Ijrochilikning badiy xususiyatlari ustida ishlash( xramatik tanburdagi ko’nikmalarni, an’anaviy tanbur chol’gusida ijro qilish)

    • Xulosa




KIRISH
Milliy musiqiy merosimiz, jumladan milliy cholg‘u ijrochiligimiz tarixi ham eramizdan bir necha asr oldingi davrlarga borib taqaladi. Xalqimiz va millatimizning barcha rivojlanish davrlarida qo‘shiq bilan bir qatorda tanbur, dutor, doyra, ud, g‘ijjak, qonun, rubob kabi milliy cholg‘u sozlarimiz qalb qo‘riyu-ko‘ngil davosi sifatida bebaho ma’naviy ozuqa bo’lib xizmat qilmoqda.


Milliy cholg‘ular ichida tanbur alohida o’rin tutadikim, tanbur sozi o’zining yurak qitiqlari, nolayu-qochirimlari, rang-barang milliy ijro bezaklari va nihoyat, o‘rganish va ijro etish jihatidan murakkab bo‘lishiga qaramay xalqimiz orasida naqadar ommaviylashgan va sevimli sozga aylangan.
Tanbur nafaqat o‘zbek xalqi orasida, balki qardosh tojik va uyg‘ur xalqlarida ham sevib ijro etiladi. Chunki tanbur sozida mumtoz klassik maqom kuylari, o‘zbek xalq kuylari qatori, bastakor va o‘zbek kompozitorlari tomonidan yozilgan kuylarni ham mohirona ijro etish mumkun. Tanbur –manbalarda yozilishicha yunoncha, ikki so’zdan iborat bo’lib, tan-yurak dil; bur-tirnovchi’qitiqlovchi ‘yani dilni qitiqlovchi degan ma’noni bildiradi.tanbur-uzun va yog’on dastasiga qalin pardalar bog’langan xamda yupqa yog’och qoplamli noksimon kosaxonasi ustidagi maxsus xarrakdan o’tgan uch-to’rt simi noxun bilan chertib chalinadigan cholg’u xisoblangan.
Tanburning birinchi simida yoki qo’sha torli uchlangan birinchi simida asosiy kuy chalinadi. Qolgan simlari sado beruvchi xisoblanadi Sozlanishda ,deyarli o’rtadagi ikkinchi simi xuddi shu tanburda chalinadigan asar ,lad, yani tovushqator asoslariga qarab o’zgartiriladi. Odatda ikki chetki simlar yani birinchi va uchinchi simlar bir biriga teng baland paslikda ,o’rtadagi ikkinchi sim esa ularga nisbatan to’rt diatonik parda (qvarta),besh parda (qvinta),yoki bir parda (sequnda) past sozlanadi . Bunday sozlanish maqomlarni ijro qilishda aloxida axamyat kasb etishini takidlash lozim.
Xozirda tanburning uch xil ko’rinishi ijro maxoratiga qarab ishlatilinadi. Bular xramatik tanbur ,diyatonik(an’anviy) tanbur va sato deb nomlangan turlaridir. Xramatik tanbur asosan ijroch endigina shu sozda chalishni boshlaganda o’ng va chap qo’l xolatlarini cholg’uga moslashtirish va jaxon klassik musiqasini cholg’u imkonyatidan kelib chiqqan xolotda chalishda foydalaniladi. Diyatonik tanbur esa asosan milliy yo’ldagi kuylar va maqomlar ijrosida ishlatiladi. Tanbur ko’pincha milliy kuylar ijrosida dutor bilan jo’rnavozlikda ijro qilinadi. Uchinchi xil ko’rinishini ustoz sozanda Xo’ja Abdulqodir satoni o’z vaqtida ( yani o’n oltinchi asrda) nay tanbur deb ataganlar. Uni komoncha yordamida chalish mumkin.Ijro etish xolatlarini manbalarda ,darsliklarda ko’rishimiz mumkun.
Mavzuning Dolzarbligi: Rubob ,g’ijjak, dutor, kabi cholg’ular uchun o’nlab ,yuzlab kitoblar ,maqolalar ,darsliklar, uslubiy ishlar ,nota toplamlari yozilgan,lekin yaqin yillardan boshlab akademik yo’nalishda o’quvchilar tayyorlash ishlari boshlangan bir paytda tanbur cholg’usi uchun darsliklar ,adabiyotlar, uslubiy qo’llanmalar ,xattoki mashqlar to’plami xam mavjud emas.Shu sababli xozirgi davrda yashayotgan ilg’or ijodkor o’qituvchilarning zimmasida tanbur cholg’usi ijrochiligida shogirdlar tayyorlash uchun , turli mashqlar ,asarlar yozib, tanbur cholg’usini o’rgatish amalyotiga tadbiq etib borish zarur.Xramatik tanbur
Mavzuning O’rganilganligi: Bu mavzuni dars o’tish jarayonida ustozlar qo’llaganlar.Biz o’quvchilarga ko’plab shart sharoitlar yaratilganligi uchun ushbu mavzuni B.M.S.Maktablarga tadbiq qilamiz.
Malakaviy ishning maqsadi:. Bolalar musiqa va san’at maktabi xalq cholg’ulari ijrochisi yo’nalishi tanur sinfi o’quvchilaring dars jarayonida qo’llash.
Malakaviy ishning vazifalari: Tanbur cholg’usi ijrosida ishlatilishi mumkin bo’lgan uslubni takomillantirish va An’ananaviy cholg’uchilik yo’nalishidagi o’quvchilarning dars jarayonida xam qo’llab ko’rish.
Malakaviy ishning abekti: Bolalar musiqa va san’at maktabi xalq cholg’ulari ijrochisi yo’nalishi tanur sinfi o’quvchilar.
Malakaviy ishning predmeti: Xalq kuylari na’munalari asosida ishlangan nota misollari
Malakaviy ishning nazariy ahamyati : Xalq kuylari asosida yozilgan mashqlarni ,nazariy jixatdan o’rgatish. (Asar tarixi, qaysi vohaga mansubligi ,tuzilishi ,tempi, tanalligi,dinamik belgilari).
Malakaviy ishning amaliy axamyati: Bolalar musiqa va san’at maktabi xalq cholg’ulari ijrochisi yo’nalishi tanur sinfi o’quvchilariga o’rgatib boorish.


Malakaviy ishning tuzilish: Malakaviy ish - Kirish ,II bob, 4 paragrf, xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling