Zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab


Download 375.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi375.22 Kb.
#1497475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FIZIKA 11-SINF 2023



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
MAKTABGACHA VA MAKTAB 
TA’LIMI VAZIRLIGI 
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
2022–2023-OʻQUV YILI UMUMIY OʻRTА TА’LIM 
MАKTАBLАRINING 11-SINF OʻQUVCHILАRI UCHUN FIZIKA FАNIDAN 
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI OʻTKAZISH 
BOʻYICHA METODIK TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT–2023 


Imtihon materiallari Respublika ta’limi markazining ilmiy-metodik kengashida
muhokamaga 
qo‘yilib, 
tavsiya 
qilindi (2023-
yil 28-martdagi 1-son Ilmiy-metodik kengashning qarori). Umumiy oʻrta ta’lim 
muassasalarining 11-sinf oʻquvchilari yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish 
boʻyicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsadda kоʻpaytirib tarqatish 
taqiqlanadi. 
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari bosqichli nazorat 
imtihoni materiallariga 15–20% gacha оʻzgartirishlar kiritishi mumkin. 
Tuzuvchi: 
A. B. Xudoyberdiyev – Respublika ta’lim markazi metodisti. 
Taqrizchilar: 
I. A. Raupov – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-maktabning oliy 
toifali fizika fani o‘qituvchisi. 
G. X. Rizayeva – Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 21-sonli umumiy o‘rta 
ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi. 


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini tugatgan o‘quvchilar fizika 
fanidan Davlat ta’lim standarti bo‘yicha ma’lum darajadagi kompetensiyalarga ega 
bo‘ladilar. O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida 
2022–2023-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon og‘zaki so‘rov shaklida 
o‘tkaziladi. 
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 7-, 8-, 9-, 10-, 11- sinflari fizika fani dasturi mavzularini qamrab olgan. 
Shuningdek, tavsiyada nazariy savollar, amaliy va laboratoriya ishlari bo‘yicha 
baholash mezonlari keltirilgan. 
Har bir o‘quvchi bittadan biletni tanlab oladi. Biletda o‘quvchiga 3 tadan savol 
beriladi. Savollarning 2 tasi nazariy, 1 tasi amaliy: laboratoriya mashg‘ulotiga oid 
bo‘ladi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. 
Fizika fanidan variativ reja bo‘yicha faoliyat yuritayotgan maktablar pedagogik 
kengash qarorlari bilan qo‘shimcha savollar va masalalar kiritishi zarur. 
Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. 
Baholar umumlashtirilib, o‘rtacha baho chiqariladi. Masalan: 5+4+3=12:3=4 



Download 375.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling