Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI SAFIDA HARBIY XIZMATNI O‘TASH TARTIBI


Download 176.75 Kb.
bet3/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI SAFIDA HARBIY XIZMATNI O‘TASH TARTIBI
1.1 Harbiy xizmatni o‘tash mazmun-mohiyati va harbiy xizmatchilarga qo‘yilgan talablar
Harbiy xizmatni o‘tash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish;
harbiy lavozimga tayinlash va uni bajarish;
harbiy unvon berish;
haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish;
rezervdagi xizmatga olish;
harbiy xizmatga majburiyatlarni iste’foga chiqarish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
muddatli harbiy xizmatchilar egallab turgan lavozimi bo‘yicha harbiy ixtisoslikni sifatli o‘zlashtirishi, ishonib topshirilgan qurol va harbiy texnikani ishlata bilish ko‘nikmalarini egallashi, mustahkam hayotiy pozitsiya, vatanparvarona dunyoqarash, yuksak ma’naviy-axloqiy va jismoniy sifatlarga ega bo‘lishi, harbiy burchni bajarishga tayyor turishi zarur;
oddiy askarlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar muddatli harbiy xizmatchilarga taalluqli bo‘lgan sifatlarni egallash bilan bir qatorda, harbiy kasbni chuqur o‘zlashtirishi, o‘zaro bog‘liq mutaxassisliklarni o‘rganishi, vaziyatning turli sharoitlarida jangovar va xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ishonib topshirilgan qurol va harbiy texnikani qo‘llashning mustahkam ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
harbiy xizmatchilar ma’nan yetuk, harbiy burchni bajarishga ruhan tayyor bo‘lishi, harbiy kasbni mukammal bilishi, qurol-aslaha va harbiy texnikani mohirona qo‘llay olishi hamda uni saqlash va undan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishi kerak.
Qurolli Kuchlardagi harbiy xizmatga vatanparvarona dunyoqarash, yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlar, zaruriy intellektual saviya, bilim doirasi keng, shuningdek jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiradi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling