Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi, muddati va tugashi
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
1.3 Haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi, muddati va tugashi
Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb: a) muddatli xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar va zaxiradagi ofitserlar uchun – harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun; b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirganlar harbiy xizmatchilar uchun – harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun; v) vazirliklarning oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursant lavozimiga hamda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar uchun – tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun; g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun – tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi. Haqiqiy harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida: a) muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va ofitserlar lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun – o‘n ikki oy; b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun – kontraktda ko‘rsatilgan muddat; v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror yoki farmoyishiga muvofiq vazifalarni bajarish davri etib belgilanadi. Harbiy xizmat muddati haqiqiy harbiy xizmat boshlangan kundan hisoblanadi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan fuqarolar harbiy yig‘inlar o‘tkazilayotgan davrda haqiqiy harbiy xizmatni o‘taydilar. Fuqarolarga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olinganidan so‘ng, shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qishni tugatgan talabalarga oliy ta’lim muassasani bitirganidan so‘ng shaxsiy raqam, belgilangan namunadagi jetonlar va shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar beriladi. Harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idoralarining harbiy qismi, qo‘shilma, harbiy boshqaruv organi, korxona, muassasa, tashkilot va harbiy tuzilmalari hamda ularda ishlash yoki o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan tashkilot va muassasalarda (keyingi o‘rinlarda – harbiy qism) harbiy xizmatchi rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kun uning uchun haqiqiy harbiy xizmatning tugashi (oxirgi kuni) deb hisoblanadi. Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanmaydi (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno): a) harbiy xizmatchining intizomiy harbiy qismda bo‘lish davri; b) sudning ayblov hukmi chiqqan harbiy xizmatchiga nisbatan jinoyatning oldini olish chorasi sifatida qamoqda ushlab turilgan davri; v) xizmat bo‘yicha cheklash ko‘rinishidagi jazo muddatini o‘tash davri, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno; g) harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketilgan muddat. Intizomiy qismda jazoni o‘tab, belgilangan muddati tugagandan so‘ng yoki muddatidan ilgari ozod etilgan, harbiy ixtisoslikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchiga, shuningdek xizmat bo‘yicha cheklash ko‘rinishidagi jazo muddatini o‘tagan, umumharbiy nizomlar talablarini qat’iy bajarayotgan, xizmatni benuqson o‘tayotgan harbiy xizmatchiga uning intizomiy harbiy qismda bo‘lgan yoki xizmat bo‘yicha cheklov davri O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi mumkin. Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi, harbiy xizmatchining ham chaqirilishi bo‘yicha va ham kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatning jami vaqtini, shu jumladan haqiqiy harbiy xizmatga qaytadan kirishni o‘z ichiga oladi. Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi kalendar va imtiyozli hisobdagi harbiy xizmatdan iborat bo‘ladi. Kalendar hisob – bu harbiy xizmatchining yil, oy va sutkalarda ifodalangan haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan rasmiy umumiy davridir. Jangovar harakatlarda yoki terroristik tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish davomida jangovar vazifalarni bajarishda qatnashgan, shu jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarda qatnashish davrida yarador bo‘lgani, shuningdek ozodlikdan mahrum etilishi ko‘rinishida jazoni o‘tash davri hamda keyinchalik reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarga (jarohat va travma olgani, kontuziya bo‘lgani) kasallangani sababli davolash muassasalarida bo‘lgan bir kuni imtiyozli ravishda xizmatning uch kuniga teng hisoblanadi. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling