Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Harbiy xizmatchilarning lavozimi va maxsus majburiyatlari


Download 176.75 Kb.
bet9/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

2.3 Harbiy xizmatchilarning lavozimi va maxsus majburiyatlari


Xar bir harbiy xizmatchi egallagan lavozimiga binoan unga topshirilgan vakolatlar va vazifalar xajmini va amalda bajarish chegarasini belgilovchi lavozim majburiyatlariga ega buladi. Lavozim majburiyatlaridan faqat xizmat manfaatlari yo‘lida foydalaniladi.
Bu majburiyatlar harbiy nizomlar, shuningdek, mazkur Nizomning talablariga muvofiq keluvchi tegishli dasturilamallar, qo‘llanmalar, qoidalar yul-yo‘riqnomalar yoxud bevosita boshliqlarning yozma buyruqlari bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatchilar jangovar navbatchilikda (jangovar xizmatda), sutka va garnizon naryadida turganda, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishga jalb etilganda va boshqa favqulodda holatlarda maxsus majburiyatlarni bajaradilar. Bu majburiyatlar va ularni bajarish tartibi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari va ular asosida ishlab chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi va odatda muvaqqat tabiatga ega buladi.
Harbiy xizmatchilar maxsus majburiyatlarni ijro etish uchun qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari bilan belgilangan qo‘shimcha huquqlarga ega buladilar.
III BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI, BURCHLARI VA KAFOLATLARI


3.1. Inson va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklarini umumiy tavsifi

Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik insonning asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, har bir shaxs unga tug‘ilganidan boshlab ega bo‘ladi. Har kimga o‘z ixtiyoriga ko‘ra, uni individual ravishda qanoatlantiruvchi, shaxsiy erkinligi va daxlsizligini cheklamaydigan xatti-harakatlarni tanlash va sodir etish imkoniyati berilgan.


Insonning barcha asosiy huquq va erkinliklarini quyidagi tartibda bo‘lish mumkin:
shaxsiy huquq va erkinliklar;
• siyosiy huquqlar;
• ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar quyidagi tartibda belgilangan:
– yashash huquqi (24-modda);
– shaxsiy daxlsizlik va erkinlik huquqi (25-modda);
– sudda ayblanayotgan shaxs o‘zini himoya qilishi uchun barcha sharoitlardan foydalanish huquqi (26-modda);
– shaxsning o‘z sha’ni va obro‘sini himoya qilish huquqi (27-modda);
– shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish huquqi (27-modda);
– turar joy daxlsizligi huquqi (27-modda);
– shaxsning yozishmalari va telefon so‘zlashuv sirlarini oshkor etilmasligi huquqi (27-modda);
– shaxsning respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi (28-modda);
– shaxsning O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqi (28-modda);
– har kimning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi (29-modda);
– har kimning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqi (29-modda);
– shaxsning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi (30-modda);
– vijdon erkinligi huquqi (31-modda)1.
Yashash huquqi. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari orasida yashash huquqi asosiy o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida: «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», – deyilgan.
Shaxsning yashash huquqi – insonning tug‘ilishi bilan vujudga keluvchi, uning biologik mavjudligini ta’minlovchi hamda davlat tomonidan albatta muhofaza etiluvchi huquq.
Shaxsiy daxlsizlik huquqi. Har bir inson tug‘ilishi bilan qo‘lga kiritadigan, har kim erkin, o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilishi, o‘zganing shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon yetmaydigan tarzda yurish-turishni tanlash imkonini beruvchi huquqdir.
Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalar jinoyat-protsessual qonunchiligida rivojlantirildi. Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. Bu talab dastlabgi tergov bosqichiga ham taalluqli bo‘lib, gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga ham bu huquqdan foydalanish imkoniyati beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasi-ga ko‘ra, «Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u o‘ziga qo‘yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish majburiyati bilan ta’minlanadi».
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxsan o‘zi yoki himoyachi (advokat) yordamida himoyalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
25-moddasiga ko‘ra, «Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas».
O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avgustda «Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi (1984 yil 10 dekabr) xalqaro konvensiya»ga qo‘shildi. Ushbu konvensiyada yuqorida bayon etilgan konstitutsiyaviy qoida, qonuniy choralar qo‘llash natijasida paydo bo‘ladigan og‘riq va azoblarga taalluqli emasligi alohida ta’kidlanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 5-moddasiga ko‘ra, «Hech kim azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, insonlikka isnod keltiradigan yoki qadr-qimmatini xo‘rlaydigan muomala va jazoga mustahiq bo‘lmasligi kerak». Deklaratsiyaning 22-moddasida, insonning qadr-qimma-tini kamsitishga yo‘l qo‘ymaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni yaratish zarurligi belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 7-moddasiga ko‘ra, insonning qadr-qimmatini kamsitish, qiynash va boshqa shafqatsiz usulda inson bilan muomalada bo‘lish taqiqlanadi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling