Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari hamda fuqarolarning burchlari


Download 176.75 Kb.
bet11/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

3.2. Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari hamda fuqarolarning burchlari

Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta’minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar majmui kafolat hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasiga ko‘ra, “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”.
Kafolatlashning asosiy maqsadi – fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashdir. Umuman olganda, «kafolat» so‘zining lug‘aviy ma’nosi – mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan holda ishontirish, ta’minlashni anglatadi.
Kafolatlarni mazmunan quyidagicha turkumlash mumkin:
- yuridik (huquqiy);
- ijtimoiy-siyosiy (mafkuraviy);
- ijtimoiy-iqtisodiy (moddiy).
Yuridik (huquqiy) kafolatlar. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda yuridik kafolatlar alohida o‘rin tutib, boshqa barcha kafolat turlari yuridik jihatdan tartibga solinishi taqozo etiladi.
Yuridik kafolat – fuqarolar huquq va erkinliklarining qonunlar asosida huquqiy jihatdan kafolatlanishidir. Yuridik kafolatlarning real amalga oshishi faqat demokratik rejim sharoitida kuzatiladi.
Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar. Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlat-da amal qilib turgan siyosiy tizim orqali namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustdagi «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial yoki yakka tartibdagi xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga:
a) fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzgan;
b)fuqaroning huquq va erkinliklari ro‘yobga chiqishiga monelik tug‘dirgan;
v) fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sabab bo‘lgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi.
Fuqaro o‘z huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega.
Harbiy xizmatchi o‘zining huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat bilan harbiy sudga, shuningdek, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga ushbu moddada ko‘zda tutilgan tartibda murojaat qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX-bobida fuqarolarning burchlari o‘z aksini topgan bo‘lib, unga ko‘ra fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
– Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajarishga (47-modda);
– Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga (48-modda);
– boshqalarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga (48-modda);
– O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab asrashga (49-modda);
– atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga (50-modda);
– soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga (51-modda);
– O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga (52-modda).



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling