Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


IV BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASINING JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALARI


Download 176.75 Kb.
bet13/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

IV BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASINING JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALARI


4.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Milliy gvardiyaga jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi anjumandagi ma’ruzasida “Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, siyosiy va iqtisodiy inqirozlardan tashvishga tushmayotgan birorta davlat yoki jamiyat yo‘q, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ayniqsa, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mintaqalarda iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga solmoqda.
Ana shunday o‘ta murakkab va qaltis sharoitda qanday yo‘l tutish, qanday qilib tinchlik va osoyishtalikni saqlash, barqaror rivojlanishni ta’minlash mumkin, degan savol barchamizni jiddiy o‘ylantirishi zarur” deb bejiz ta’kidlamagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmonining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ustuvor yo‘nalishlarining talab va vazifalari mamlakatda, uning barcha hududiy birliklarida barqaror jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashni nazarda tutadi. Xususan, Harakatlar strategiyasining davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning, shuningdek qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga oid bo‘lgan talab va vazifalar aniq belgilab berilgan.
Mazkur talab va vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatda, uning barcha hududiy birliklarida barqaror jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda Milliy gvardiya bo‘linmalarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini, xususan uni amalga oshirish tizimini takomillashtirib borishni talab qiladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash barcha davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlik, jamoat tuzilmalari, shuningdek fuqarolar bilan munosabatlari hamda ijtimoiy faoliyatning natijasi sifatida ularning xatti-harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Mamlakatda, uning ma’muriy-hududiy birliklarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, birinchi navbatda huquqbuzarliklarning, shu jumladan jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi, qolaversa sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ta’minlanadi yoki jinoyatlarning fosh etilishiga imkon beradigan ma’lumotlar to‘planadi, shaxslar aniqlanadi, hatto ushbu faoliyatni olib boruvchi kuchlar tomonidan yoki ular ishtirokida muayyan jinoiy qilmishlar ochiladi yoxud uni sodir etgan shaxslar ushlanadi.
Jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash faoliyati-bu Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida mamlakatda, uning ma’muriy-hududiy birliklarida jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlashni boshqarish bo‘yicha amalga oshiradigan faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar tizimidir.
Milliy gvardiya bo‘linmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishi-jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash faoliyati ayniqsa, odatiy va alohida sharoitlar (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlar)da jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyatga ega.
Aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash - bugungi kunda eng muhim vazifadir.
Shuning uchun ham, Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida “Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashni amalga oshirishi eng muhim vazifa sifatida belgilab berildi. Ushbu vazifani bajarish doirasida ichki ishlar organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda kompleks tadbirlar tashkil etilib, amalga oshirilmoqda.
Shunday qilib, «Xavfsiz shahar» Konsepsiyasi doirasida Toshkent va Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida, shuningdek Respublikaning yirik shaharlarida sutka davomida uzluksiz uch smenali patrullik tashkil etilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan birgalikdagi patrul naryadlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida xizmatni olib bormoqdalar. Birgalikdagi patrul naryadlari jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash funksiyalarini amalaga oshirishdan tashqari zarurat tug‘ilganida aholiga zarur yordam ko‘rsatib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari bo‘linmalari tomonidan Toshkent shahri hududida 669 та birgalikdagi patrul marshrutlari (130 та piyoda, 519 та avtomobil, 10 tadan otliq va motoskuterli) tashkil etilgan. Ushbu marshrutlarda 1144 nafar ichki ishlar organlari xodimlari, 723 nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va 148 нафар «Fidokor yoshlar» jamoatchilik guruhi vakillari jalb qilingan.
Patrullik qilishdan tashqari, Milliy gvardiya kuchlari Toshkent shahrida va viloyatlar markazlarida o‘kaziladigan ommaviy, madaniy va sport tadbirlari davomida jamoat tartibini va xavfsizligini ta’minlaydi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling