Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Huquqbuzarlik sodir bo‘lgan yoki hodisalar yuz bergan joylarda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchining harakatlari


Download 176.75 Kb.
bet16/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

5.3 Huquqbuzarlik sodir bo‘lgan yoki hodisalar yuz bergan joylarda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchining harakatlari

Barcha holatlarda, shu jumladan huquqbuzarlik holatlari yuz berganda, patrullik yo‘nalishida jinoyat sodir etilganligi haqida xabar olinganda patrul bu haqida patrul kattasining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakatlanadi (zarurat tug‘ilganda hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismiga axborot (bildirgi) beradi va uning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakatlanadi).


Barcha voqealar (jinoyatlar) va boshqa holatlarda, shu jumladan patrullik yo‘nalishida (xizmat joyida) patrul (naryad) tarkibida xizmat o‘tash vaqtida tezkor vaziyatning keskinlashuvi va bu vaziyatda o‘z harakatlarining natijalari haqida patrul tarkibidagi harbiy qism qo‘shin naryadi navbatchisiga xabar beradi.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi jabrlanuvchi (guvoh)ga sodir etilgan jinoyat yuzasidan murojaat etganda , odatda undan quyidagilarni aniqlashtiradi:
sodir etilgan jinoyat ( huquqbuzarlik)ning joyi, vaqti, xususiyati va boshqa jihatlari;
jinoyatchi yoki shubhali shaxs haqidagi ma’lumotlar (belgilar);
guvohlar ( agar bor bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jabrlangan shaxs qanday holatda va unga ko‘rsatilgan yordam;
jabrlangan shaxsning familiyasi,ismi va otasining ismi. Olingan ma’lumotlar bo‘yicha patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi hududiy ichki ishlar organlari navbatchisiga xabar beradi va uning ko‘rsatmasiga asosan harakatlanadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi zudlik bilan voqea joyiga yetib keladi va bu haqda hududiy ichki ishlar organi navbatchisiga ma’lumot beradi.
Bezorilik harakatlari, shu jumladan guruh bo‘lgan holda (misol uchun, guruhli mushtlashuv) jamoat tartibi buzilishlarida patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi quyidagicha harakatlanadi:
har qanday sodir etilayotgan huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha chora ko‘rishi (huquqbuzarlikning oldini olishda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi qat’iy harakatlanishi) lozim;
jismoniy kuchni (shuningdek, maxsus vosita va tabel qurolini) vaziyatga qarab qo‘llashi kerak. Bunda, patrul tarkibidagi harbiy xizmatchilar tomonidan huquqbuzarlarni qo‘lga olishga ishonch bo‘lgan taqdirda ularni qo‘lga olish maqsadga muvofiq. Agar shunday ishonch bo‘lmagan taqdirda ular bezorilik harakatlarining oldini olish (misol uchun, mushtlashayotganlarni ajratish) bo‘yicha chora qo‘rishlari kerak;
so‘ngra ushlanganlar ko‘rikdan o‘tkaziladi, tibbiy yordamga muhtojlarga birinchi yordam ko‘rsatiladi, hamda jabrlangan shaxs va voqea guvohlarining ma’lumotlarini yozib olinadi.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) o‘zini tutishi bilan atrofdagilarga noqulaylik tug‘diruvchi g‘ayri ijtimoiy harakatlarni amalga oshirayotgan (tilanchi va daydilik bilan shug‘ullanuvchi) shaxslar aniqlanganda (yoki guvohlarning xabari bo‘lganda) ularni patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi hududiy ichki ishlar organlariga yetkazilishini ta’minlaydi.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) kasallik, tan jarohati, cho‘kish, issiq urishi, kuchli alkogol zaharlanishi oqibatida yordamga muhtoj, shu jumladan, behush holdagi shaxslar aniqlanganda (guvohlar xabariga ko‘ra) joyga tez tibbiy yordam chaqirilishi, zarurat tug‘ilganda esa patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi birinchi yordam ko‘rsatishi lozim.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) hushsiz yotgan, boshida jarohat yoki boshqa xavfli tan jarohati bor, shuningdek sog‘ligi og‘ir holdaligi aniq ko‘rinib turgan shaxslar aniqlanganda, shu joyga tez tibbiy yordam chaqiriladi (mazkur shaxslarni ichki ishlar organlariga yetkazish taqiqlanadi).
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) murda topilganda yoki bu haqda guvohlardan xabar kelib tushganda voqea joyi (murda turgan joy) va izlar qolgan joyga begona shaxslar o‘tishini chegaralash bo‘yicha chora ko‘rilishi kerak.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) egasiz shubhali buyum aniqlanganda (guvohlar xabariga ko‘ra) patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi mutaxassislar yetib kelguncha, buyum turgan joyga begona shaxslar o‘tishini chegaralashi, shubhali narsani ko‘chirishga, uni ochishga urinmasligi kerak.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) yo‘qolgan bola (chaqaloq), aniq ruhiy nuqsonli layoqatsiz shaxslar aniqlanganda (guvohlar xabariga ko‘ra) hududiy ichki ishlar organing vakillari yetib kelguniga qadar patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi imkoniyat yuzasidan bolaning ota-onasi yoki vasiyning shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) tajovuzkor (xavfli) hayvonlar aniqlanganda (guvohlar xabariga ko‘ra) patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tegishli veterinariya xizmatini xabardor etishi (zarurat tug‘ilganda hududiy ichki ishlar organlarning navbatchisiga xabar berishi ) va hayvonning tajovuzini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) yong‘in aniqlanganda (guvohlar xabariga ko‘ra ) patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi:
favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi xizmatiga (shuningdek hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismiga) xabar beradi;
o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar begona shaxslar o‘tishini chegaralash va fuqarolarni xavfsiz joyga ko‘chirish choralarini ko‘radi, zarurat tug‘ilganda jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatadi va tez tibbiy yordamni chaqiradi.
Patrullik yo‘nalishlarida (xizmat o‘tash joyida) cho‘kayotgan odam aniqlanganda (guvohlar xabariga ko‘ra) patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi cho‘kayotgan odamni qutqarish bo‘yicha chora ko‘rishi, zarurat tug‘ilganda jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishi va tez tibbiy yordam chaqirishi kerak.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etilgan joyda quyidagilarni amalga oshiradi:
jinoyatning oldini olish, jinoyatchi (shubhali shaxslar)ni taqib qilish va ushlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘radi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatadi, zarurat tug‘ilganda tez tibbiy yordamni chaqiradi;
imkoniyat yuzasidan guvoh (ko‘rgan shaxslar)larni aniqlaydi;
tergov-tezkor guruhi yetib kelguniga qadar voqea joyi qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
voqea yuzasidan hududiy ichki ishlar organlari navbatchisiga ma’lumot beradi va uning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakatlanadi.
Huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etilgan joyda harakatlar ketma-ketligi, sodir etilgan huquqbuzarlik (jinoyat)ning tavsifi, patrul tarkibi va boshqa jihatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunda bosh vazifa – huquqbuzarni (jinoyat sodir etgan shaxsni) huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etishga qaratilgan harakatlarni davom ettirish imkoniyatidan mahrum etish va uni (ularni) qo‘lga olishdan iborat.
Jinoyatchilarni taqib etish («Issiq izidan») ular qo‘liga olinib zararsizlantirilguniga qadar olib boriladi. Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi taqib vaqtida fidokorlik va tashabbuskorlik bilan, biroq ehtiyot choralariga rioya etgan holda harakatlanishi, zarurat tug‘ilganda mansabdor shaxslar va jamoatchilik vakillariga yordam so‘rab murojaat etishi lozim.
Huquqbuzarlarni taqib qilishni tashkillashtirish imkoni bo‘lmaganda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchilar tergov – tezkor guruhi yetib kelguniga yoki hududiy ichki ishlar organlari navbatchisidan farmoyish olinishiga qadar jinoyat sodir etilgan joyda bo‘lishlari kerak.
Hodisa joyida zudlik bilan uni qo‘riqlash bo‘yicha choralar ko‘riladi,barcha fuqarolar, shu jumladan jabrlanuvchilar ham, izlar va daliliy ashyolarni yo‘q qilish yoki shikast yetkazish mumkin bo‘lmagan masofaga olib chiqiladi. Zarur hollarda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchilar patrul kattasining ko‘rsatmasiga asosan voqea joyini o‘rab olishni amalga oshirishadi. Buning uchun jamoatchilik vakillari jalb etilishi, shuningdek turli ko‘rinishdagi to‘siq, arqon, yog‘och, sim va boshqa qo‘l ostidagi vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Hech kimga, hatto patrul tarkibidagi harbiy xizmatchiga ham, tergov-tezkor guruhi yetib kelguniga qadar biror narsaga tegishga, buyum va predmetlarning joyi yoki ularning holatini o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tomonidan hodisa joyida chekish, har qanday buyumlarni tashlash (qo‘yish, joylashtirish), ishga aloqasi yo‘q suhbatlar qurish va begonalarning savollariga javob berish taqiqlanadi.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchilar hodisa joyida qat’iy, sovuqqonlik bilan va dadil harakatlanishlari, hovliqmalik, baqir-chaqir va fuqarolar bilan o‘zaro munosabatni keskinlashuvni keltirib chiqaruvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
Patrullar voqea joyidagi fuqarolarga o‘z joylarida qolishlari va hech qanday o‘zboshimcha harakatlar qilmasliklari bo‘yicha murojaat etadi.
Xonalarda jinoyat sodir etilganda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi faqatgina uning oldini olish, jinoyatchini ushlash, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun kirishlari mumkin.
Tergov-tezkor guruhi yetib kelgach patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi jinoyatga tegishli barcha olingan ma’lumotlar, ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling