Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 176.75 Kb.
bet18/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

VI BOB MILLIY GVARDIYA BO‘LINMALARI HARBIY XIZMATCHILARI TOMONIDAN JISMONIY KUCH ISHLATISH, MAXSUS VOSITALARNI QO‘LLASH VA O‘QOTAR QUROLNI QO‘LLASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA TARTIBI


6.1. Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurollarni qo‘llashning huquqiy asoslari

Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash qonunlarda tasdiqlangan. Ushbu qonun normalari umumiy holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shuningdek Jinoyat kodeksining 37 (Zaruriy mudofaa), 38 (Oxirgi zarurat), 39 (Qo‘lga olish vaqtida ziyon yetkazish)-moddalarida, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 18 (Zaruriy mudofaa), 19 (oxirgi zarurat) moddalarida, Jinoyat-ijroiya kodeksining 71 (maxsus vositalarni qo‘llash) moddasida keltirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37-38-39 moddalarida zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat holatida harakat qilish asoslari ko‘rsatib berilgan. Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘ziga xos yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir. Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa deb topilmaydi. Zaruriy mudofaa shaxsga, himoyalanuvchiga yoxud bir necha himoyalanuvchi shaxslarning huquqiga, jamiyat va davlat manfaatlariga nisbatan yo‘l qo‘yilgan ijtimoiy xavfli, huquqqa xilof tajovuzdan huquqiy himoyalanish maqsadida hujum qiluvchiga zarar yetkazish bilan sodir etilgan mudofaadir.Zaruriy mudofaa holatida yo‘l qo‘yiladigan chegarada tajovuzchiga zarar yetkazish ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof qilmish emas va u jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan harakatlar ijtimoiy foydali deb topiladi. Zaruriy mudofaaning ijtimoiy foydaliligi-tajovuzchiga faol qarshi harakat qilish va chorasiz zarar yetkazish vositasida huquqiy muhofaza etiladigan manfaatlarni himoya qilish bilan bog‘liqdir.
Mudofaalanuvchining qo‘llaydigan himoya choralari jarayonida zarar faqat tajovuzkorga yetkazilishi lozim. Yetkazilgan zarar hayotdan mahrum etish, badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazishda ifodalanishi mumkin.Qolgan barcha oqibatlar amalda boshlanishi lozim bo‘lganda ham huquqiy jihatdan zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish masalasini yechish uchun ahamiyat kasb etmaydi. Ayni paytda zikr etilgan oqibatlar qasd qilingan harakatlar natijasida yuz berishi zarur, zero jinoiy qilmishni daf etish hollarida ehtiyotsizlik bilan tajovuzkorga zarar yetkazish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazganlik uchun javobgarlik asoslari FKning 987-moddada belgilab qo‘yilgan.
Oxirgi zarurat (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 38-moddasi).Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. Agar boshqa vositalar bilan xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, hujum aynan fuqaroga yoki Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisiga qilingan bo‘lishi shart emas. Shaxsning boshqalarga zo‘rlik ishlatishi yoki tazyiq o‘tkazish, shuningdek Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmayotgan yoki vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilayotganlarga nisbatan boshqa usullar ijobiy natija bermaganda, harbiy xizmatchilar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llashni huquqiga ega.
Milliy gvardiya bo‘linmalarining harbiy xizmatchisi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan harbiy xizmatchiga tegishli sertifikat beriladi. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlarda harakat qilishga kasbiy yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘ta olmagan Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisi egallab turgan lavozimga muvofiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan o‘tadi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoxud ularning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan hamda boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslarning xatti-harakatlarining xavfliligi xususiyatiga va darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart. Tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to‘rt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Milliy gvardiya bo‘linmalarining harbiy xizmatchisi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun Qonunning tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega. Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida milliy gvardiya bo‘linmalarining harbiy xizmatchisi bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart. Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida Milliy gvardiya bo‘linmalari prokurorga darhol xabar beradi. Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida o‘z vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Agar Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok bo‘lsa, Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisi hodisa joyini o‘zgarishsiz qoldirishga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling