Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoyat sodir etilishida shubhalangan shaxslarni aniqlash va ushlash bo‘yicha patrul tarkibidagi harbiy xizmatchining harakatlari


Download 176.75 Kb.
bet17/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

5.4 Jinoyat sodir etilishida shubhalangan shaxslarni aniqlash va ushlash bo‘yicha patrul tarkibidagi harbiy xizmatchining harakatlari

Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchilar jinoyat etilishida gumon qilingan shaxslarni aniqlash va ushlashda patrul kattasi (ichki ishlar xodimi)ning ko‘rsatmasiga asosan ish tutadilar, bunda ular o‘z harakatlarining huquqiy jihatdan to‘g‘ri ekanligini anglab olishlari, ushlash uchun nisbatan qulay fursat va taktik usulni belgilashlari lozim.


Biroq bunda quyidagilarni inobatga olish kerak:
ushlangan odamning shaxsi va ushlanmay qolgan taqdirdagi ehtimoliy xavfli oqibatlari;
ushlash jarayonida, agarda ushlanuvchi, uning sherik va tarafdorlari tomonidan qarshiliklar ko‘rsatilgandagi ehtimoliy qiyinchiliklar;
qurolli qarshilik yoki hujum ehtimoli;
qurol va maxsus vosita (o‘q otar qurol)larni qo‘llashga asos va sharoitlar.
Jinoyatchilar va jinoyat sodir etishda gumon etilgan shaxslarni ushlashdan oldin ularda o‘q otar yoki sovuq qurol borligini aniqlash va xavfsizlik choralarini ta’minlashga alohida e'tibor qaratilishi kerak.
Bir vaqtning o‘zida naryadlar o‘z qurollarini zudlik bilan qo‘llash zarur bo‘lgan holatlarga tayyorlaydilar.
Jinoyatchilarni qo‘lga olish joyi, yuzaga kelgan vaziyat, fuqarolarga zarar etishi va jinoyatchilarning yashirinish imkoniyatlarini istisno etadigan boshqa omillar bilan belgilanadi.
Qarshilik ko‘rsatish holatlarining oldini olish uchun ushlashning haqiqiy asoslari xabar etilmaydi, chalg‘ituvchi - jamoat tartibining buzilishi, belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tilganligi, pasport rejimini tekshirish, karantin va shunga o‘xshash bahonalar ishlatiladi.
Shubhali shaxslar hujjatlarini tekshirayotganda va so‘roq qilayotganda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi bir qadam masofada yarim o‘girilgan (yarim aylangan) holda hujumni qaytarishga shay turadi.
Ushlanganlarni ichki ishlar organlariga yetkazish uchun mavjud qonun hujjatlari asosida patrul kattasi qaror qabul qiladi. Ushlanganlarni ichki ishlar organlariga yetkazish maxsus transportda, ularning yo‘qligida esa tashkilot va fuqarolarga tegishli avtomobil texnikalarida amalga oshiriladi.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi ushlanganlarni ichki ishlar organlariga yetkazishda, ularning sheriklari tomonidan qochish yoki majburiy ravishda ozod qilishga sharoit yaratishga urinish kabi holatlarda ehtiyot choralarini nazarda tutishlari, ushlangan shaxsning o‘ziga tan jarohati yetkazmasligi, ashyoviy dalillarni tashlab yubormasligi yoki birovga bermasligi va sheriklaridan qurol yoki boshqa xujum qilish vositasini olmasligini kuzatib borishlari kerak.
Ushlanganlarni piyoda tartibda yetkazish, odatda ikki va undan ortiq patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tomonidan amalga oshiriladi. Patrullardan biri uning yonida yurishi va olib borishi, ikkinchisi esa orqada yetkazilayotgan shaxs va atrofdagilarning o‘zini tutishlarini kuzatib borish kerak.
Agar ushlangan shaxsni ichki ishlar organlariga yetkazish bitta patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tomonidan amalga oshirilsa, patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi faqatgina orqa tomondan yoki ushlangan shaxsning o‘ng tomonida, o‘ng qo‘lini tutib olgan holda yuradi. Ushlangan shaxsni ichki ishlar organlariga yetkazish vaqtida aholi ko‘p joylar, xovli va parklar, ko‘chalardan o‘tish istisno etilishi kerak.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi xizmat olib borish davomida jinoyat sodir etishda gumonlangan shaxslarni aniqlash va ushlash jarayonida jinoyatchi va boshqa tartibbuzarlar ehtimoliy yashirinishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar - yerto‘la, cherdak, noturar binolar, parklar, xiyobonlar, qurilayotgan binolar, vokzal va bekatlarni ko‘zdan kechiradi.
Tungi vaqtda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchilar hududda uylar va boshqa inshootlardan uzoqroq masofada harakatlanishlari, fuqarolarga nisbatan imkon qadar zaruriy masofani saqlashlari va ortda hech kimni qoldirmasliklari, odamlarga esa, odatda yoritish manbalari tomonidan yaqinlashishlari kerak.
Tungi vaqtda, aholi kam joylarda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi ortdan odam yaqinlashganda chekkaga o‘tib olishi, to‘xtashi, odamni o‘tkazib yuborishi yoki harakatni o‘zgartirishi va unga qarab yurishi lozim.
Qo‘shni patrul (naryad)lar bilan hamkorlikda bo‘lish yoki ulardan yordam olish uchun aloqaning barcha ko‘rinishlari qo‘llaniladi yoki hushtak bilan signal beriladi: «Ushla» bitta davomli signal, «Menga, yordamga keling» ikkita qisqa signal. Zarurat tug‘ilganda signallar takrorlanadi. Ushbu maqsadlarda patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tabel qurolidan tepaga o‘q otgan xolda foydalanishi mumkin.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi signalni eshitishi bilan «Ushla» signali bo‘yicha diqqatni kuchaytirishi va ta’qibdan ketishga urinayotgan shaxsni ushlash yuzasidan chora ko‘rishi, «Menga, yordamga keling» signaliga esa bitta qisqa signal bilan javob berishi va yordam berish uchun chaqirilgan joyga zudlik bilan borishi lozim.
Jinoyatchilarning ehtimoliy yashiringan joylarini ko‘zdan kechirish eng kamida ikkita patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tomonidan (zarurat tug‘ilganda esa hizmat itlarini qo‘llagan holda) amalga oshiriladi.
Jinoyatchilarni ehtimoliy yashirinish joylarini ko‘zdan kechirish jarayonida ob’ektning joylashuvi, uning loyihasi, kirish va chiqish joylari, yashirin kirish yo‘llari borligi o‘rganiladi, patrul va jamoatchilik vakillarining xarakatlari belgilanadi, ko‘rik davomida xavfsizlik choralari va shaxsiy xavfsizlikka rioya etish zarurligiga e’tibor qaratiladi.
Jinoyatchilarni ehtimoliy yashiringan joylarini ko‘zdan kechirishda barcha ishtirokchilar faqatgina patrul (naryad) kattasining ko‘rsatmasi asosida harakatlanishadi. Har qanday o‘zboshimcha xarakatlar qat’iyan taqiqlanadi. Belgilangan ob’ektga yaqinlashish shovqinsiz amalga oshiriladi. Ob’ekt ko‘rigidan oldin qurollarni qo‘llashga shayligini tekshirish lozim. Ob’ekt ichiga kirishda ehtimoliy hujumdan saqlanish choralari ko‘rilishi lozim.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling