Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi


Mehnat ta’limida amaliy o’qitish metodlari


Download 1.7 Mb.
bet38/138
Sana19.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1606669
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2

Mehnat ta’limida amaliy o’qitish metodlari. Amaliy ta’lim metodlari ta’lim oluvchilar faoliyatining juda keng jabhalarini qamrab oladi. Amaliy ta’lim metodlaridan foydalanishda quyidagi usullar keng qo’llaniladi: masalaning qo’yilishi, uning bajarilishini rejalashtirish, tezkor rag’batlantirish, yo’llanma berish va nazorat qilish, yo’l qo’yilgan kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta’lim maqsadiga to’la erishishni ta’minlash uchun tegishli tuzatishlar kiritib borish.
Bunday metodlar qatoriga o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llashlari talab qilinadigan yozma mashqlarni kiritish mumkin.
Amaliy metodlarga shuningdek ta’lim oluvchilarning tovush yozuvchi, ijro yetuvchi uskunalar, jumladan kompyuterlar yordamida bajariladigan mashqlar ham kiradi.
Amaliy ta’lim metodlari og’zaki hamda ko’rgazmali metodlar bilan birgalikda qo’llaniladi, chunki har qanday mashg’ulotlar avvalida albatta yo’riqnoma berilishi shart. Og’zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan ish tahlili butun mashg’ulot davomida ham davom ettiriladi.
Muammoli o’qitish metodining turlari (alohida fikrlash, ta’lim oluvchilarning shaxsiy intilishlari).
Muammoli ta’lim-o’quvchilar faoliyatini nazariy va amaliy muammolarni va ushbu muammoli vaziyatlar kuchi orqali yaratilgan muammoli topshiriqlarni hal etish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishga asoslangan holda tashkil etish usulidir.
Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarning bahslari, mushohadalarida amalga oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi. Bu ta’limning tadqiqotchilik turibir. Shu nuqtai-nazardan hozirgi oliy ta’limdagi samarador o’qitish texnologiyasi - bu muammoli o’qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o’qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o’qitish jarayonida o’quvchining mustaqilligi o’qitishniig reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o’sib boradi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o’rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo’lidagi kutilmagan to’siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo’lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyathar qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o’quvchi mashaqqat talab qilgan obekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala bo’yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling