Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi


Download 1.7 Mb.
bet61/138
Sana19.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1606669
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2

3. O’quvchilarning bilimlari. O’quvchilarning amaliy ishlari ularning bilimlariga asoslanib tashkil qilinadi. Shu sababli ularning faoliyatini baholashda o’quvchilar dastur materialini qanday hamda va qanchalik chuqur o’zlashtirganini hisobga olish kerak.
4.Mehnat usullarini to’g’ri bajarish. o’quvchilar asbobni ushlash, ish holatida turish, asbobning ishlov berilayotgan sirtga nisbatan qanday holatga tutish haqidagi ko’rsatmalarni qat’iy bajarishlari kerak. Mehnat usullarini to’g’ri bajarish ko’nikmalari o’qituvchi tomonidan baholanadi.
5. Ish o’rnini to’g’ri tashkil qilish. Ishlab chiqarishda ish o’rnini to’g’ri tashkilmehnat unumdorligini oshiradi. O’quvchilar mehnat madaniyatining saviyasi ko’proq o’z ish o’rnini to’g’ri tashkil qila olishiga bog’liqdir.
6. Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Agarishning xavfsizligini ta’minlovchi qoidalar buzilsa, jarohatlanish xavfi tug’iladi. Jihozlar va asboblarni ishlatishdagi mehnat usullari va hokazolarni bajarishdagi xavfsizlik qoidalarini buzgan o’quvchilarning bahosini pasaytirish kerak.
Baholashda e’tiborga olinadigan omillar. Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o’zaro taqqoslanishi, ya’ni o’lchanishi lozim bo’ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkichlar sonlar («besh», «to’rt», «uch» va hokazo) so’zlar («a’lo», «yaxshi», «qoniqarli» va hokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o’zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo’yiladigan baho ko’rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o’tkazilishi mumkin:
1. Mezonga asoslangan baholash
2. Meyorga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash — baholanuvchining ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini oldindan belgilangan o’quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan xamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko’ra taqqoslash va o’lchashdan iborat bo’lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o’rganish maqsadlari bo’yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to’g’ridan-to’g’ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalarini aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o’lchanadi.
Meyorga asoslangan baholash — nisbiy baholash shakli bo’lib, u baholashdan so’ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijalarini o’zaro taqqoslash orqali o’lchashdan iborat.
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo’lib birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o’zaro taqqoslash orqali o’lchanadi. Meyorlangan (normaga asoslangan) baholashda baho bir necha ko’rsatkichlarga va ta’lim olish shart- sharoitiga ko’ra o’zgarishi mumkin bo’ladi. Masalan, baho o’qituvchi tomonidan xayrixohlik paydo bo’lishi, o’qituvchining o’ta qat’iyligi sababli ham o’zgarishi mumkin.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling