Nazorat savollari
1. Mehnat o’qituvchisining darsga tayyorlanishi
2. o’qituvchining o’quv yiliga tayyorlanishi mazmunini ochib bering
3. o’qituvchining shaxsiy fazilatlari xaqida tushuncha
4. ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish
33-MAVZU: Texnologiyafanidan metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish
Reja:
Texnologiya fanida metodik ishlarni tashkil qilish strukturasi.
Metod birlashmalar va ularning faoliyati.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish (Mahorat maktablari).
O’qituvchining jamoaviy uslubiy ishlari. Ochiq darslar va ularni o‘tkazish.
Tayanch iboralar: Metodik ishlsr. Metod birlashma. Faoliyat. Tajribalar. Jamoaviy ishlar. Uslubiy ishlar. Ochiq darslar
Maktablarda metodik xizmatni takomillash-tirish maqsadida metod birlashmalar tuziladi.
Metod birlashmaning vazifalari:
Davlat ta’lim standarti talablari asosida rejalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Yuborilgan metodik tavsiya, dars ishlanmalarini amaliyotga tatbiq qiladi.
Ommalashtirilgan ishlarni (tuman, shaxar, viloyat) izlaydi, o’rganadi va o’qituvchi - mutaxassislar bilan baxs - munozara o’tkaziladi.
Maktabdagi mutaxassislarning ilg’or tajribalarini o’rganadi, ommalashtirishga tavsiya qiladi.
-Ilgor pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil etadi
Ommalashtirish uchun tavsiyalar
Mutaxassislik bo’yicha yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi.
Ta’lim samaradorligini oshirishda o’qituvchilarga metodik yordam beradi.
Fan xonalarini jixozlash uchun zarur bo’lgan ko’r-gazmali qurollar, o’quv jixozlari ro’yxatini amaliyotga joriy etilishini ta’minlaydi.
Fan olimpiadasida ishtirok etadigan o’quvchiga amaliy yordam uyushtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |