Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi
Download 1.7 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2
o’qituvchining ish o’rni o’quv - ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda asosiy zvenodir. o’qituvchining ish o’rni mashg’ulotlarni samarali o’tkazish va ish vaqtining bekor ketishini kamaytirishni ta’minlashga yordam berishi kerak. U o’quvchilarga o’zlarini ish o’rinlarini dastgoxlar konstruksiyalari so’zlovchi qurilmaga ega bo’lishi, ular yordamida dastgoxlarni o’quvchilarning bo’yiga qarab moslash shuningdek dam olish uchun qulay aylanuvchi o’rindiqlar yozish va grafik ishlar uchun so’riluvchi planiyatlar bilan ta’minlashi kerak. Havfsizlik texnikasi bo’yicha muxofaza turlari dastgoxga maxkamlanishi va zarur bo’lgan dastgox stuli tagiga olib qo’yilishi mumkin bo’lsin.
Barcha extiyot asboblar va moslamalar turadigan xonalarida shunday tartib saqlanishi kerakki, ulardan xar birini toyish uchun o’qituvchi juda oz vaqt sarflasin. Masalan, parta, O’lchov asboblari, plakatlar tegishli O’lchovlari yozib qo’yilgan qutichada joylashgan bo’lishi, ancha ogirroq moslarnalar pastki javonlarda, bir muncha engillari yuqoriroqda turishi kerak. Omborxonada materiallar va ishga yaroqli chiqindilar markalari, navlari, O’lchovlari va turlariga qarab ajratilishi zarur, ular oldiga boriladigan yo’l qulay xamda tusiqsiz bo’lishi kerak. ko’rgazmali qurollarni (plakatlar, sxemalar jadvallari, maketlar, mavzu ko’rgazmali taxtaga, buyum namunalarini saqlash uchun yozilgan va tartib nomeri qo’yilgan tegishli yashiklar va uyalar bo’lishi lozim, bu esa o’qituvchiga istagan vaqtida oz vaqt sarflab kerak qo’llanmani topa olishiga imkon beradi. Mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisining ish o’rnida mehnat usullarini, ko’rgazmali qurollarni; shuningdek o’quv filmlarini namoyish qilish uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak. O’quv ishlab chiqarish ishlarining ro’yxatlari xam, o’quvchilarni ish o’rinlariga almashlab qo’yish grafiklari xam yaxshilab bezatilgan va o’quvchilar ko’radigan qilib osib qo’yilishi kerak. Shu erning o’zida oddiy va sanitariya yo’llaridagi navbatchilar grafigi muntazam bajariladigan ishlar ro’yxati osib qo’yiladi. O’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlar vaqtida o’qituvchi darslar orasida tanaffus berishi, o’quvchilarga ustaxonani yaxshilab shamollatish va Mehnat faoliyatini davom ettirish uchun normal sharoitni tanlash, o’zlari esa bu vaqtda dam olish uchun ustaxonadan chiqib turishlarini taklif qiladi. O’quv ustaxonalaridagi asbob- uskunalar va jixozlarni yaxshi saqlash uchun ularning xar biriga bir o’quvchi biriktirib quyiladi. U ana shu asboblarini yaxshi saqlanishi va qasddan bo’zilmasligi uchun o’qituvchi va jamoa oldida javob beradi. Yaxshi tashkil etilgan o’quv ustaxonasi navbatdagi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun unchalik ko’p vaqt talab qilinmaydi. Mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi uchun bu narsa juda muximdir, gulni boshqa guruxda bo’ladigan mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun uni vaqti juda tigis bo’ladi. Shu sababli pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtai nazaridan o’quv ustaxonalarida mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etilishi, mehnat ta’limini o’qituvchisi uchun o’quv vaqtidan anchagina tejab qolish imkonini beradi. Ustaxona o’quv programmasida kO’zda tutilgan barcha ish xarakatlarini qulay xolda o’tilishi uchun yarokdi bo’lishi lozimdir. Ustaxonada sinflarga o’xshab o’qituvchining ish o’rnibo’lishi zarur. O’qituvchi o’z o’rnidan butun mehnat operasiyalarni (ish xarakatlarini namoyish qilayotgan usullarini o’qituvchilarning bemalol o’z ish o’rnidan ko’rishga muvofiq bo’lishi kerak), shuning uchun o’qituvchining ish o’rin xoldan 20-30 sm balandroq turishi lozim va o’quvchilar dastgoxlarga nisbatan 90 grabus burub qo’yiladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling