Birinchidan, zlektron versiyada axborotlar zamonaviy usulda multimediya va animatsiya vositalari yordamida to’laqonli yoritiladi.
Ikkinchidan olingan bilimlarni interaktiv usulida nazorat qilish imkoni mavjud.
Uchinchidan elektron o’quv adabiyotlarda matnlar jozibali, ta’sirli shaklda bayon etiladi, asosiy tushuncha va ta’riflar aniq va ravshan yoziladi, shu bilan bir qatorda foydalanuvchilarning bilimlarini nazorat qilish imkoniyatiga egaligidir.
Elektron darslik o’quvchilarning Davlat ta’lim standartida belgilab berilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni faol o’zlashtirishga yordam beradi.
Elektron darslik quyidagi talablarga javob berishi kerak:
o’quv dasturiga, elektron nashr talabiga mos kelishi;
fan mazmunini ochib berish uchun yetarlicha material va xajmga, illyustrativ materiallariga ega bo’lishi;
darslikning barcha qismlariga va resurslarga erkin murojaat mavjudligi;
o’zini-o’zi baholash uchun nazorat savollarining mavjudligi.
Elektron darsliklarning xususiyatiga quyidagilar kiradi:
o’quv materialini multimedia, ya’ni ma’lumot berishning vizual, gipermatn, ovoz shakllaridan foydalanilgan xolda taqdim etilishi;
turli o’quv adabiyotlari – darslik, lug’at, loyihalash ishlari va amaliy ishlar uchun tegishli ma’lumotlarning bir joyda joylashishi;
o’rganuvchi va o’rgatuvchi o’rtasida bevosita aloqa o’rnatilishi;
o’quv materialiga nisbatan yengil o’zgartirishlar kiritilishi va takomillashtirish imkoniyatlarining yaratilishi;
o’quv materiali yaratish va nusxalashning arzonligi;
ta’limda masofadan o’qitish uslubini tashkil etish imkoniyatining mavjudligi.
11-Mavzu: Texnologiya fanidao’qitish metodlari.
Reja:
An’anaviy (og'zaki, ko'rgazmali, amaliy, muammoli) metodlar.
No'ananaviy o'qitish metodlari. (grafik organayzerlar) metodlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |