Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi
Download 1.7 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrotexnika ishlari bo’limi
Buyumlarni ta’mirlash bo’limi: Turli chokidan so’kilgan buyumlarni ta’mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste’moldan chiqqan buyum o’lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo’jaligi yo’nalishi qishloq xo’jaligi asoslari bo’limi: o’quvchilar qishloq xo’jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo’jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o’sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo’llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo’yiladigan agrotexnik talablar; o’g’itturlari, o’g’itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug’larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug’ va ko’chat yekish usullari hamda mashinalari; g’alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar etishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issixonalarda) ekinetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o’lchamli mashinalar; etishtirilgan hosilni yig’ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko’nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo’jaligi sohalari bo’yicha kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Elektrotexnika ishlari bo’limi: o’quvchilar elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish; elektr o’tkazish simlarining turlari; elektr o’tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o’tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o’rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog’ligiga ta’siri; elektr yenergiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o’rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog’liq kasb-hunarlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling