Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi
Tarbiya to’g’risida mutafakkirlarning qarashlari
Download 1.7 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2
2.Tarbiya to’g’risida mutafakkirlarning qarashlari. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llashni tashkil etishning asosiy maqsadi - o’quvchilarga faqat tegishli bilim, ko’nikma malakalarni berishdangina iborat emas, balki o’quvchilarning jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e’tiqodini, mehnatga, ijtimoiy, shaxsiy mulkka munosabatini, jamoa va uning a’zolariga bo’lgan ijobiy munosabatlarini, badiiy didini, iqtisodiy, jismoniy, axloqiy, milliy madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Ta’lim berish bilan birga tarbiyalashga katta ahamiyat berish kerakligini mutafakkirlar o’z davrida aytib o’tganlar.
Abdulla Avloniyning 1913 yilda yozilgan, 1917 yilda ikkinchi bor nashr etilgan “Turkiy guliston yohud ahloq” asari XX asr boshlarida pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. “Turkiy guliston yohud ahloq” asari ahloqiy va ta’limiy asardir. Bu asarda Abdulla Avloniy o’z ijtimoiy va ahloqiy-ta’limiy qarashlarini bayon etadi. Kaykavusning “Qobusnoma”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik”, Nosir Xusravning “Soadatnoma”, Sa’diyning “Guliston va Bo’ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub-ul-qulub”, Ahmad Donishning “o’g’illarga nasihat” kabi asarlari maktabda va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarida qo’llanilmoqda. A.Avloniy odamlarni xulq, xatti-harakat nuqtai nazaridan ikki guruhga bo’ladi, biri yaxshi xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir. Haqiqiy insoniy ahloqni o’zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi va ularni mehr-shavqatli, sofdil va maqbul bo’lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi. Ahloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda, sharaf, baland daraja beruvchi tarbiyadir. Shu bois dars jarayonida o’qituvchi avvalo o’zi shaxsiy namuna bo’lishi, kiyinishi, so’zlashishi, o’zini tutishi bilan o’quvchilarga o’rnak bo’lishi kerak. Dars jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarishda shaxsning javobgarlik, vijdonlilik kabi xislatlarini, mehnat intizomiga amal qilgan holda jamoa bo’lib mehnat qilish malakasini, ijtimoiy mulkka g’amho’rlik munosabatini tarbiyalashdan iboratdir. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling