Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi jaloliddin manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey
Download 363.25 Kb.
|
Rustam
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAXSIY YILLIK ISH R E J A S I 2023-2024 o‘quv yili
- TASDIQLAYMAN” JALOLIDDIN MANGUBERDI NOMIDAGI HARBIY-AKADEMIK LITSEY DIREKTORI polkovnik I.M.Saidov 2023- yil “___” _________
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI JALOLIDDIN MANGUBERDI NOMIDAGI HARBIY-AKADEMIK LITSEY Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi FIZIKA fani bosh o’qituvchisi Ro’zmetov Rustam Romanovichning 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan SHAXSIY YILLIK ISH R E J A S I 2023-2024 o‘quv yili
Aniq fanlar kafedrasi Fizika fani bosh o’qituvchisi Ro’zmetov Rustam Romanovichning Shaxsiy yillik ish rejasi Shaxsiy yillik ish reja kafedraning 2023-yil “____” avgustdagi “____” sonli majlisida ko’rib chiqilib, Pedagogik kengash muhokamasiga tavsiya etildi. Yig’ilish kotibi: ____________________ Kafedra mudiri: ____________________ Tasdiqlangan shaxsiy ish rejani qabul qildim va belgilangan ish turlari bilan tanishdim, ularning bajarilishini kafolatlayman. Fan o’qituvchisi: Ro’zmetov R.R Milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yot g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan, globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli, bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jaloliddin Manguberdi harbiy-akademik litseyida bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli tadbirlarni amalga oshirish. Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan, har tomonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni ta’minlash. O‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish. Xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo, Jaloliddin Manguberdining bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash. O‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish. Jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida Respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash. Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Mudofaa vaziririning qarorlari, vazirlikning buyruq va ko‘rsatmalari talablarini bajarishga safarbar qilish hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkillashtirish, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, qonunchilik va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishlarini ta’minlash, ularning ma’naviy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida 2023-2024 o‘quv yili davomida quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Download 363.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling