Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

Заключение. Таким образом, можно считать, что уровень изменения 
содержания гемоглобина в крови у юных боксеров в определенной мере 
зависит от объёма, интенсивности, характера и продолжительности 
тренировочных занятий, а также от метеорологических факторов. 
 
YOSH DYUZDOCHILARNI JISMONIY ISH QOBILIYATINI 
OSHIRISHDA GORMONAL O'ZGARISHLARNI URGANISHNING 
AHAMIYATI 
1
Ziyamuxamedova S.A., 
1
Izatullaev A. 
1
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. 
sajerasukurova382@gmail.com
 
 
Annotatsiya: 
Mashg'ulotlar jarayonida malakali dzyudochilarida 
fiziologik qiymatlar doirasidagi gormonal tizimida o'zgarishlar ularning 
jismoniy yuklarga moslashuvining yuqori darajada ekanligi aniqlangan. 
 
Kalit so'zlar: Dzyudochilar, jismoniy ish qobiliyati, testosteron,jismoniy 
yuklama. 
Dzyudochilar 
ish 
qobiliyatini 
gormonal 
tartibga 
solinishini 
takomillashtirish natijasida ichki sekretsiya bezlari faoliyatining faollashishi, 
sportchilarning chidamlilik yoki kuch sifatlarini rivojlantiruvchi jismoniy 
yuklamalar yo'nalishiga nisbatan sodir bo'ladi. Gipofiz bezi ichki sekretsiyaning 
asosiy bezi bo'lib, uning faoliyati boshqa bezlarning faoliyatiga bog'liq. Gipofiz 
bezi asab tizimi (gipotalamus) bilan chambarchas bog'langan.


55 
Gipotalamus orqali, ichki sekretsiya bezlarini tartibga solishning yuqori 
markaziy nerv tizimi sifatida gipofiz bezi tegishli gormonlar ishlab chiqarishni 
tartibga soladi. Umumiy qon aylanish tizimiga gormonlarni chiqaradi va 
gormonlarning shakllanishini ta'minlaydi. Sportchilarning gormonal holati 
o'zgarishlar dinamikasini aniqlamasdan, fiziologik jihatdan jismoniy yuklamalar 
jarayonia organizm tizimlarining ishlashi va tananing adaptiv mexanizmlarining 
buzilishiga olib kelishi mumkinligini baholab bo'lmaydi. Qon zardobidagi 
gormonlar muvozanati aniqlash asosida sportchining jismoniy ish qobiliyatini, 
mashg'ulot jarayonining samaradorligini, jismoniy yuklama intensivligini o'z 
vaqtida tuzatish va baholashda qo'llash mumkin [4, 1]. Funktsional holatlar va 
tananing jismoniy yuklamaga moslashishi ko'plab omillar tomonidan 
boshqariladi gormonlar, ular orasida eng muhimlari: steroid (testosteron), 
glyukokortikoidlar (kortizol), prolaktin gormonal ta'sir jismoniy mashqlar 
intensivligi va davomiyligiga, ma'lum bir mashq turiga moslashish darajasiga va 
gomeostaz ehtiyojlariga bog'liq bo'ladi [1-3]. 
Sportchilarni qon namunasi olish taxlili jismoniy mashqlanishni 
mikrosiklining o'rtasida o'tkazildi. Nazorat guruhi 18-21 yoshdagi (o'rtacha 
yoshi 20,2 ± 1,32) sport bilan shug'ullanmagan (n=12) bog'liq bo'lmagan 
sportchilar ham olindi. O'rganilayotgan gormonlar miqdori immunogenetik 
laboratoriyasi asosida sinovdan o'tkazildi. Har bir namuna uchun o'rtacha 
qiymatlar 10% dan oshmaydigan o'zgarishlar bilan uchta o'lchov natijalari 
asosida hisoblab chiqildi. Gormonlar darajasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni 
aniqlash uchun SPSS Statistics 17.0. da Pearsonning parametrik korrelyatsiya 
tahlili ishlatildi. Dyudochilar qoni bioximiyaviy tahlil qilinganda 5 gormondan 
4 tasining miqdori fiziologik me'yordan oshmaydi va sezilarli darajada farq 
qilmadi. Dzyudochilarida me'yordan eng sezilarli og'ishlar (sportchilar uchun 
4,5-35,4 nmol / l) testosteronda topilgan, bu tiklanish davrining yetarli emasligi 
yoki stress tyuzaga kelganligidan dalolat beradi. Dzyudochilarning doimiy 
mashg'ulotlarda qondagi testosteron va kortizolning miqdori oshirishiga 
qaramay, 
dzyudochilari 
kortizol 
miqdorining 
oshishi 
bilan 
qonda 
testosteronning pasayishini ko'rsatdi. Shu bilan birga, testosteron va kortizol 
nisbati, o'z navbatida, sportchilar tanasining moslashish qobiliyati darajasini 
ham aks ettiradi [2]. 
Testosteronning kamayishi ortiqcha mashq qilishdan dalolat beradi va 
kortizolning ko'payishi sportchilarda toliqishni rivojlanishini asosiy 
ko'rsatkichidir. Shuning uchun kortizolining ko'payishi dzyudochilar tanasining 
ish qobiliyatiga ta'sir qiluvchi salbiy omil hisoblanadi. Gormonlar nisbatlarini 
tahlil qilish uchun biz nazorat va tajriba sportchilar guruhida korrelyatsion 
taqqoslash o'tkazdik. Testosteron/kortizol (r=+0,587; n=0,045) darajalari 


56 
o'rtasida o'rtacha kuch (2 ijobiy va 1 manfiy) korrelyatsiyasi (0,651; p=0,02) 
nazorat guruxlarilarda aniqlangan. Nazorat guruhidan farqli o'laroq, 
dzyudochilari nisbiy fiziologik dam olish holatida kortizol va testronning 
asosiy darajalari o'rtasida kuchli salbiy korrelyatsiyani ko'rsatdi (r=-0,728; p = 
0,007). Olingan ma'lumotlardan quyidagicha musobaqadan oldingi davrda 
qizg'in mashg'ulotlardan so'ng, dzyudochilarida stress gormoni kortizol miqdori 
sezilarli darajada oshdi va testosteron, va prolaktinning biroz kamaydi. Shunday 
qilib, tiklanish davri va ikki kunlik qo'shma mashg'ulotdan so'ng 
(dzyudochilarda tahlil qilingan 5 sportchida gormon miqdori oshdi.Intensiv 
mashg'ulotlardan so'ng kortizol darajasining biroz oshishi sportchilarning 
jismoniy 
faoliyatga 
mos 
moslashuvchanlikka 
ta'sirini 
ko'rsatadi. 
Mashqlanishdan so'ng qon zardobida testosteron miqdorining 44% ga oshishi 
nafaqat gemokonsentratsiyaning ta'siri, balki oldingi gipofiz gormoni sintezini 
faollashi ta'sirida amalga oshiriladigan mashg'ulot jarayonining intensivligi 
bilan bog'liq holda prolaktinning anabolik regulyatori ham faollashdi. Ikki 
kunlik mashg'ulotdan so'ng dzyudochilarida prolaktinning o'rtacha o'sishi 
(t<0,05) testosteron ishlab chiqarishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Mashg'ulotdan 
so'ng dzyudochilarda gormonning sezilarli darajada pasayishi uning sinteziga 
ingibitori 
ta'sir ko'rsatadigan glyukokortikoidlar va peptidlar 
ishlab 
chiqarishning ko'payishi bilan tavsiflangan intensiv jismoniy faoliyat ta'sirining 
natijasi bo'lishi mumkin. Mashqlanishdan oldin va keyin testron va kartizol 
gormon miqdorining ozgina o'zgarishlari neyroendokrin tizimning ruhiy 
omillarining uzoq muddatli ta'siriga yaxshi moslashganligini ko'rsatadi.
Mashg'ulotlar jarayonida malakali dzyudochilarida fiziologik qiymatlar 
doirasidagi gormonal tizimida o'zgarishlar ularning jismoniy yuklarga 
moslashuvining yuqori darajasini ko'rsatadi. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling