Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


SIBIR OSYOTRI (ACIPENSER BAERII) NI KUZGI


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

 
SIBIR OSYOTRI (ACIPENSER BAERII) NI KUZGI 
SARALASH BOSQICHI (BONITIROVKA) DAN O’TKAZISHNING 
ASOSIY JIHATLARI. 
Ubaydullayev O.X. 
O’z. Res. Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti 
Otabek1992uz6@gmail.com
 
Annotatsiya: Mazkur tezisda O’zbekiston hududida yaqin o’tmishda 
Rossiya federatsiyasidan olib kelib iqlimlashtirilgan Sibir osyotri (acipenser 
baerii) baliqlarini kuzgi tekshiruv(bonitirovka)dan o’tkazishda e’tibor berilishi 
kerak bo’lgan jihatlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. 
Hozirgi kunda O’zbekistonda baliq maxsulotlariga bo’lgan talabni 
qondirish maqsadida ko’plab yangi baliq turlarini iqlimlashtirish hamda 
moslashgan baliq turlarini yetishtirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida ushbu baliq turi respublikamizning asosan 
0
0,0
0,2
0,4
0,6
0,8
1,0
1,2
1,4
1,6
1,8
2,0
2,2
2,4
2,6
2,8
3,0
**
**
m
m
o
l|m
l
Nazorat
Tajriba
Tajriba + E vitamin
Tajriba+ kurkumin


143 
ikkita hududida Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanidagi Baliqchilik ilmiy-
tadqiqot institutining tajriba bazasida hamda O’rta Chirchiq tumanining “O’rta 
Saroy” QFY da joylashgan “Golden Fish” firmasida yetishtirilmoqda. 
Birinchilardan bo’lib 2009-yilda sobiq baliqchilikni rivojlantirish ilmiy 
markazi hozirgi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba bazasiga Rossiya 
federatsiyasining Konokova osyotr zavodidan 1500 dona o’rtacha og’irligi 1.5-
2.0 g bo’lgan chavoqlar olib kelingan. Dastlab chavoqlar stekloplastik 
basseynlarda tirik va boshqa ozuqalar bilan boqilgan. Keyinchalik baliqlar 
voyaga yetgach alohida basseynlarga ko’chirilib jinsiy voyaga yetish bosqichlari 
o’rganilib borilgan. 
Ohirgi 3-4 yil davomida O’zbekiston sharoitiga moslashgan Sibir osyotri 
(acipenser baerii) baliqlarini kuzgi saralash bosqichi (bonitirovka) dan o’tkazilib, 
katta kichikligi, sog’lomligi, erkak yoki urg’ochi jinsga mansubligiga qarab 
guruhlarga ajratilgan holda erta bahorda “Yopiq aylanma suv ta’minoti tizimi” da 
sun’iy ko’paytirish va boqish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu baliqlarni 
saralash bosqichidan o’tkazishda e’tibor berilishi kerak bo’lgan jihatlaridan biri 
bu ularning jinsiy yetilish darajasidir. Sibir osyotri (acipenser baerii) baliqlari 
boshqa tur baliqlarga nisbatan ancha kech jinsiy voyaga yetadi. O’rtacha voyaga 
yetish davri tahminan 10-12 yilni o’z ichiga oladi. Bu esa ularni yetishtirishdagi 
iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada passaytiradi. 
Baliqlarni kuzgi va bahorgi saralash bosqichidan o’tkazish kuzgi oktyabr-
noyabr oylarida yozgi ko’llarda baliq ovlash jarayonida, bahorgi saralash esa suv 
temperaturasi baliqlar jinsiy maxsulotlar berish darajasiga yetkanda mart-aprel 
oylarida qishlov ko’llarida amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhidagi 
baliqlar soni, o’rtacha biomassasi, tanasida uchraydigan morfologik 
kamchiliklari, terisidagi yaralari, erkak yoki urg’ochi jinsga mansubligi, jinsiy 
yetilish darajasi aniqlanadi. 
Baliqlarda keyingi buzilishlar quyidagi tarzda aniqlanadi: 
1. Morfologik anomaliyalar- bosh qismidagi qiyshayishlar, burun, bitta 
yoki 
ikkala 
ko’zdagi 
o’zgarishlar, 
jabra 
qopqog’ining 
rivojlanmaganligi, qorin devorining ingichkalashishi va undagi 
yemirilishlar. 
2. Funksional buzilishlar- tana tuzilishidagi turli egiliklar, qanotlarning 
egriligi va ularning yo’qligi, umurtqa pog’onasi va dumdagi 
qiyshayishlar, qorin bo’shlig’idagi pufakchalar. 
3. Ovqat hazm qilish bilan bog’liq o’zgarishlar- sifatsiz ovqat yoki yog’li 
qiymalarning 
ovqat 
tarkibida 
bo’lishi, 
ichak 
devorining 
yupqalashganligi, shilliq qavatlar yallig’langanligi va qizil rangda 
bo’lishi, ichaklarning hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari bilan to’lishi 


144 
natijasida qorin bo’shlig’ining shishishi. 
Sibir osyotri (acipenser baerii) baliqlari jinsini yoki jinsiy yetilganlik darajasini 
aniqlash biopsiya yo’li bilan yoki ultartovush apparati yordamida amalga 
oshiriladi. Bunda ikraning massasi va o’lchami aniqlanadi hamda jinsiy 
yetilishning qaysi bosqichdaligini bilish uchun oositlarning qutblanish 
koeffitsienti hisoblab chiqiladi. 
Yuqoridagi kabi amalllar orqali o’zgarishlarga uchragan baliqlarni saralash 
jarayonida aniqlanib asosiy to’dadan ajratib olinadi va tegishli tartibda 
yo’qotiladi. Bundan asosiy maqsad ular orasida uchraydigan irsiy yoki yuqumli 
kasalliklarga chalingan baliqlarni yo’qotish orqali keyinchalik baliqlarda 
uchraydigan yuqumli va irsiy kasalliklarni oldini olish, hamda umumiy 
genofondning sog’lomligini saqlashdan iborat. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling