Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


KARAM KAPALAGINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

 
KARAM KAPALAGINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Uralova D.A. 
O‘zbekiston Milliy universiteti 
dildorauralova171@gmail.com 
Kalit so‘zlar: ekologik omil, harorat, karam kapalagi, tuxum, lichinka
g’umbak
Annotation: This article is devoted to the study of ecological 
characteristics of cabbage butterfy – Pieris brassicae L. a pest of vegetable 
crops and provides information on the morphological characteristics of the 
cabbage butterfly
Karam kapalagi - Pieris brassicae L. kapalaklarining qanotlari oq, 
oldingi qanotlarining ustida qora uchburchaksimon dog’lari bor, urg’ochi 
kapalaklarida esa bulardan tashqari yana ikkitadan dog’lari boʻladi. Urg’ochi 
kapalak jami 200 - 300 ta, baʼzan 600 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumi 6-13 
kungacha rivojlanadi. 
Qurtlari krestguldoshlarning bargi bilan oziqlanadi. Ular 15 - 30 kunda 
rivojlanib, 5 yoshni oʻtaydi. Qurti daraxtlarda, taxta devorlarida va boshqa 
joylarda kamdam - kam karam o‘simligida g‘umbakka aylanadi. G‘umbaklari 10 
- 17 kunda rivojlanadi. Zararkunanda 1-5 tagacha bo‘g‘in beradi. 
Karam kapalagi - Pieris brassicae L.ning ekologik xususiyatlari: 


147 
Karam kapalagining tuxumlari, qurtlari, g’umbaklari va imagolariga ekologik 
omillar ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va ozuqaning ta’siri o’rganildi. Ma’lumki 
Urg’ochilarning tuxum qo’yish davridagi xatti-harakatlari, tuxum qo’yishga ta’sir 
qiluvchi omillar, tuxumlarning tashqi ko’rinishi va vazni, ularning unumdorligi 
va tuxumdan chiqish muddati tashqi muhit omillariga bog’liq.  
Karam kapalaklari 30°C dan past 20°C dan yuqori bo’lgan haroratda 
ko’proq tuxum qoʻydi. Tuxum qoʻyish jarayoni past yorug’lik intensivligida 
sodir bo’ldi. Ovopozitsiya juftlashgandan keyin ikki-uch kun o’tgach sodir boʻldi 
va ko’pchilik urg’ochilar sakkiz kun ichida olti yoki etti marta tuxum qo’ydi. Och 
qolgan hasharotlar tomonidan qo’yiladigan tuxumlar soni kam bo’ldi. Suv yoki 
yigirma foizli asal eritmasi berilgan hasharotlar esa ko’proq tuxum qo’ydi. 
Tabiiyki, harorat tuxumlardan lichinkalarning chiqish vaqtiga ta’sir qiladi. 
Eng qisqa vaqt 26
o
C da taxminan 3-4 kun boʻldi; 28

C 5-6 kun; 12,5° Cda 17 
kunda; 10.5° Cda 20 kun eng uzoq vaqt kuzatilgan; Tuxumlarni 3,5° C haroratda 
oʻn kundan ortiq saqlash mumkin emas. Lichinkaning tuxumdan chiqishi (kuni) 
ga haroratning ta’siri 
1-jadvalda berilgan. 
Harorat
Kun 
(tuxumdan 
chiqish muddati) %
Tuxumdan chiqqan 
qurtlar %
Nobud 
bo'lgan 
tuxumlar %
28°C
5-6
70%
30%
26°C
3 - 4 
90-95%
5-10%
20°C
6-7
60%
40%
12,5°C
17 
30-35%
65-70%
10,5°C
20 
10%
90%
3,5°C
30 kunda ham qurtlar 
chiqmadi
0%
100%
Tuxumlar past namlikda rivojlanadi va chiqadi karam kapalaklar uchun 
nisbiy namlik 50 foiz ekanligi aniqlandi. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling