147
Karam kapalagining tuxumlari, qurtlari, g’umbaklari
va imagolariga ekologik
omillar ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va ozuqaning ta’siri o’rganildi. Ma’lumki
Urg’ochilarning tuxum qo’yish davridagi xatti-harakatlari, tuxum qo’yishga ta’sir
qiluvchi omillar, tuxumlarning tashqi ko’rinishi va vazni, ularning unumdorligi
va tuxumdan chiqish muddati tashqi muhit omillariga bog’liq.
Karam kapalaklari 30°C dan past 20°C dan yuqori bo’lgan
haroratda
ko’proq tuxum qoʻydi. Tuxum qoʻyish jarayoni past yorug’lik intensivligida
sodir bo’ldi. Ovopozitsiya juftlashgandan keyin ikki-uch kun o’tgach sodir boʻldi
va ko’pchilik urg’ochilar sakkiz kun ichida olti yoki etti marta tuxum qo’ydi. Och
qolgan hasharotlar tomonidan qo’yiladigan tuxumlar soni kam bo’ldi. Suv yoki
yigirma foizli asal eritmasi berilgan hasharotlar esa ko’proq tuxum qo’ydi.
Tabiiyki, harorat tuxumlardan lichinkalarning chiqish vaqtiga ta’sir qiladi.
Eng qisqa vaqt 26
o
C da taxminan 3-4 kun boʻldi; 28
o
C 5-6 kun; 12,5° Cda 17
kunda; 10.5° Cda 20 kun eng uzoq vaqt kuzatilgan; Tuxumlarni 3,5° C haroratda
oʻn kundan ortiq saqlash mumkin emas. Lichinkaning tuxumdan chiqishi (kuni)
ga haroratning ta’siri
1-jadvalda berilgan.
Harorat
Kun
(tuxumdan
chiqish muddati) %
Tuxumdan chiqqan
qurtlar %
Nobud
bo'lgan
tuxumlar %
28°C
5-6
70%
30%
26°C
3 - 4
90-95%
5-10%
20°C
6-7
60%
40%
12,5°C
17
30-35%
65-70%
10,5°C
20
10%
90%
3,5°C
30
kunda ham qurtlar
chiqmadi
0%
100%
Tuxumlar past namlikda rivojlanadi va chiqadi karam kapalaklar uchun
nisbiy namlik 50 foiz ekanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: