Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
SIBIR OSYOTRI (ACIPENSER BAERII) NI KUZGI
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
SIBIR OSYOTRI (ACIPENSER BAERII) NI KUZGI SARALASH BOSQICHI (BONITIROVKA) DAN O’TKAZISHNING ASOSIY JIHATLARI. Ubaydullayev O.X. O’z. Res. Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Otabek1992uz6@gmail.com Annotatsiya: Mazkur tezisda O’zbekiston hududida yaqin o’tmishda Rossiya federatsiyasidan olib kelib iqlimlashtirilgan Sibir osyotri (acipenser baerii) baliqlarini kuzgi tekshiruv(bonitirovka)dan o’tkazishda e’tibor berilishi kerak bo’lgan jihatlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda baliq maxsulotlariga bo’lgan talabni qondirish maqsadida ko’plab yangi baliq turlarini iqlimlashtirish hamda moslashgan baliq turlarini yetishtirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida ushbu baliq turi respublikamizning asosan 0 0,0 0,2 0,4 0,6 0,8 1,0 1,2 1,4 1,6 1,8 2,0 2,2 2,4 2,6 2,8 3,0 ** ** m m o l|m l Nazorat Tajriba Tajriba + E vitamin Tajriba+ kurkumin 143 ikkita hududida Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanidagi Baliqchilik ilmiy- tadqiqot institutining tajriba bazasida hamda O’rta Chirchiq tumanining “O’rta Saroy” QFY da joylashgan “Golden Fish” firmasida yetishtirilmoqda. Birinchilardan bo’lib 2009-yilda sobiq baliqchilikni rivojlantirish ilmiy markazi hozirgi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba bazasiga Rossiya federatsiyasining Konokova osyotr zavodidan 1500 dona o’rtacha og’irligi 1.5- 2.0 g bo’lgan chavoqlar olib kelingan. Dastlab chavoqlar stekloplastik basseynlarda tirik va boshqa ozuqalar bilan boqilgan. Keyinchalik baliqlar voyaga yetgach alohida basseynlarga ko’chirilib jinsiy voyaga yetish bosqichlari o’rganilib borilgan. Ohirgi 3-4 yil davomida O’zbekiston sharoitiga moslashgan Sibir osyotri (acipenser baerii) baliqlarini kuzgi saralash bosqichi (bonitirovka) dan o’tkazilib, katta kichikligi, sog’lomligi, erkak yoki urg’ochi jinsga mansubligiga qarab guruhlarga ajratilgan holda erta bahorda “Yopiq aylanma suv ta’minoti tizimi” da sun’iy ko’paytirish va boqish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu baliqlarni saralash bosqichidan o’tkazishda e’tibor berilishi kerak bo’lgan jihatlaridan biri bu ularning jinsiy yetilish darajasidir. Sibir osyotri (acipenser baerii) baliqlari boshqa tur baliqlarga nisbatan ancha kech jinsiy voyaga yetadi. O’rtacha voyaga yetish davri tahminan 10-12 yilni o’z ichiga oladi. Bu esa ularni yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada passaytiradi. Baliqlarni kuzgi va bahorgi saralash bosqichidan o’tkazish kuzgi oktyabr- noyabr oylarida yozgi ko’llarda baliq ovlash jarayonida, bahorgi saralash esa suv temperaturasi baliqlar jinsiy maxsulotlar berish darajasiga yetkanda mart-aprel oylarida qishlov ko’llarida amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhidagi baliqlar soni, o’rtacha biomassasi, tanasida uchraydigan morfologik kamchiliklari, terisidagi yaralari, erkak yoki urg’ochi jinsga mansubligi, jinsiy yetilish darajasi aniqlanadi. Baliqlarda keyingi buzilishlar quyidagi tarzda aniqlanadi: 1. Morfologik anomaliyalar- bosh qismidagi qiyshayishlar, burun, bitta yoki ikkala ko’zdagi o’zgarishlar, jabra qopqog’ining rivojlanmaganligi, qorin devorining ingichkalashishi va undagi yemirilishlar. 2. Funksional buzilishlar- tana tuzilishidagi turli egiliklar, qanotlarning egriligi va ularning yo’qligi, umurtqa pog’onasi va dumdagi qiyshayishlar, qorin bo’shlig’idagi pufakchalar. 3. Ovqat hazm qilish bilan bog’liq o’zgarishlar- sifatsiz ovqat yoki yog’li qiymalarning ovqat tarkibida bo’lishi, ichak devorining yupqalashganligi, shilliq qavatlar yallig’langanligi va qizil rangda bo’lishi, ichaklarning hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari bilan to’lishi 144 natijasida qorin bo’shlig’ining shishishi. Sibir osyotri (acipenser baerii) baliqlari jinsini yoki jinsiy yetilganlik darajasini aniqlash biopsiya yo’li bilan yoki ultartovush apparati yordamida amalga oshiriladi. Bunda ikraning massasi va o’lchami aniqlanadi hamda jinsiy yetilishning qaysi bosqichdaligini bilish uchun oositlarning qutblanish koeffitsienti hisoblab chiqiladi. Yuqoridagi kabi amalllar orqali o’zgarishlarga uchragan baliqlarni saralash jarayonida aniqlanib asosiy to’dadan ajratib olinadi va tegishli tartibda yo’qotiladi. Bundan asosiy maqsad ular orasida uchraydigan irsiy yoki yuqumli kasalliklarga chalingan baliqlarni yo’qotish orqali keyinchalik baliqlarda uchraydigan yuqumli va irsiy kasalliklarni oldini olish, hamda umumiy genofondning sog’lomligini saqlashdan iborat. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling