Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natija va muhokamalar
Material va metodlar. MDA yuqori harorat va kislotali sharoitda 2-
tiobarbitur kislota bilan 532 nm maksimal yutilish spektriga ega rangli trimetin kompleksini hosil qiladi. Sentrifuga probirkasiga solingan 2,5 ml sitratlangan qonga 2,5 ml 10% trixlorsirka kislota (TXSK) eritmasi solib, shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtirildi. Namunalar 3000 ay/min 15 minut davomida sentrifugalandi. Cho‘kma ustki suyuqligidan 3,0 ml olib toza sentrifuga probirkasiga solinadi hamda 2-tiobarbitur kislotasining 0,8% li eritmasidan 1,5 ml qo‘shiladi va yaxshilab aralashtirildi. Namuna qaynoq suv hammomida 15 minutga joylashtirildi.Namunalar qaynoq suv hammomidan olinib, vodoprovod suvi oqimida sovitildi. Sovutilgandan so‘ng ularni 3000 ay/min. Da 15 minut davomida sentrifugalandi. Tajribalar bilan bir vaqtda tarkibida 2,5 ml 10% li TXSK, 1,5 ml 2-tiobarbitur kislotaning 0,8% li eritmasi bo‘lgan nazorat namunalari ham qo‘yildi. Olingan sentrifugatni sayqatmasdan ehtiyotlik bilan kimyoviy probirkaga solinadi va nazorat namunaga nisbatan 532 nm.da tajriba namunalarining optik zichligi o‘lchanadi. Natijalarni hisoblash MDA miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi. S=(E*10^6*3)/(1,56*10^5 ) [2] Tajriba uchun o’rtacha og’irligi 150-200 g atrofida bo’lgan 40 ta erkak kalamushlardan foydalanildi. Ularga quyidagi jadval asosida Merkazalil,E vitamin va Kurkumin berildi. I-gurux nazorat guruhi (n=5) -------------------------- ---------- II-guruh tajriba guruhi (n=5) 5 mg\ml merkazalil 21 kun davomida III-guruh Tajriba + E vitamin (n=5) 1000 mkg\ml E vitamin 21 kun davomida 142 IV-gurux Tajriba+ kurkumin (n=5) 1000mkg\ml kurkumin 21 kun davomida Natija va muhokamalar : Tajribada olingan ma’lumotlar esa quyidagicha bo’ldi.Gipoterioz keltirib chiqarilganida MDA miqdori 61.9 % ga ortdi. E vitamin bilan korreksiyalanganda esa 11.8 % ga Kurkumin bilan korreksiyalanganda esa 15 % ga qayta tiklangani aniqlandi. Xulosa : Tajribaga ko’ra, surunkali gipotireoz sharoitidagi kalamushlar jigari gomogenatida va qon zardobida katalaza miqdori sog’lom kalamushlarnikiga nisbatan pasayishi kuzatildi.E vitamin va kurkumin ta’sir etttirilganda xam qondagi va jigardagi katalaza miqdori pasayish kuzatildi. Tadqiq qilinadigan preparatlarning fitokimyoviy tekshiruvlari orqali antioksidantlik faolligi boholandi. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling