Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

 
LACTOBACILLUS AVLODIGA MANSUB SHTAMMLAR ASOSIDA 
TOMIZG’I TARKIBINI TANLAB OLISH 
Farmonova M.R 
1
, Xazratkulova M.I. 
2
, Yusupova, M.Sh
3
 , Rahimova M.U.
4
 
1
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti., 
2
O’zR FA 
Mikrobiologiya institute.,
3
Toshkent Davlat Pediatriya tibbiyot Instituti. 
Sut mahsulotlari sanoati - xalq xo’jaligining oziq-ovqat tarmoqlari orasida 
muhim o’rin egallaydi. Sutning ozuqaviy qiymati tarkibida inson uchun muhim 
ozuqaviy moddalarni (oqsillar, lipidlar, uglevodlar, mineral birikmalar, 
vitaminlar va boshq.) yaxshi va oson o’zlashtiriladigan shaklda saqlashi bilan 


148 
belgilanadi [1]. Sutning o’ziga xos xususiyatlaridan biri tarkibida yuqori 
miqdorda suyak to’qimasining asosiy tarkibiy elementi bo’lgan, qonning ivish 
jarayonlarini boshqarishda va immun tanachalar hosil bo’lishida ishtirok etadigan 
kaltsiy mavjudligi hisoblanadi
Amaliy biotexnologiyaning intensiv rivojlanishi yangi avlod sut-qatiq 
mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi oldida keng imkoniyatlar eshigini ochdi [3]. 
Mono-yoki aralash kultura ko’rinishidagi probiotik mikroorganizmlar asosida 
ishlab chiqarilayotgan ushbu mahsulotlar odamdagi tabiiy mikrofloraning 
xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ular o’ziga xos parhezbop va terapevtik 
xossalarga ega: ular mikroblarga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi moddalar 
(bakteriotsinlar, sut kislota, sirka kislota va boshq.) hosil qiladi, ichakda zararli 
mikrofloraning ko’payishiga to’sqinlik qiladi, ichak shilliq qavatida rivojlanadi, 
ovqat hazm qilish tizimida yashaydi va faoliyat olib boradi. Ta’kidlash joizki, 
zamonaviy biotexnologyada tayyor mahsulotning biologik qiymatini osiradigan, 
organoleptik va reologik ko’rsatkichlarini yaxshilaydigan simbiotik tomizg’ilar, 
mikroorgaizmlar assotsiatlari va konsortsiumlaridan keng foydalaniladi. 
Ishning maqsadi: Ommaviy iste’molda ishlatiladigan va davolovchi-
profilaktik ta’sir qiluvchi yangi sut-qatiq mahsuloti tayyorlash uchun tomizg’i 
tarkibiga kiradigan mahalliy laktobakteriya kulturalarini tanlab olish. 
Natijalar. Parhez va davolash-profilaktik ovqatlanish mahsulotlari 
tayyorlashda ko’p komponentli bakterial tomizg’i tarkibiga kiritish uchun 
mahalliy sut-qatiq mahsulotlari (qatiq, suzma, qurt va pishloq), o’simliklar guli 
va barglaridan Lactobacillus avlodiga mansub 13 ta shtamm ajratib olindi. 
Barcha tanlab olingan kulturalar hujayrasi mayda tayoqchasimon shaklga ega 
bo’lib, mikroskop maydonida alohida yoki 2-3 hujayradan tashkil topgan qisqa 
zanjir hosil qilib joylashadi, Gram bo’yicha musbat bo’yalgan, spora hosil 
qilmaydi va lakmusli sutni ivitadi va kislota hosil qilib lakmus rangini to’q 
ko’kdan oq yoki och pushti ranggacha o’zgartiradi.
Mahalliy 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarida 
tayyorlangan 
sut-qatiq 
mahsulotlaridan 8 ta kultura ajratib olindi. Ulardan 3 ta stamm L.delbrueckii P1, 
P7 (qatiqdan ajratilgan), S1 (suzmadan ajratilgan) L.delbrueckii turiga 
mansubligi aniqlandi. Brinzadan ajratilgan 1 ta shtamm Lactobacillus plantarum 
turiga mansubligi aniqlandi. Pishloq mahsulotidan ajratilgan 3 ta shtammdan 2 
tasi L. fermentum turiga (L.fermentum XP2, XP4) va 2 tasi L. rhamnosus (TS1 va 
E1) turiga mansubligi aniqlandi.
Lactobacillus delbrueckii yogurt tayyorlashda ishlatiladigan 2 ta 
bakteriyadan biri hisoblanadi. Ushbu tur ilgari birinchi bor topilgan va 
ishlatilgan Bolgariya mamlakati sharafiga Lactobacillus bulgaricus deb atalgan.
Rus olimi Ilya Mechnikov Bulg’or tayoqchasini inson organizmini qarish va 


149 
zaharlanishdan himoyalaydigan asosiy vosita deb hisoblagan. 
Asalari lichinkasi, mahalliy biopreparat va xorijiy probiotikdan 
L.plantarum ga mansub shtammlar: L.plantarum P1, MB1 va XB1 ajratib olindi.
Ajratilgan kulturalarning tur mansubligi aniqlangach ulardagi shartli 
patogen mikroorganizmlarning tipik shtammlariga qarshi antagonistik faolligi 
o’rganildi. O’rganilgan 13 ta shtammdan 10 tasi foydalanilgan 8 ta shartli 
patogen mikroorganizm shtammlarining o’sishiga yuqori darajada ingibitorlik 
faollik namoyon qildi. Ayniqsa, Proteus mirabilis 6, Aeromonas veroniiSerratia 
marcescens laktobatsilla shtammlari ajratgan antimikrob ta’sirga ega 
metabolitlarga sezuvchan ekanligi ma’lum bo’ldi. Laktobatsillalarning ushbu 
patogen mikroorganizmlar o’sishiga to’sqinlik qilish zonasi diametri 25 mmdan 
40 mmgacha bo’lgan o’lchamni tashkil qildi. 
L.delbrueckii turiga mansub 3 ta shtamm: L.delbrueckii P1, P7 (qatiqdan 
ajratilgan), S1 (suzmadan ajratilgan) shartli patogen mikroorganizmlarga nisbatan 
antagonistik faollikka ega emasligi aniqlandi. 
Tadqiqotlarda mahalliy manbalardan ajratib olingan kulturalarning 
morfologik-kultural, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari va antagonistik 
faolligiga qarab 13 ta kultura tanlab olingan. Kelgusida ushbu kulturalar asosida 
parhezbop, davolovchi xususiyatga ega qatiq mahsuloti tayyorlash uchun 
tomizg’i tayyorlanadi. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling