Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
OG’IR METAL TUZLARINING ODAM VA HAYVONLAR
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
OG’IR METAL TUZLARINING ODAM VA HAYVONLAR QONINING AYRIM FIZIOLOGIK KO’RSATKICHLARIGA TA’SIRI. Baxrillayeva M.A., Kudratova M.T. Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. Uzbekistan. baxrillayevamunisa2022@gmail.com Kirish. Sanoatlashtirish va urbanizatsiyaning hozirgi tendentsiyasi tufayli og'ir metallarning ifloslanishi tashvishli darajalarga ko'tarilib, atrof- muhitning yomonlashishiga olib keladi. Og'ir metallar bilan muhitning ifloslanish, ularning zaharliligi, bioakkumulyatsiyasi va oziq zanjiri tarkibida miqdorining oshib borishi butun dunyoga jiddiy xavf tug’dirmoqda [4]. 32 Hozirgi vaqtda tadqiqotchilarning diqqat e’tibori og’ir metallar tuzlarining odam va hayvonlar organizmlariga ko’rsatayogan ta’sirini o’rganishga qaratganligi. Qo’rg’oshin, kadmiy elementlari og’ir metallar orasida eng zaharlilardan bo’lib hisoblanadi. Og’ir metallar buyrak, jigar, suyak, urug’donlarda to’planadi va ularning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda tadqiqotchilarning diqqat e’tibori og’ir metallar tuzlarining odam va hayvonlar organizmlariga ko’rsatayogan ta’sirini o’rganishga qaratganligi, eng avvalo organizmning biologik membranalarining og’ir metallar tuzlarini ta’siriga jiddiy darajada bog’liqligi bilan tushuntirish mumkin [1]. Nafas yo’llari va oshqozon ichaklar trakti og’ir metallar birikmalarining katta miqdorda tushishiga imkoniyat yaratib beradi, chunki og’ir metallar tuzlarining qayta so’rilishi bois ularning aylanib yuruvchi qon tarkibiga tushishiga sabab bo’ladi. Kadmiy tuzlari qon tarkibida eritrositlarning α-2-makroglobulini va albuminlari bilan birikkan holda aylanib yuradi [1]. Kadmiyning zaharli ta’sir mexanizmi qon tarkibidagi barcha oltingugurt saqlovchi aminokislotatalarni va fermentlarni o’ziga biriktirib olishi sababli hujayralar sitoplazmasi va yadrolarini jarohatlashi bilan izohlanadi [3]. Qon tarkibidagi eritrositlar membranasining yaxlitligiga tashqi muhitning turli omillari ta’sir ko’rsatishi va uning morfo-funksional tavsiflarini o’zgartirishi mumkin. Eritrositlarning tabiiy chidamliligini ta’minlab beruvchi, ya’ni ularning tashqi muhitning ko’rsatadigan ta’siriga bardoshliligi, eng avvalo qonning shaklli elementlarining yoshiga bog’liq bo’lib ularning yoshining o’tish muddatiga yaqinlashgani sayin kamayib borishi mumkin. Eritrositlar chidamliligining minimal darajagacha bu tarzdagi pasayishi ularni gemoliziga olib keladi. Bu holatning ko’rsatkichi bo’lib gemoglobinning eritrosit tarkibidan chiqishi hisoblanadi. Gemolizning boshlanish muddati vaqtiga yetish esa hujayra membranalarini chidamliligini baholashning asosiy parametri hisoblanadi [2]. Og’ir metallar qon kimyosini o’zgartiradi va suyak iligi gipoplaziyasini keltirib chiqarishi va hayvonlarda trombositlar ishlab chiqarilishiga xalaqit beradigan kamqonlikka sabab bo’ladi [5]. Xulosa. Yuqoridagi adabiyot ma’lumotlaridan xulosa qilish mumkinki kadmiy va qo’rg’oshin tuzlari odam va hayvonlar qonining morfologik va biokimyoviy ko’rsatkichlariga zararli ta’sir ko’rsatadi. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling